Atmosfera havosi harakat tenglamasi
Reja:
1. Kirish
2. Atmosfera haqida umumiy ma’lumot.
3. Atmosfera havosining aylanish tenglamasi
Atmosfera harakati
Gorizontal barik gradient. Shamol. Yer yuzasidagi yoki yuqoriroqdagi ikki nuqtaning atmosfera bosimidagi farq havo massalarining gorizontal harakatiga—shamollarga sabab bo‘ladi. Bosimdagi farq havo qarshiligini eniga oladigan va uni harakatga keltira oladigan darajada katta bo‘lgandagina shamol hosil bo‘ladi. Albatta, bosim farqi ma’lum bir masofaga nisbatan olinishi lozim. Bosimning past bosim tomonga qarab har 100 km da mb hisobida kamayishi gorizontal barik gradient deb ataladi.
Shunday qilib, barik gradient bosim farqining o‘lchovi va havo oqimi kuchining ko‘rsatkichidir. Shamolning tezligi barig gradientga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Shamol tezligi m !sek hisobida, ba’zan esa, masalan, aviatsiyada km1soat hisobida o‘lchanadi. Yer yuzasi yaqinida shamolning tezligi 0 msek dan 12—15 m!sek gacha, ko‘pincha 4— 8 m!sek bo‘ladi, bo‘ron turgan ayrim paytlarda 100 m!sek ga ham yetishi mumkin. Shamolni 12 ballga bo‘lish qabul qilingan. Shamoldagi havo oqimi turbulent xarakterga ega, turbulent oqimda shamolning tezligi va yo‘nalishi tez o‘zgarib turadi.Havo yer yuzasiga ishqalanishi natijasida shamolnnng tezligi kamayadi. Yer yuzasi qancha notekis bo‘lsa, shamol kuchi shuncha sezilarli kamayadi. Shamol tezligi ishqalanishga teskari proporsionaldir. Barik gradient bir xil bo‘lgan sharoitda dengiz ustida, dasht va cho‘ldagi tekisliklarda shamol past-baland joydagiga qaraganda kuchliroq esadi. Flyuger o‘rnatiladigan balandlikda shamol erkin troposferadagiga qaraganda o‘rta hisobda ikki hissa kuchsiz bo‘ladi. Yerga ishqalanish shamolning tezligiga ishqalanish qatlami deb ataladigan 1000 m qalinlikdagi quyi qatlamga ta’sir ko‘rsatadi.
To‘siqqa duch kelgan havo oqimi (shamol) yoki to‘siqni aylanib o‘tadi, yoki uning ustidan oshib o‘tadi. Har ikkala holda ham to‘siq orqasida shamolsiz joy bo‘ladi.
Shamolning yo‘nalishi gorizontning shamol esayotgan tomoni nomi bilan belgilanadi. Shamol yo‘nalishini belgilash uchun 16 tomonli shamol yo’li qabul qilingan SH, SHSHG‘, SHG‘, G‘SHG‘, G‘, G‘JG‘, JG‘, JJG‘, J, JJSHq, JSHq, SHqJSHq, SHq, SHqSHSHq SHSHq SHSHSHq.
Ba’zan shamol yo‘nalishi bilan meridian orasidagi burchak (rumb) da aniqlanadi, bunda shimol (SH), 0 yoki 360° deb, sharq (SHq) 90°, janub (J) 180°, g‘arb (G‘) 270° deb qabul qilinadi.
Shamollarni vaqt davomidagi barqarorligiga qarab, oyning, faslning yoki yilning hamma kunlarida bir tomonga esuvchi doimiy shamollarga oy, fasl va yilning ko‘p kunlarida esuvchi, ya’ni boshqa shamollarga olingan vaqtning choragidan ko‘proq qismida esuvchi, ya’ni tomonlardan esuvchi barcha shamollardan ko‘ray ko‘proq esuvchi hukmron x.ar bir tomondan esuvchi shamollarga nisbatan ko‘proq esuvchi ustun shamollarga biror tomondan keluvchi shamolning ustunligi sezilmaydigan o‘zgaruvchan shamollarga ajratish mumkin.
Shamol qanchalik kuchli bo‘lsa, u Erning aylanishi ta’sirida \o’z yo‘nalishidan shuncha ko‘p og‘adi. Kenglik kattalashishi bilan og‘ish ortib boradi. Quruqlik ustida barig gradient yo‘nalishi bilan shamol yo‘nalishi orasidagi burchak 45—50° ga, dengizlar ustida hatto 70— 80° ga yetadi, o‘rtacha og‘ish burchagi esa 60° ga ten bo’ladi.
Havo massalarining geografik tiplari va havo frontlari. Atmosfera, yuqorida aytib o‘tilganlardan ham ko‘rinib turibdiki, bir xil xususiyatdagi havodan iborat emas. Radiatsiya va sirkulyasiya prosesslari uni alohida-alohida havo massalariga bo‘lib yuborgan. Havo massalari o‘lchami katta bo‘lib, materik va okeanlarning katta-katta qismlariga to‘g‘ri keladi.
Havo massalari muayyan radiatsiya sharoitida va bir holatdagi yuza ustida uzoq turib qolishi natijasida muayyan barqaror fizik xossalarga—temperatura, namlik, tiniqlik va boshqa xususiyatlarga ega bo‘lib qoladi. Bu xususiyatlar bir xavo massasi doirasida katta masofada asta-sekin o‘zgaradi, lekin bir xil havo massasidan ikkinchi xiliga o‘tganda tez o‘zgaradi.
Havo massalari quyidagi asosiy geografik tiplarga va ular dengiz hamda kontinental turlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |