5
Paleontologiya
-o‘tmishda yashagan va tog‘ qatlamlari orasida
qolib, toshga aylangan o‘simlik (Flora) va hayvon (Fauna) qoldiqlarini
o‘rganadigan fandir.
Geofizika
-yer qatlamlaridagi jinslarning
fizikaviy xususiyatlarini
o‘rganadigan fan. Ushbu fan bilimlari asosida zamonaviy elektrometriya,
seysmometriya usullarini qo‘llagan holda qurilish maydonidagi tog‘
jinslarining tok o‘tkazish qarshiliklarining o‘zgarishi, to‘lqinlarning
tarqalish tezligi, magnitlanish xususiyatlari, radioaktivligi, zichlik
xossalari aniqlanadi.
Tektonika
-tog‘ jinslarining yotish shaklini, ya’ni
nishablik bilan
yoki uzilmali, burmali hollarini o‘rganadi. Qurilish ishlari olib
boriladigan, zilzilali hududlarda tektonik sharoitni hisobga olish muhim
bo‘lib, bino yoki inshootlar qismlari zilzila oqibatida tektonik yoriqlar
bo‘yicha, bir - biriga nisbatan siljishi tufayli
shikastlanishi yoki vayron
bo‘lishi mumkin.
Geomorfologiya
-yerni sathiy shakllari, tog‘liklarni hosil bo‘lish
davrlari va yo‘llarini o‘rgatadigan fan.
Gidrogeologiya
-yer ostida to‘planadigan suvlar haqidagi fan bo‘lib,
ularning hosil bo‘lishini, harakatlanish qonuniyatini, tarkibini, qidirib
topish usullarini o‘rganadi.
Muhandislik geologiyasi
-fanining vazifasi qurilish maydonining
geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi va
mustahkamligini ta’minlashdir. Muhandislik geologiyasi fani quyidagi
bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: Gruntshunoslik-gruntlarning
tarkibi va
xossalarini o‘rganadi; gruntlar mexanikasi–gruntlarning turlari, tarkibi,
xossalari, mustahkamlik, shakl o‘zgarish ko‘rsatkichlarini o‘rganadi;
geologik jarayonlarni o‘rganuvchi maxsus muhandislik geologiyasi,
muhandislik gidrogeologiyasi; muhandislik gidrodinamikasi - tabiiy
geodinamik jarayonlar (surilishlar,
jarliklar, sellar, Eroziya, muzli
gruntlarni o‘rganish) shuningdek, kishilarning ish faoliyatlari asosida
qurilishda hosil bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganadi.
Muhandislik geologiyasi rivojlanishi XIX asr oxirida boshlanib, bu
vaqtda ko‘plab yirik muhandislik inshootlari qurilishi boshlangan edi. XX
asrning 20-30 yillariga kelib, muhandislik
geologiyasi maxsus ilmiy
yo‘nalish bo‘lib shakllandi. Muhandislik geologiyasi fanining
6
rivojlanishida sobiq Ittifoq respublikalarida va respublikamiz hududlarida
murakkab tabiiy sharoitda bunyod etilgan ko‘pgina muhandislik
inshootlari va metropolitenlarining qurilishi asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘quv qo‘llanmada bo‘lajak quruvchilar bilishlari zarur bo‘lgan
turli geologik jarayonlarga muhim e’tibor byerilgan. CHunki, keyingi
paytlarda ayrim hududlarda (shaharlarda, suv omborlari va
qazilmagoxlarda) geologik jarayonlar juda ham faollashib bormoqda. Yer
osti suvlarining sathi ko‘tarilgan hududlar ko‘paymoqda, qirg‘oqlarda
surilishlar, o‘pirilishlar ro‘y byermoqda. O‘quv qo‘llanmada shuningdek,
yer osti suvlari faoliyatiga ham alohida ahamiyat byerilgan.
Qurilish yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan
bakalavrlar bino va
inshootlar quriladigan maydonlarning geologik-litologik tuzilishini,
gruntlarning turlarini, tarkibi, fizik-mexanik xususiyatlarini bilishi bilan
bir qatorda, yer osti suvlari, ularning paydo bo‘lishi,
harakat
qonuniyatlarini va ular bilan bog‘liq bo‘lgan geologik jarayonlar va
hodisa turlarini bilishi kerak. Bo‘lajak quruvchi-mutaxassis qurilish
maydonining geologik shart-sharoitlarini quriladigan inshootning
mustahkamligi va chidamliligiga ta’sirini tahlil qila olishi zarur.