Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

Stratosfera
yuqori 
qatlam bo‘lib, qalinligi 80-90 km ga teng. Uning pastroq 30-33 km 
qismida esa, ozon qatlami uchraydi va unda harorat 

50
0
S ga yetadi, 
ammo 80-90 km balandlikda harorat yana pasayib 60-90
0
S ga tushib 
qoladi. 
Bosim juda kichik va haroratning haddan tashqari pastligi tufayli 
atmosferaning 
yuqori 
qatlamlarini 
o‘rganish 
juda 
ham 
murakkablashadi(1.1-jadval). Keyingi qatlam-ionosfera-atmosferaning 
eng yuqori qatlami bo‘lib, bu sferada zichlik kichik bo‘lib, gazlar 
ionlashgan, 220 km yuqorida harorat minus bir necha 100
0
S ga yetadi. 
Katta meteoritlar atmosferaning zichroq qismlarida 100-160 km 
balandlikda yonib, yop-yorug‘ bo‘lib ko‘rinadi, 80-83 km balandlikda 
pat-pat bulutlar ko‘rinadi, ular suvning to‘yingan bug‘i bo‘lsa kerak. 80-
100 km da yorug‘ shafaq qutblari ko‘rinadi, 3000 km dan so‘ng 
planetalar aro fazoga o‘tib ketadi. 
Butun atmosferani kimyoviy tarkibi jihatidan 4 ta qatlamga bo‘lish 
mumkin. Yer yuzasiga yaqin turgan quyi qatlam azot- kislorod qatlami 


10 
deyiladi. Le-Dyuk hisobiga ko‘ra, bu qatlamda quyidagi miqdorda gazlar 
hosil bo‘ladi (massa jihatidan): -azot (N)-75,5%, kislorod (O)-23,3%, 
inyert va boshqa gazlar-1,3%. Yuqorida 70 km dan yuqorirokda kislorod 
bo‘lmaydi, bu qatlam sof azot qatlamidir. Uning qalinligi 110 km gacha 
boradi, o‘sha joydan boshlab geliy qatlami boshlanadi va u 220 km gacha 
boradi, undan yuqoriroqda esa vodorod qatlami boshlanadi. 
Ikkinchi qatlam-suv qobig‘i-gidrosfera bo‘lib, u suv havzalaridir. 
Gidrosferaning umumiy hajmi 1370,3 mln. km
3
. Asosiy suv hajmi 98%, 
okean va dengiz suvlariga to‘g‘ri keladi. Yer yuzasining 70,8% suv, 20,2 
% ni quruqlik tashkil etadi. Xozirgi vaqtda Atlantika okeaniing o‘rtacha 
chuqurligi 3,32 km ga teng, Hind okeanining o‘rtacha chuqurligi-3,89 
km va Tinch okeanining o‘rtacha chuqurligi-4,03 km deb qabul qilingan. 
Ammo Tinch okeanining eng chuqur joyi-11 km dan ortiqdir. 
Gidrosferaning asosiy kimyoviy tarkibi quyidagichadir: Kislorod 
(O)-85% , vodorod (N)-10,7%, xlor (Cl)-0-2,0%, natriy (Na)-1,0%. 
Yerning qattiq qismi litosfera deb atalib, ba’zan uni yer po‘stlog‘i 
deb atashadi. Litosfera yerning qattiq qobig‘i bo‘lib, planetamizning sial 
va sima xududlarini o‘z ichiga oladi. Litosfera yuzasidagi notekisliklar 
uning rel’efini tashkil qiladi, okean cho‘kmalari va matyeriklar massalari 
litosfera rel’efining asosiy elementlaridir. SHokal’skiy hisoblariga ko‘ra, 
quruqlikning dengiz sathidan balandligi 900 m tashkil qiladi. 
Litosferaaning kimyoviy tarkibini o‘rganish sohasidagi barcha ishlar 
A.P.Vinogradovning 1950 yilda qilgan hisobiga ko‘ra 16 km chuqurlik 
uchungina olib borilmoqda. Bunda litosferadagi minerallar tarkibida 
kislorod-46,8%, natriy-2,6%, kremniy- 27,3%, kaliy-2,6%, alyuminiy-
8,7%, magniy-2,1%, temir-5,1%, kal’tsiy-3,6% ekanligi aniqlandi. 
Matyeriklarning sathida pastliklar va balandliklar, yassi tog‘lar, tog‘ 
tizmalari, tog‘lar, tepaliklar bor. Litosferada 3 xil qatlam joylashgan. Eng 
ustki qatlam cho‘kindi jinslar, o‘rtada granit va eng ostida bazal’t qatlami 
joylashgandir.
CHo‘kindi jinslar qatlami-magmatik yo‘l bilan hosil bo‘lgan tog‘ 
jinslarining yemirilishi va qayta yotqizilishi mahsulotidir. Uning qalinligi-
quruqlikda 0 dan 10-15 km gacha, okeanda esa o‘rtacha 0,3-0,5 km, 
ba’zan 1 km gacha boradi. Jinslarning o‘rtacha zichligi 1,8-2,5 g

sm
3
ga 
teng. 


11 
Granit qatlami-quruqlikda uning qalinligi 30-40 km ga yetadi. 
Okeanlarda esa bu qatlam bo‘lmasligi ham mumkin yoki bo‘lsada, 
qirg‘oq oldi yerlarda 0,4-0,5 km ba’zan 1-2 km ga yetadi. Bu qatlam 
jinslari qumtuproq va alyuminiyga to‘yingan bo‘lib, granit, granodiorit, 
gneys va boshqa magmatik va metamorfik tog‘ jinslari ko‘rinishida 
uchraydi. Jinslarning o‘rtacha zichliklari 2,7 g

sm
3
ga teng.
Bazal’t qatlami. Bazal’t qatlamining quruqlikdagi qalinligi 30-35 
km, okeanda esa 5-6 km ga teng. Uning zichligi 2,7-2,9 g

sm
3
gacha ortib 
boradi. Tarkibida qumtuproq kamroq bo‘ladi. Bazal’t, gabbro kabi tog‘ 
jinslari ushbu turkumlardandir. 
Yer qobig‘i, litosferaning o‘rtacha zichligi 2,7 g

sm
3
ga teng. Uni 
tashkil etuvchi elementlardan asosiylari: kislorod, kremniy, alyuminiy, 
temir, kaliy, natriy, kal’tsiy, va magniydir. Yer ichiga kirib borgan sari 
kislorod, kremniy, alyuminiy ishqorli metallar kamayib boradi, temir, 
magniy va og‘ir metallar: jumladan, nikel’ miqdori oshib boradi. 
Mantiya qismining jinslari tarkibida temir, magniy, xrom, kobal’tlar 
bo‘ladi. Mantiya moddalarining tarkibi o‘ta asosliligi bilan ajralib turadi: 
dunit, pyeridodit, zichliklari 3-3,3 g

sm
3
dan (yuqori mantiya) 5,9 g

sm
3
gacha (quyi mantiya). 
Mantiya qismida yuqori bosim va harorat bo‘lib, uni holati qattiq 
moddaga yaqindir. 
Yadro (o‘zak)-3500 km radiusda joylashgan. U ichki va tashqi 
sferalarga bo‘linib, zichligi 9-11 g

sm
3
ga yaqin. Hozirda uning tarkibi 
to‘g‘risida aniq fikr aytilmagan. Ba’zi bir taxminlarga ko‘ra, yadro zich 
joylashgan temir, nikel va boshqa og‘ir metallardan tashkil topgandir. 
Uning harorati 2000-2500
0
S, bosimi esa 3,5 mln atmosfera bosimiga 
yaqin deb taxmin qilinmoqda. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish