150
9.2-§. Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining
turlari va usullari
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari: 1.
Tayyorgarlik, 2. Dala
sharoitidagi ishlar, 3. Laboratoriya, 4. Kameral ishlar bosqichlariga
bo‘linadi.
Tayyorgarlik ishlari TIA bosqichi davrida bajariladi. Ular
vazifasiga qurilish loyihalanayotgan xududning tabiiy sharoiti to‘g‘risida
matyerial yig‘ish, bu ma’lumotlar asosida TIA bosqichi uchun hisobot
tuzish va loyihalashni keyingi bosqichini asoslash
uchun muhandislik -
geologik qidiruv ishlari dasturini tuzishdan iborat. Xududning tabiiy
sharoiti to‘g‘risidagi ma’lumotning birinchi manbaalari jumlasiga, chop
etilgan maqola va monografiyalar, turli ishlab
chiqarish tashkilotlari va
ilmiy - tekshirish institutlarining arxiv ma’lumotlari kiradi. Bu
matyeriallarni o‘rganish chog‘ida tanlangan maydonning muhandislik -
geologik xususiyatini haraktyerlovchi matyeriallar to‘planadi (yozuv
shaklidagi ishlar, xarita, grafiklar, qirqimlar).
Ushbu xududda joylashgan va amalda foydalanilayotgan inshootlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
To‘plangan matyeriallar asosida TIA uchun hisobot tuziladi va
muhandislik - geologik qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqiladi.
9.3-§. Dala sharoitidagi ishlar
Dala sharoitidagi ishlar deb loyihalanilayotgan qurilish maydonida
bevosita olib borilayotgan hamma ish turlari kiradi.
Ular kompleks
muhandislik – geologik suratga olish, qidiruv (razvedka), geofizik va
statsionar ishlardan iborat. Kompleks muhandislik – geologik suratga
olish, geologik tuzilishni, fizik - geografik va gidrogeologik
sharoitlarni,
geodinamik jarayonlarni va jinslarning fizik - mexanik xususiyatlarini
kompleks tarzda tadqiq qilishni qamrab oladi.
Dala sharoitida bajarilgan matyeriallarni, laboratoriya tekshirish
natijalarini umumlashtirish kameral ishlar davrida o‘tkaziladi va
muhandislik-geologik
hisobot xaritalari, geologik qirqimlar tuziladi.
Muhandislik-geologik suratga olishda shu joyning geologik xaritasi asos
qilib olinadi. Muhandislik - geologik suratga olishning masshtabi
maydonning katta-kichikligiga, inshootning konstruktsiyasi va joylarning
151
muhandislik-geologik sharoitiga bog‘liq. SHu sababli suratga olishning
masshtabi 1:500000 dan toki 1:5000 gacha masshtabda o‘zgaradi.
Muhandislik-geologik
suratga
olish
ishlarining
natijalari
muhandislik-geologik xaritalarda o‘z ifodasini topadi.
Muhandislik -
geologik tadqiqotlar oxirida muhandislik - geologik xaritalar tuziladi.
Qurilish xududlarining muhandislik - geologik sharoiti quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi: geologik tuzilish, geomorfologik tuzilish,
gidrogeologik
sharoit va fizik - geologik jarayonlar, qurilish matyeriallari, seysmik
sharoit.
Do'stlaringiz bilan baham: