Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma


-§.Yer qobig‘idagi hosil bo‘ladigan tektonik harakatlar sabablari



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

5.3-§.Yer qobig‘idagi hosil bo‘ladigan tektonik harakatlar sabablari 
xaqidagi gipotezalar 
Yer qobig‘ining turli bukilmali va uzilmali dislokatsiyalari ko‘rib 
chiqilganda ularni hosil bo‘lish sababi yerning ichida vujudga keladigan 
tektonik harakatlar deb ko‘rsatiladi. Lekin ayrim bukilmali va uzilmali 
tuzilmalar notektonik yo‘llar bilan ham hosil bo‘lishi mumkin, shu 
sababli dislokatsiyalarni o‘rganish chog‘ida tektonik va notektonik hosil 
bo‘lish tuzilmalarini ajratish lozimdir. 
Notektonik tuzilmalar hosil bo‘lish sabablari o‘rganilgan bo‘lib, ular 
ekzogen jarayonlar tufayli yuz beradi. Masalan, surilish, ko‘chish, 
karstlar, muzliklarning jinslarga bosimi va h. k. 
Yer qobig‘idagi tektonik harakatlarning hosil bo‘lish sabablarini 
aniqlash anchalik mushkul vazifadir. 
Hozirgi sharoitda tektonik harakatlarni hosil bo‘lish sabablari 3 
guruxga ajratilgan: 
Kinematik belgilarga asoslangan bo`lib, ya’ni yer o‘qining tebranma 
harakati tufayli planetamizning sekinlab yoki tezlab ketishi, quyosh yoki 
oyning tortish kuchi tufayli magmaning qaynash - sovush harakati va 
boshqa hodisalar oqibatiga asoslangan.Yer qobig‘ining ekzogen 
jarayonlari bilan bog‘lanish harakatiga asoslangan. 
Yerning ichki tuzilishi o‘zgarishining geotektonik jarayonlar omili 
sifatida e’tirof etilishi.Bu sohada V.A.Obruchev va V.V.Belousov 
kontseptsiyalari ko‘proq tanilgandir. V.A.Obruchev gipotezasiga ko‘ra, 
yerning taraqqiyot davridagi yer qatlami ayniqsa faol sodir bo‘layotgan 
kengayish va qisilish kuchlari kurashi sharoitidagi harakatidan kelib 
chiqadi. Bunda 2 ta turdagi tebranma-bukilma harakat ko‘rsatiladi.
Qisilish jarayonida issiqlik yo‘qolishi, cho‘zilish esa magmaning 
qattiq xolatdan yumshoq xolatga o‘tishi, qisilish tugagandan so‘ng esa 
bosim kamayishi bilan xaraktyerlanadi. 
Kengayish, ko‘chuvchi belbog‘lar-geosinklinallarni tashkil etadi. 
Barqaror bo‘lgan maydonlarda yer qobig‘i ko‘pchiydi va bir necha 
turkumdagi yoriqlar hosil bo‘ladi. Qisiluvchi tangensial harakatlar tufayli 
geosinklinallarda bukilmalar jarayoni hosil bo‘lib, bu oraliqda enyergiya 
to‘planishi sodir bo‘ladi (evolyutsion davr). 


61 
Magmatik faoliyat kengayish davri va bosqichlari bilan bog‘lanib, 
magmatik qatlamga nisbatan bosim kuchsizlanadi va magma qattiq 
holatdan suyuq holatga o‘tib, yoriqlarni to‘ldirib yuqoriga harakatlanadi 
(revolyutsion davr). 
V.V.Belousov yer shari kosmik fazodagi sovuq changsimon 
zarralarning birikishidan hosil bo‘lgan degan taxminni ilgari suradi. 
Keyinchalik yer qa’ri radioaktiv parchalanish natijasida qizib 
borgan. Yerdagi issiqlik o‘tkazuvchanlikning kamligi tufayli radioaktiv 
issiqlik xanuz katta chuqurliklarda (700 km dan ko‘p) to‘planmoqda. 
Yerning mantiya qismining yuqori qavatlari tarixi murakkabroqdir. 
Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, dastlab yuqori mantiya hammasi qizigan, 
so‘ngra taxminan bir yarim milliard yil avval, radioaktiv elementlar 
tugaganligi sabab, bosqichma-bosqich tepadan pastga tomon sovish 
boshlangan. 
Radioaktiv qizdirish mantiyaning yuqori qismi moddasining qisman 
yerishiga olib kelgan. Yuqori mantiyadan seysmik tebranish 
to‘lqinlarining tezligi bo‘yicha yumshoq qatlam (astenosfera) aniqlangan 
bo‘lib, u matyerik (quruqlik) ostida 100-200 km, okeanlar ostida 50-400 
km chuqurlikda joylashgandir. 
V.A.Obruchev va V.V.Belousovlar gipotezasi va taxminlari ma’lum 
bo‘lgan ilmiy ma’lumotlarga yaqin turadi. 
Ayniqsa, mantiyaning yuqori qismini tashkil etgan moddaning 
tarkibi haqida yangi ma’lumotlar to‘planib borishi bilan, bu taxminlar 
qayta ko‘rib chiqib to‘ldirib boriladi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish