99
1. Maxmudova N.A., Yunusov J.Ya. Uchebnoe posobie. Teplotexnika i teplotexnicheskie
oborudovanie. TASI. Tashkent 2005.
2.
Peregudov V. V.
«Teplotexnika i teplotexnicheskoe oborudovanie» M.:
Stroyizdat
,
1990.
3. Maxmudova N. A. Issiklik texnikasi va issiklik texnikasi uskunalari. Ukuv kullanma
TAKI. Toshkent 2012.
4-mavzu: Davriy ravishda ishlaydigan issiqlik kameralarda beton qotish
jarayonini tezlashtirish.
Reja:
1.
Issiqlik kameralarda beton qotish jarayonini tezlashtirish.
2. Gorizontal va tonnel kameralarni ishlash printsipi.
Tayanch so’zlar:
Issiqlik kameralari, Gorizontal va tonnel kameralar.
Konveyer usulida temir-beton buyumlar ishlab chiqarish
uzluksiz moslamalarda
amalga oshiriladi. Bularga misol qilib tunnel va vertikal kameralarni keltirish mumkin.
Tunnelli kamera gorizontal tunnel ko’rinishida bo’lib unga qo’yilgan relslarda buyum
ortilgan
vagonetkalar qatnab turadi, buyum ko’targichlar yordamida olinadi va
tushiriladi. Vagonetkalar bir postdan ikkinchisiga turtgichlar yordamida harakatlanadi.
Tunnelli karmeralar bir yoki ikki yarusli bo’ladi. Ko’p yarusli kameralar ishlab chiqarish
maydonlarni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. CHunki
uning har bir yarusida
bitta vagonetkalar poezdiga ortilgan buyum issiqlik ishlov berishdan o’tadi. Isituvchi
sifatida bug’ yoki kaloriferda qizitilgan bug’ havoli aralashmasi hizmat qilishi mumkin.
Kamera uchta zonaga bo’linadi: haroratni ko’tarish bo’limi,
izotermik qizitish va
sovutish bo’limi. Har bir zona bir-biridan issiq havoli to’siq yordamida ajratilgan.
Kameradagi isitish jihozlari haroratni 90°S gacha ko’tarish va zonalardagi haroratni
talab etilgan meyorda saqlab turish imkonini beradi. Kameralarga
issiqlik registr va
perfoquvurlar bilan yuboriladi. O’tkur bug’ isitish zonasining boshlanishi va izotermik
qizitish zonasining oxiriga beriladi. Isituvchi sifatida issiq havodan foydalanilganda issiq
havo isitish zonasining o’rtasidan so’rib olinadi va venilyator
yordamida isitish
zonasining boshi va oxiriga jo’natiladi. Kaloriferlar bilan havo 110-155 °S gacha
qizdiriladi. Tunnel kameralarining asosiy kamchiliklari uning chetidan issiqning ko’p
yo’qolishidir. Issiq bug’ havoli aralashmaning tsexga kirishi
va sovuq havoni tortish
uchun kameraga havoli to’siqlar o’rnatiladi.
100
rasm. Uzluksiz ishlaydigan vertikal kamera
1 -
kamera to’sig’i
; 2-
poddonga qo’yilgan buyum
; 3-
bug’ yetkazib beruvchi
perfoquvur
; 4-
etkazib beruvchi aravacha
; 5-
ko’targich stol
7-
rasm. Vertikal kamerali tashqi devor panellari tayyorlovchi
konveyer texnologik liniya chizmasi
1 -
qoliplarni tozalash va moylash joyi
; 2-
keramik plita yotqizish
; 3-
armatura o’rnatish
; 4-
beton yotqizish va zichlash
; 5-
tekislash joyi
; 6-
o’zi
yuradigan arava
; 7-
vertikal kamera
; 8-
buyum solingan qolip
; 9-
gidroko’targich
; 10-
uzatgich arava
; 11-
opalubkadan tushirish
; 12-
g’ildirakli
konveyer
Tirqishli kamera tunnelli kameraning bir ko’rinishi hisoblanadi.
Ularning balandligi
enidan 4-6 marta kichik bo’ladi. Bunday kameralarning
afzal tomoni, ularning chetidan
issiqlik kam yo’qoladi. Tirqishli kameralarga bug’ bilan ta’minlash va elektr bilan
qizdirish moslalari o’rnatiladi. So’ngi usul asosan keramzit
beton buyumlar uchun
ishlatiladi.
Nazorat savollar:
1.Tunelli kameralar.
2.Tunelli kameralarning boshqa kameralardan farqi.
3. Kameradagi isitish jihozlari harorati.
Do'stlaringiz bilan baham: