155
Kameral ishlar dala sharoitida va tajriba xona sharoitidagi
aniqlangan natijalarni jamlab, tahlil qilishdan iboratdir. Jumladan:
1) Muhandis - geologik xaritalar va qirqimlar, hamda turli
jadvallarni tuzishda;
2) Gruntlarning fizik - mexanik xususiyatlarining sonli
ko‘rsatgichlarini, rejimli kuzatishlarini, jinslarning
yoriqlik va boshqa
ko‘rsatgichlarini matematik ishlash va qayta ishlash (shu jumladan EHM
larida hisoblash).
3) Turli hisobiy ishlar – masalan, gruntlarning hisobiy mexanik
ko‘rsatgichlarini hisoblashda.
Muhandislik-geologik qidiruv ishlari tugatilgandan so‘ng yakuniy
hisobot tuziladi.
9.7-§. Geologik xaritalar va qirqimlar
Hamma geologik xaritalar ikkiga: tub jinslar va to‘rtlamchi
qatlamlar xaritalariga, to‘rtlamchi qatlam tagida yotadiganlar ya’ni
to‘rtlamchi qatlamgacha hosil bo‘lgan qatlamlar xaritalariga bo‘linadi.
Geologo-litologik xaritagagina - to‘rtlamchi davr xaritasigagina ustida
to‘xtalib o‘tamiz. Geologo - litologik xaritalar olib borilgan geologik
tekshirishlarning eng muhim xujjatlaridan biridir. Geologo - litologik
xarita oddiy topografik xarita bo‘lib, unda
turli geologo - litologik
jinslarning tarqalishi, ularning uyulish sharoitlari va geologik rasmga
tushirishda olingan boshqa ba’zi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Geologo - litologik xarita geologik elementlarning yer yuzasida qanday
tarqalgani tekislikda shartli belgilar (buyoq yoki shtrix litologiyasi) bilan
aks ettiriladi. Geologo - litologik xaritani o‘qiy bilish geologik ta’limning
muhim elementidir. Har bir geologik xaritada qabul qilingani kabi
geologo - litologik xaritada ham barcha shartli belgilarning ruyxati va
ularning izohi o‘sha xaritada ko‘rsatiladi.
SHartli belgilar jadvali xaritaning biror bo‘sh burchagiga
joylashtiriladi. Geologo - litologik xaritalar
har xil masshtabda tuziladi,
ya’ni qo‘yilgan maqsadni hal qilishga asoslanib masshtab tanlanadi.
Muhandislik - geologik xaritalar o‘rganilayotgan hudud to‘g‘risida
mahsus ma’lumot olishga imkon beradi. Muhandislik - geologik xarita
tuzishda topografik, hamda turdagi geologik xaritalardan, muhandislik -
156
geologik qidirish ishlarining natijalari va jinslarning xossalaridan
foydalaniladi. Muhandislik - geologik xaritalar 3 turga: 1). muhandislik -
geologik sharoitlar; 2) muhandislik - geologik xududlashtirish; 3) mahsus
maqsadlarga mo‘ljallangan muhandislik geologik xaritalarga bo‘linadi.
Muhandislik - geologik sharoiti xaritasida hamma tur yer usti qurilishlar
to‘g‘risidagi axborotlar bo‘ladi.
Muhandislik - geologik xaritalar masshtabi ulardan ko‘zda tutilgan
maqsadga bog‘liqdir.
1) umumiy (yoki sxematik) muhandislik - geologik xarita katta
joylar
uchun tuzilib, masshtabi 1:500000 va undan mayda bo‘ladi.
Bunday joylarning muhandislik - geologik sharoiti byeriladi. Bunday
xaritalar respublika yerlarini rejalashtirishda tuziladi;
2) o‘rtacha muhandislik - geologik xarita masshtabi 1:200000 dan
to 1:100000 gacha alohida gidrotexnikaviy inshootlar, sanoat
korxonalari, aholi tura-joy qurilishini loyihalashda bog‘lashga
asoslangan;
3) yirik (1:10000 va undan katta) masshtabli xaritalardan shahar
hududidagi qurilishda, aniq sanoat inshootlari qurilishini loyihalashda
foydalaniladi.
Agar geologik xaritalar yer sirtida turli tog‘ jinslarining tarqalishini
ko‘rsatsa, qirqim yer po‘stining ma’lum chiziq buyicha vertikal geologik
tuzilishi haqida tasavvur beradi. Ular joylarning ma’lum
chuqurlikdagi
geologik tuzilishini o‘rganishga imkoniyat tug‘diradi.
Geologik qirqimlar chizish uchun eng avvalo uning topografik
asosini tiklash kerak. Rel’efning gorizontallar bilan ifodalangan xaritasi
orqali topografik profil’ tuzamiz. Qirqimda qatlamlarning nisbiy qalinligi
va qiyaligini aniqroq ko‘rsatish maqsadida vertikal masshtab gorizontal
masshtabdan 10 marta katta qilib olinadi.
Qirqimning topografik asosiga geologik ma’lumotlarni tushiramiz.
Buning uchun qirqim chizig‘i bo‘yicha ko‘ringan qatlamning enini
xaritadan o‘lchab, qirqimning nolinchi chizig‘iga yoki uning ostidagi tor
yo‘lga tushiramiz. Bundan tashqari, qirqimga bor gidrogeologik,
muhandislik - geologik ma’lumotlarni, qazilgan burg‘
quduqlar va
ulardan olingan natijalar tushiriladi. Bunday qirqimlarga muhandislik -
geologik qirqim deb ataladi.
157
Qirqimlar qurilish xududlarini muhandislik - geologik baholashda, zamin
jinslarini tanlashda va grunt suvlarini rejimini o‘rganishda katta
ahamiyatga ega.
Muhandislik – geologik xududlashtirish. Muhandislik - geologik
xududlashtirish sharoitlarga qarab, hududlarni qismlarga ajratish
mumkin. Maxsus xaritalar qurilishning aniq turlariga yoki inshootlariga
nisbatan tuziladi. Ular qurilish hududining
muhandislik-geologik
sharoitini baholash va muhandislik - geologik hodisalarni oldindan aytish
uchun zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: