Markaziy Osiyo mamlakatlarida migratsion jarayonlar mintaqaviy mujorolarning keltirib chiqarish omili.
Saidov A’zambek Rayimjon o’g’li Buxoro Davlat Universiteti Tarix(yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha) mutaxasisligi 1-bosqich magistranti.
Ijtimoiy gumanitar sohalar,+99 947-74-15
Anontasiya:Ushbu maqolada Markaziy Osiyonning mamlakatlari 2000-2021-yilllarda migratsion jarayonlarning vujudga kelish sabablari va omillari,davlat siyosatining migratsion jarayonga ta’sirini o’rganish nazarda tutadi.Maqolaning mazmuni migratsion jarayonlarning asosini yoritish.
Kalit so’zlar:Markaziy Osiyo,migratsiya,imigratsiya,Xalqoro migratsiya tashkiloti(XMT),pandimiya.
Bugun biz yutuqlarimiz bilan emas,kamchiliklarimizni o’rganib to’g’ri saboqlar olib yashaydigan davrda turibmiz.Shu o’rinda Islom Abdug’aniyevich Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” –degan so’zlarida chuqur ma’no borligini siz anglab turibsiz.Shu sababdan bugungi migratsion jarayonlarning kelib chiqishiga asosiy sabab aholining moddiy ehtiyojlari yetarli darajada qoniqtirolmaslikning ortidan kelib chiqmoqda. Xususan sizga quyidagi statistikani bermoqchimiz:2021 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34,7 million kishini tashkil etmoqda, deb ma'lum qildi Davlat statistika qo‘mitasi.
Doimiy aholi soni yil boshidan beri 136,7 ming kishiga oshgan. Bu – O‘zbekiston aholisi har oyda o‘rtacha 45,9 ming kishiga ko‘payayotganini anglatadi.2021 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,5 ming kishiga oshgan.1 aprel holatiga, doimiy aholining 17,2 million nafari – ayollar, 17,4 million nafari – erkaklar.Ma'lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekiston aholisi 653,7 ming kishiga ko‘payib, yil so‘ngida 34,5 million kishini tashkil etgandi. O‘tgan yili aholi soni har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.
Quyidagi statistika O’zbekistoda aholi brogan sari ortib bormoqda.Bu bir tomondan davlatning demografik yangilash va ishchi kuchining ortishiga olib keladi.Ammo bugun biz bor ishchilarimizga yetarli va qoniqarli ish o’rinlari yaratib beryapmizmi.Ochiqlik davrida bugun qanchalik ish o’rinlari yaratish uchun imtiyozlar berilmasin bu muommo yechilyotgani to’liq o’z yechimini topmadi.Biz sizga ham quyidagi ma’lumotlarni ham keltirib o’tmoqchimiz:2019 yil 22- may O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida hisobot berdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.
Vazirning hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda ishga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kishini tashkil etmoqda.
2019-yilda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (o‘sish - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (o‘sish - 1,3%) nafarni tashkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kishini tashkil etib (o‘sish - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi ulushi 40,5%ni tashkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), shu jumladan, xorijda ishlayotganlar – 2 365,4 mingni tashkil etadi.
2019- yilning birinchi chorakda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi (o‘tgan yil shu davrda - 9,7%), 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida – 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori ishsizlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan.
Yuqoridagi ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak,bu rasmiy jihatdan to’g’ri va ochiq. Ammo millionlab aholi ko’paysada ish o’rinlari shunga muofiq yaratilyaptimi va qancha aholi aynan shu ish joylarda ishlayapti. Bu savollarga javob berish biz uchun qiyinchilik tug’dirdi.
Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyoning istalgan mintaqaqsiga qarangki har bir hududda aholining bir joydan boshqa joyga harakati kuzatiladi .Agar bugun zamonimizga e’tibor qarasak inson ehtiyojlari son-sanoqsiz va borgan sari ortib bormoqda. Bugunning odamlari o’zining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun asosan chet davlatda migrant sifatida ishlashni afzal ko’ryapti.Xususan Markaziy Osiyo mintaqasida postsovet davlatlarida ham bunday holatni ko’rishimiz mumkin. Bu davlatlarda asosiy migratsion oqim Rossiyaga qaratilgan. BMT ning Xalqora Migratsiya Tashkiloti xabar berishicha Markaziy Osiyoda mintaqaviy migratsion jarayonlar ham jadallashmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) mutaxassislari va Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon rasmiylari 2019-yil 12-13-fevral kunlari Dushanbeda Markaziy Osiyoda migratsiya muammolari hamda migrantlarni himoya qilish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar berdi Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) o‘z bayonotida.XMT va BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari (UNHCR) AQSH davlat departamentining moliyaviy koʻmagida texnik mutaxassislar guruhining ilk majlisini tashkillashtirgan.
Uchrashuv Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmanistonni o‘z ichiga olgan mintaqaviy migratsiya muammolarini hal etish bo‘yicha mintaqaviy maslahat jarayoni – Olmaota jarayoni doirasida oʻtkazilmoqda. 2019-2020-yillarda bu tadbirga Tojikiston raislik qiladi.
“Olmaota jarayoni Markaziy Osiyo hukumatlari uchun mintaqa hududida migratsiya va migrantlar huquqlari bo‘yicha muloqot olib borishlari uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi”, dedi XMT missiyasining Tojikistondagi rahbari Kristina Tranka.
“Migrantlarni himoya qilish, odam savdosiga va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migrantlar integratsiyasi, migratsiyani boshqarishda hukumatning yondashuvi Markaziy Osiyoda migratsiyaga oid eng muhim masalalar boʻlib qolmoqda, dedi u.
“Bu jarayon migratsiya mutaxassislarini xavfsiz migratsiyani taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralarni ishlab chiqish yoʻlida birlashtiradi”, deb qo‘shimcha qildi Tranka.
Yuqorida Markaziy Osiyoning barcha davlatlarida shunga o’xshagan muommoni ko’rish mumkin.Shu bilan birga biz ikki qardosh davlatlar o’rtacha oylik maoshlar bilan ham tanishtirmoqchimiz: Qozog‘istonda 11 oy mobaynida o‘rtacha oylik ish haqi 159,5 ming tengegacha yetdi. Bu haqda milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar beradi .(2019-yil)
Qozog‘iston MIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil boshidan beri 468,6 ming kishi ish bilan ta’minlangan.
«Oktyabr oyida ishsizlik darajasi 4,8 foizgacha tushdi. Oylik ish haqi dinamik tarzda o‘sib bormoqda. Yanvar-oktyabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 159,5 ming tengegacha o‘sdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, real ravishda 2,2 foizga oshdi», - dedi Suleymenov.
Vazir ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida real pul daromadlari 3,4 foizga oshgan.
«Dekabr YAIM oylik tuzilmasida sezilarli ulushga ega bo‘lgani inobatga olinib, davlat va mahalliy ijro etuvchi organlar investisiya loyihalarining ishlashi hamda natijalari sifatli hujjatlashtirilishini ta’minlashi kerak. Ayniqsa, bu davlat xaridlari va qurilish sohalariga aloqador», - deya qo‘shimcha qildi Timur Suleymenov.
Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak 159,5 ming tenge so’mda o’rtacha 3680000 ming so’mga teng bo’ladi
Shu o’rinda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilingandi.
2018 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 684,5 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensasiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etdi.
2021 yil yanvar–mart oylarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub'yektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari to‘g‘risida ma'lumot berildi.
Statqo‘m xabariga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 6,4 mln so‘m yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,2 barobar yuqori ekani, eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida 2 mln so‘m yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqidan 28,8 foizga kam ekani kuzatildi.
2021 yil yanvar-mart oylarida sanoat sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,6 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yil mos davriga nisbatan 3,9 foizga o‘sgan.
Qurilish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga o‘sgan.
Savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2,8 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 13,7 foizga o‘sgan.
Tashish va saqlash sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 3,7 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga o‘sgan.
Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4,8 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 16,0 foizga o‘sgan.
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,9 foizga o‘sgan.
Ta'lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2,2 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,5 foizga o‘sgan.
Ko’rinib turibdiki bugungi kunda aksariyat yurtdoshlarimiz muhojir bo’lib Qozog’istonga ketishmoqda va tabiiy hol.Chunki iqtisodiy potensial Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog’iston va O’zbekiston ajralib turadi.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln so‘mni tashkil etib, 2020 yil mos davriga nisbatan 13,1 foizga o‘sgan.
2019-yil boshlangan COVID-19 ham aholining moddiy va psixik holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.Davlatlarda boshlangan karantin joralarining joriy qilinishi va kuchaytirilishi musofirlikdagi immigrantlar kata qiyinchiliklar tug’dirmoqda.
Biz sanagan muommolar ishsizlik,ish haqining pastligi,davlatlarda immigrantlarning mehnat qilishi va yashashiga oid huquqiy asoslarning no’noqligi kabi muommolar so’zsiz bir xulosani keltirib chiqaradi:bugun hech qaysi davlat o’zicha dunyodan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Xalqora va ayniqsa mintaqaviy hamkorlik kuchaytirishni davrning o’zi taqozo qilib turibdi.
Shunday vaziyatda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga,ayollarga va intelektlarga nisbatan siyosati juda to’g’ri.Xususan yoshlar daftari,ayollar daftari,oltin daftar va temir daftarlarning joriy qilinishi,sektorlaning tashkil qilinishi ham xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
Ammo biz sanab o’tgan muommolar shu bilan yechimini topdi degani emas. Eng avvolo yoshlarimizni kuchli, bilimli va marifatli qilib yetishtirishimiz,ya’ni ilm-fanga har qachongidan ham ko’proq e’tibor qaratishimiz lozim.Xususan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan “Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi” degan so’zlaridan ham aynan shu ilm-fan rivojlantirishga qaratilganini ko’rishimiz mumkin.
Biz quyidagi muommolarni bir o’zimiz yechim topolmaymiz shu sababdan mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur.Legallashmagan muhojirlikga barham berish orqali zamonaviy odam savdosini to’xtatib,davlatlar o’rtasida aniq majburyatlarni belgilaydigan huquqiy asoslarni yaratib, o’zaro manfaatli kelishuvlar tuzilishidan barcha tomon manfaatdor bo’ladi.
Mintaqaviy xavfsizlik bugungi kunda eng dolzarb masala bizningcha.Qozogʻiston alolisi Oʻzbekistonda AES qurilishiga qarshiligi, Avgʻoniston masalasi va Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyib olishimiz zarur.
Adabyotlar.
1.Karimov.I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: O’zbekiston.1995.-B.33-35.
2.http//central.asia-news.com
3.http//reviem.uz
4.http//old.mehnat.uz
5.http//www.gazeta.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |