81
natijasida bog’lovchilar gidratatsiyasi tezlashish sababli betonning qotishi tezlashadi va
bundan
tashqari, yangi tsementlovchi moddalar – kalьtsiy va magniy gidrosilikatlari
hosil bo’ladi. Harorat yuqori bo’lgan va bug’ bosimi baland sharoitda ushbu
birikmalarning sintezi hosil bo’ladi va boshqa holatlarda ular bir-biri bilan birikmaydi.
Ko’pincha ohak-kremnezyomli bog’lochilar avtoklav usulida ishlovdan o’tadi.
SHuningdek, ohak-shlak, ohak-kul va boshqa kimyoviy
faol moddalar avtoklav
texnologiyasi bilan ishlanadi. Sxemaga binoan avtoklav ishlov berishning beshta
bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi bosqichda bug’ berilib avtoklavdagi
harorat 100°S ga yetkaziladi. Bu davrda buyumning harorati bug’ haroratidan past
bo’lgani uchun issiqlik almashish buyum yuzasida kondensat hosil bo’lishi
vositasida
amalga oshadi. Muhit bilan buyum harorati orasidagi farq 30- 50°S ga yetishi zararli
natijalarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi bosqich avtoklavdagi bosim oshganda, ya’ni t
> 100°S bo’lishi bilan boshlanadi. Bosim oshganda issiqlik almashinishi tezlashadi va
buyumni barcha qismi qiziydi. Uchinchi bosqichda buyum ma’lum harorat va bosimda
ushlab turiladi. Ushlab turish vaqti 30-60 daqiqaga yetganda buyumni barcha qismidagi
harorat bir hil bo’ladi.
Ushlab turish vaqti bosim oshishi bilan kamaytiriladi. To’rtinchi
bosqichda bosim
kamaya boshlaydi. Bu vaqtda buyum harorati muhit haroratidan baland bo’ladi va shu
bois material g’ovaklarida bug’ hosil bo’ladi. Bu bosqichda buyumda darz paydo
bo’lishi mumkin va bunga yo’l qo’ymaslik uchun avtoklavdagi bosimni imkon qadar
sekin kamaytirish kerak. Beshinchi bosqichda buyum harorati 100°S
dan meyordagi
haroratga qadar tushiriladi. Bunda ham harorat buyumda mikrodarzlar hosil
bo’lmaydigan darajada tushirilishi kerak. Ohak va portlandtsement asosidagi
bog’lovchilar ishlatilganda izotermik ushlab turishdagi optimal bosim 1,2-1,6 MPa
hisoblanadi. Sanoat chiqindilari, masalan, nefelin shlami
ishlatilganda optimal bosim
1,6-2 MPa bo’ladi. Avtoklav ishlov berishning muddati bug’ bosimiga bog’liq bo’ladi.
Bosim past sharoitda (≤ 0,9 MPa) izotermik tutib turish muddatining oshirilishi buyum
mustahkamligini oshirish imkonini beradi. Bosim yuqori bo’lgan sharoitda esa natija
aksincha bo’lishi mumkin.
6-jadvalda yacheykali beton uchun tavsiya etilgan avtoklav
ishlov berish rejimlari ko’rsatilgan. Avtoklavdan bug’lash haroratini pasaytiruvchi
havoni chiqarish uchun avtoklavga bug’ purkaladi. Oxirgi vaqtlarda avtoklavdagi harorat
va bosimni oldindan havo jo’natmasdan, germetik avtoklavga boyitilgan bug’ jo’natish
bilan tez ko’tarish taklif etilayapti.
Izotermik ushlab turishning 3-4 soatidayoq harorat bilan to’yintirilgan bug’ bosimi
orasidagi to’la muvofiqlikka erishiladi. Taklif etilayotgan
usul qolipsiz yangi
tayyorlangan yoki ochiq qolipdagi buyumni bug’langanda ayniqsa samarali bo’ladi.
Haroratning tez ko’tarilishi va avtoklavdagi ortiqcha bosim harorat ta’sirini oshiradi va
buyumni barcha yuzasi bir hil qizib beton mustahkamligi ortadi. Bu usul bug’lash
rejimini 2-3 soatga kamaytirish imkonini beradi, betonning mustahqamligi, sovuqqa
chidamliligi ortadi, suvshimuvchanligi 15-20%ga kamayadi.
Bosim kamayishi
muddatini qisqartirish va bosim kamaygandan so’ng buyum namligini kamaytirish
uchun avtoklav muhitini 1-2 soat davomida 50-60 MPa ga qadar vakuumlash tavsiya
etiladi.
Avtoklav (8-rasm) gorizontal tsilindr shaklidagi gorizontal,
payvandlangan idish
ko’rinishida, yechiladigan qopqoqli bo’ladi. Avtoklavlar diametri 2,6 va 3,6 m va
83
rasm
.
Bayonet yopqichli avtoklav
1 -
flanets
; 2-
flanetsning turtib chiqqan joyi
; 3-
qopqoq
; 4-
reduktor
dastagi
; 5-
qopqoq moslamasi
; 6-
tishli sektor
;
rasm. Avtoklavdagi bug’ o’tkazgichlar sxemasi
1-
bug’ beruvchi magistral
; 2-
bug’ni o’tkazuvchi magistral
; 3-
bug’ni
chiqaruvchi magistral
; 4-
kondensat magistrali
Nazorat savollar:
1.Avtoklav nima.
2.Avtoklav ishlash printsipi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie
oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2.
Peregudov V. V.
«Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:
Stroyizdat
,
1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma
TAKI. Toshkent 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: