Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma


-§.CHo‘kindi tog‘ jinslari va ularning qurilish xossalari



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

 
3.4-§.CHo‘kindi tog‘ jinslari va ularning qurilish xossalari 
3.4.1-§.CHo‘kindi tog‘ jinslari turi 
Umumiy belgilari.
CHo‘kindi tog‘ jinslari nurash tufayli hosil 
bo‘lgan zarra va zarrachalar to‘plamidir. Ular suv va shamol ta’sirida yer 
yuzasida dengiz, ko‘l, daryolarda to‘planadi; o‘simlik hamda hayvonot 
olamining qoldiqlaridan ham hosil bo‘ladi. 


33 
Litosfera tarkibida cho‘kindi jinslari 5% ni tashkil etsada, u yerning 
quruqlik yuzasini 75% ni qoplagan. CHo‘kindi tog‘ jinslarinig ko‘p qismi 
o‘zining g‘ovakliligi va qatlam-qatlam bo‘lishi, tarkibida hayvon hamda 
o‘simliklarning qoldiqlarining bo‘lishi, yopishqoqligi, ba’zi birlari esa suv 
ta’sirida cho‘kish singari xususiyatlari bilan boshqa tog‘ jinslaridan farq 
qiladi. CHo‘kindi tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra 3 guruhga 
bo‘linadi.Mexanikaviy (parchalangan), kimyoviy cho‘kindi va organogen 
yotqiziqlar.
Mexanikaviy cho‘kindi jinslar (bo‘shoq va tsementlashgan)
metamorfik, magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarini nurashi natijasida 
(suv, shamol, haroratlar o‘zgarishi, muzlab-yerishlar va boshqa atmosfera 
omillari ta’sirida) hosil bo‘lgan turlicha kattalikdagi zarrachalar 
yig‘indisidan iborat. CHo‘kindi tog‘ jinslari zarralarining katta-
kichikligiga va ularning bog‘langan bog‘lanmaganligiga qarab, 
zarrachalari bog‘lanmagan va zarrachalari bog‘langan chaqiq cho‘kindi 
tog‘ jinslari guruhlariga bo‘linadi. 
Zarrachalari bog‘lanmagan chaqiq cho‘kindi tog‘ jinslari. Bu 
guruhga yirik zarrachalarining diametri 0,05 mm va undan ham katta, 
ya’ni tarkibi chag‘irtosh, xarsang tosh, chaqiq tosh, dresva (o‘tkir qirrali 
mayda shag‘al) va bir-biriga puxta hamda jips yopishgan, tsementlangan 
har-xil o‘lchamli shag‘allardan iborat bo‘lgan konglomeratlar, brekchiya, 
qumtoshlar va boshqalar kiradi. Zarrachalari bog‘lanmagan chaqiq 
cho‘kindi tog‘ jinslari zarrachalarining o‘lchamiga qarab turlanadi. 3.2-
jadvalda keltirilgan zarrachalar tog‘ jinsi tarkibining 50% dan ortig‘ini 
tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog‘ jinsiga byeriladi, masalan, qumning 
tarkibida 1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo‘lsa, unday 
qum yirik qum deb ataladi. Umuman, yuqorida keltirilgan zarrachalar-
bog‘lanmagan cho‘kindi tog‘ jinslari nam va quruq holatda bo‘lishiga 
qaramay ularning muhandislik-geologik xususiyatlari bir xildir. Ular 
yaxshi siqilmaydi, shuning uchun ulardan inshootlarning poydevorlarini
barpo etishda foydalaniladi. Zarrachalari bog‘langan chaqiq cho‘kindi 
tog‘ jinslariga gil, myergel (gil va kal’tsiy karbonat aralashmasi), qumoq 
tuproq, qumloq tuproq, gilli slanetslar, lyoss va lyossimon tog‘ jinslari 
kiradi. Gil deb mayda (diametri 0,005 mm dan kichik) tanga shaklidagi 
zarralardan iborat va ko‘p miqdorda suv (3 dan 60% gacha) shimib olish 


34 
qobiliyatiga ega bo‘lgan mineral massalar to‘plamiga aytiladi. Gil 
quriganda uning hajmi kamayib, yoriladi. Gil suv o‘tkazmaydi, boshqa 
jinslarga 
nisbatan 
petrofografik 
tarkibi 
jihatidan 
oddiy 
alyumosilikatlardan iborat bo‘lib, unga temirning suvli oksidlari va 
boshqa minerallar aralashgan bo‘ladi. Umuman gillarning tarkibi juda 
ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Gillarning kelib chiqishi turlichadir. Muzlik 
davri gillari, dengiz gillari, okean gillari va boshqa gillar bo‘ladi. Eng 
ko‘p gilli yotqiziqlar dengizda hosil bo‘ladi. Xalq xo‘jaligida gillar juda 
muhim rol’ o‘ynaydi. Ular ayniqsa qurilish ishlarida ko‘p ishlatiladi: ular 
g‘isht tayyorlashda, oqava quvurlari, chyerepitsa va ko‘prik yo‘llari 
uchun matyerial sifatida ishlatiladi. 
3.2-jadval 
Jinslarning nomi 
Zarrachalarning o‘lchami, mm 
Yirik valunlar 
Yirik xarsang toshlar 
O‘rtacha valunlar 
O‘rtacha xarsang tosh 
Mayda valunlar 
Mayda xarsang tosh 
Yirik chaqiq tosh 
O‘rtacha shag‘al 
O‘rtacha chaqiq tosh 
Mayda shag‘al 
Mayda chaqiq tosh 
Yirik shag‘al 
Yirik dresva 
O‘rtacha shag‘al 
O‘rtacha dresva 
Mayda shag‘al 
Mayda dresva 
Yirik qum 
O‘rtacha qum 
Mayda qum 
Juda mayda qum 
Yirik chang 
Mayda chang 
Yirik gil 
Mayda gil 
800-400 
400-200 
200-100 
100-80 
80-40 
40-20 
20-10 
10-6 
6-2 
1-1 
1-0,5 
0,5-0,25 
0,25-0,05 
0,05-0,01 
0,01-0,005 
0,005-0,001 

0,001 


35 
Gilning tarkibida oz miqdorda SaSO
3
bo‘lsa, ular ohakli yoki 
myergelli gil deb ataladi. Agar SaSO
3
, MgSO
3
tuzlari tog‘ jinsi 
tarkibining 40-60% ni tashkil etsa qolgan qismi esa gil zarrachalaridan 
iborat bo‘lsa, ular myergel deb ataladi. SHunday kilib, myergel gilli bilan 
kimyoviy jinslar o‘rtasida hosil bo‘lgan cho‘kindi tog‘ jinsi hisoblanadi. 
Gillar ustiga imorat qurganda ularning mineralogik tarkibini yaxshi bilish 
zarur, chunki gil tarkibidagi ba’zi minerallar suv ta’sirida shishish 
xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Qumoq, qumloq tuproqlar tarkibidagi gil zarrachalarining protsent 
miqdoriga qarab nomlangan, buni quyidagi gilli cho‘kindi tog‘ 
jinslarining tursida ham ko‘rish mumkin (3.3-jadval). Agar gilli tog‘ 
jinsida changli zarrachalar miqdoriga nisbatan qumli zarracha ko‘p 
bo‘lsa, u holda tog‘ jinsining nomiga changli degan so‘z qo‘shib 
yozilmaydi. Masalan, qumoq tuproq og‘ir, qumloq tuproq yengil va 
hokazo.
3.3-jadval (V.V.Oxotindan) 
Tog‘ 
jinsi 
(grunt) ning 
nomi 
Zarrachalar miqdori, % hisobida 
Gillar 
<0,005mm 
CHanglilar 
0,005-0,05 
Qumliklar 
0,05-2 mm 
SHag‘allilar 2-
20 mm 
Og‘ir gil 
60 
Ko‘p qumlikka 
nisbatan 
Kam 
changliga 
nisbatan 
10 
Engil gil 
30-60 
Qumoq 
tuproq 
Og‘ir changli 
20-30 
Qumoq 
tuproq 
(suglinok) 
o‘rtacha 
changli 
15-20 
Qumok 
tuproq 
Engil changli 
10-15 
Qumloq 
tuproq 
(supes’) 
og‘ir changli 
6-10 


36 
Qumloq 
tuproq 
yengil 
changli 
6-3 
Qum changli 

Bundan tashqari, gilli jinslarga plastiklik soniga qarab ham nom 
byeriladi. Plastiklik soni gilli tog‘ jinslarning tarkibidagi gilli 
zarrachalarning miqdoriga bog‘liq (3.4-jadval) bo‘lib, quyidagicha 
turlanadi. 
3.4-jadval. Gilli jinslarning plastiklik soniga qarab turi. (V.V.Oxotindan) 
Klass Jinsning 
plastiklik 
haraktyeristikasi 
Plastiklik soni Jinsning nomi 

Yuqori plastiklik 
17 
Gil 
II 
O‘rtacha plastiklik 
17-7 
Qumloq tuproq
III 
Kam plastik 

Qumoq tuproq 
IV 
Plastikmas 

Qum 
Qumoq va qumloq tuproqning qurilish xossalari lyossimon tog‘ 
jinslarinikiga yaqin. Lyoss va lyossimon tog‘ jinslari O‘rta-Osiyo 
hududiningg 78% ini qoplagan bo‘lib, ular asosan tog‘ yon bag‘irlarida, 
tekisliklarda tarqalgan. 
Qurilish ishlari va qishloq xo‘jalik ishlari ushbu tog‘ jinslari 
tarqalgan yerlarda olib boriladi. SHuning uchun bu tog‘ jinslarining hosil 
bo‘lishi, ularning fizik-mexanik xossalarini o‘rganish muhim ahamiyatga 
ega. 
Kimyoviy cho‘kindilar-tog‘ jinslarini nurab, suvda yerib, suv 
ta’sirida oqizilib, undan cho‘kma holida ajralib hosil bo‘ladi. Ular tashqi 
o‘zgarishi, turli tarkibli yeritmalarni o‘zaro ta’siri va bug‘lanish (gips, 
angidrit, magnezit, dolomit, ohakli tuflar) mahsulidir.
Organik yotqiziqlar-o‘simliklar (fitogenlar) va hayvonot dunyosi 
(zoogenlar) qoldiqlarining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan jinslardir. Ko‘plab 
dengizda yashovchi organizmlar hayoti mobaynida o‘zlarining skeletlari, 
chig‘anoqlari, tosh qobiqlari uchun suvdan kal’tsiy tuzlarini, yerigan 
qumtuproqni o‘zlashtirib oladilar, halok bo‘lganlaridan so‘ng havzalar 
tubiga tushib, zichlashib organik jinslarning qatlamli qoldiqlarini tashkil 


37 
etadilar. Qurilish maqsadlari uchun mel (bo‘r), ohaktoshning turli 
ko‘rinishlari, diatomit va trepellar ishlatiladi. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish