143
suvni o‘zidan yaxshi o‘tkazadi, so‘ngra suv o‘tkazuvchanligi keskin
kamayadi.
8.3-§. Gruntlarning mexanik xossalari
Gruntlarning tashqi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan zo‘riqishlarga,
yo‘l quyiladigan chegaraviy deformatsiyalardan
oshib ketmasdan,
bardosh berish qobiliyati uning mustahkamligi deb ataladi. Tashqi kuch
ta’sirida - gruntlarda vujudga keladigan deformatsiyalar 2 xil ko‘rinishida
bo‘ladi; birinchisi hajmiy deformatsiyalar bo‘lib, bunda grunt zarrachalari
o‘zaro zichlashib, joylashadi va ikkinchisi siljish deformatsiyasi bo‘lib,
zarralar joylashishi o‘zaro o‘zgaradi.
Deformatsiyalarga mos ravishda, 2-xil asosiy mexanik xossalar
bo‘lib, bular gruntlarning yuk ko‘tarish qobiliyatini va siljishga bo‘lgan
qarshiligini ko‘rsatadi.
Siqiluvchanlik. Gillarning tashqi kuch ta’sirida siqilib, o‘z hajmini
kichraytirish xossasi siqilish deb ataladi. Gilli
gruntlar hajmining tashqi
kuch ta’sirida kichrayishiga sabab, gruntlar tarkibidagi g‘ovaklar
miqdorini kamayishidir. Tashqi kuch olingandan so‘ng, grunt skeletidagi
elastik, ya’ni qaytar deformatsiyalar tufayli, dastlabki hajm qisman
tiklanishi mumkin.
144
Eng ko‘p siqiluvchi gruntlar torflar bo‘lib, ular qatori gilli gruntlarni
ham qo‘shsa bo‘ladi. Siqilish jarayonini o‘rganish bino va inshootlar
qurilishida katta ahamiyatga egadir.
Ko‘p sonli o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, jinsga ta’sir
etgan xar qaysi bosimga mos ravishda namlik va g‘ovaklik to‘g‘ri keladi.
G’ovaklik va bosim o‘zgarishlari bog‘liqligini ifodalovchi egri
chiziq - kompression - egri chizig‘i deb ataladi (8.2-rasm).
Kompression egri chizig‘ini qurish uchun, ordinatalar o‘qiga
g‘ovaklik koeffitsientini (
) ni, abtsissalar o‘qiga esa bosim (R) ni
joylashtiramiz.
Kompression egri chiziq, gruntlarni faqatgina bosim
ostidagi siqilish haraktyerini ko‘rsatibgina qolmasdan, ana shu
jarayondagi miqdoriy ko‘rsatgichlar - gruntlarning kompression
haraktyerini aniqlovchi bo‘lib hisoblanadi.
Gruntlarning kompression
haraktyeristikalariga zichlanish yoki siqilish koeffitsienti, umumiy
deformatsiya moduli Yer va nisbiy deformatsiya (
r
) lar kiradi.
Siqilish koeffitsienti (a) ni aniqlash kompression egri chizig‘ini,
ma’lum bir qismini to‘g‘ri chiziq bilan almashtirishga asoslangandir.
8.2 -rasmda R
1
va R
2
yuklarga mos keluvchi M
1
M
2
kesma to‘g‘ri keladi.
Bu holda R
2
va R
1
kuchlarga mos keladigan uchburchakning M
1
M
2
to‘g‘ri chiziq bo‘yicha g‘ovaklik koeffitsienti o‘zgarishi quyidagiga teng
bo‘ladi;
e=e
1
-e
2
=a (R
2
-R
1
) (8.12)