2.3 ATMOSFERADA SIKLONNING RIVOJLANISHI
Siklonning rivojlanish sikli 4—7 kun davom etadi. Ana shu vaqt davomida u uch bosqichni o‘tadi; a) paydo bo‘lish bosqichi bu bosqichda siklon harakati quyi troposferadagi havo massasinigina qamrab oladi, b) eng chuqurlashgan bosqichi bunda salqin havo aveksiyasi natijasida siklon vertikal yo‘nalish bo‘yicha butun troposferani va ancha katta maydonni egallaydi, v) okklyuziya (to‘lish) bosqichi, bu bosqichda salqin havo kelishi to‘xtaydi va faqat bir xil havo massasi qoladi siklon tugaydi.
Odatda siklonlar yakka holda hosil bo‘lmay, atmosfsra fronti to‘lqinlariga mos ravishda ularning butun bir turkumi vujudga keladi va qatorlashib o‘tadi. Siklonlar turkumida ko‘pincha to‘rtta siklon bo‘ladi, ularning g‘arb tomondagi yoshrog‘i, sharqdagi eskirog‘iga qaraganda janubroqdan o‘tadi (49-rasm), umuman siklonlar harakati shnm. Shq. qa, shim-shim. Shq. qa va hatto shimolga yo‘nalgan bo‘ladi. Shunday qilib, siklonlar havo massalarining ham kenglik, ham meridian yo‘nalishida almashinishiga olib keladi. Atlantika okeanidan Yevropaga har yili o‘rta hisobda 60 ga yaqin siklon turkumi kirib keladi.
O’rtacha kengliklar siklonlari juda katta bo‘lib, ularning ko‘ndalang kesimi bir necha ming km ga yetishi mumkin. Masalan, siklon SHimoli-g‘arbiy Yevropada bo‘lsa, u Angliyadan SHimoliy Gviniyagacha va Kola yarim orolidan yuqori Volgagacha bo‘lgan maydoni egallaydi.
Bu siklonning markazi Onega ko‘li yaqinida joylashadi, iliq front bu joydan Okeaning quyar joyigacha, salqin front esa SHimoliy dengizgacha cho‘zilgan bo‘ladi.
Janubiy yarim sharda siklonlar yo‘li Antarktida bilan 40° jan. kenglik oralig’idan o‘tadi. Bu joyda siklonlarning tezligi katta — soatiga 40—45 km. Siklonlar umuman bulutli, sershamol va yomg‘irli ob-havo keltiradi, lekin uning turli qismida ob-havo turli xil bo‘ladi. Siklonlar yaqinlashmaydi, o‘qtin-o‘qtin shamol esadi, bulutlar bo‘linadi, tez yuradi, bulutlar orasidan moviy osmon ko‘rinadi, yomg‘ir bir kuchayib, bir sekinlashadi, jalaga o‘xshab yog‘adi.
Siklon o‘tayotganda ob-havo mazkur joy ustidan siklonning qaysi qismi o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi.
Havo fronti to‘lqinining bosim yuqori bo‘lgan qismida antisiklon—bir xil havo massasidagi barik maksimum tarkib topadi. Antisiklonlarda havo yuqoridan pastga tomon harakat qiladi. zichlashadi va yer yuzasiga bosiladi. Havo pastga tomon harakat qilganligidan u abadiylik ravishda isiydi va quruqlashadi. Shu sababli antisiklonda havo ochiq va quruq, bulutsiz yoki kam bulutli bo‘ladi.
Yozda temperatura yuqori, issiq, qishda esa sovuq bo‘ladi qishda havo pastga tushib isishiga qaramay, ob-havo sovuq bo‘lishiga sabab shuki, yuqoridagi havo bundan ham sovuqdir. Antisiklon markazida shtil bo‘ladi, chekka qismlarida esa bir tekis shabada esib turadi— yuqoridan tushayotgan havo atrofga asta tarqalib ketadi.
Antisiklonning rivojlanishida uchta bosqich bo‘ladi; a) atmosfera frontida yangi vujudga kelgan antisiklon troposferaning yerga yaqin qisminigina o‘z ichiga oladi, b) havo frontida temperatura farqi tushib, siklonlar kuchaygan sari antisiklon o‘sa boradi, barqaror bo‘lib qoladi va katta maydonga yoyiladi, uning ichki qismida temperatura bir xil, shamollar kuchsiz bo‘ladi, v) vaqt o‘tishi bilan antisiklon havosi o‘zgaradi — uning temperatura va namligi o‘zgaradi va antisiklon yo‘qoladi.
Antitsiklonlar siklonlar bilan juda bog‘langan bo‘lib, soatiga 30 km ga yaqin tezlikda g‘arbdan sharqqa tomon harakat qiladi, lekin siklonlardan farq qilib, shimolga emas, balki butun havosi bilan birga janubga yo‘nalgan bo‘ladi binobarin, ular umuman janubiy sharqqa yoyiladi. Antarktida va Arktikada, shuningdek, o‘rtacha kengliklardagi materiklar ustida antisiklonlar sovib ketgan yer yuzasi ta’sirida vujudga keladi va ular barqaror xarakterga ega bo‘ladi.
Subtropik antitiklonlar—Azor, Gavayi va janubiy yarim shardagi shunday antisiklonlarning vujudga kelishi haqida turli xil fikrlar mavjud. Yaqin vaqtlarga qadar ular ekvatordan ko‘tariladigan havoning pastga tushishi natijasida vujudga keladi, deb hisoblanar di. Hozirgi vaqtda ularning tarkib topishi o‘rtacha kengliklar antisiklonlarining subtrobtiklarga surilib borishi bilan bog‘lanmoqda (X. Flan1, X. P. Pogosyan, 1959, S. P. Xromov, 1964), o‘rtacha kengliklar antisiklonlari umuman ekvatorga tomon yo‘nalgandir. Biz buni yuqoriroqda ko‘rib chiqqan edik. Bu antitsiklonlarning subtropiklarda to‘planib qolishiga sabab shuki, quyi geografik kengliklarda Qornolis kuchining kamayib qolishi natijasida barik maksimumlar ekvatorial zonaga tomon ortiqcha surila olishi mumkin emas.
Naysimon (struyali) oqimlar. Temperaturaga va bosimning katta gradiyantlari (farqlari) bilan bog‘liq bo‘lgani yer yuzasiga yaqinlik frontal zonalar yuqori troposferada balandlik frontal zonalarga o‘tadi. Har qanday frontal zonaga xos bo‘lgan shamollar yuqoriga ko‘tarilgan sari ishqalanish kamayishi bilan kuchayadi. Shamollar tezligi 9—12 km balandlikda eng kuchayadi va stratosferaga o‘tishda pasayadi. Qattiq tezlikdagi shamollar nay ko‘rinishida bo‘ladi, shuning uchun ular naysimon oqimlar deb ataladi.
Naysimon oqim deb troposferaning yuqori, stratosferaning quyi qatlamlarida, ko‘ndalang kesimi ellips shaklida bo‘lib, kambar maydonda uzoq masofaga qattiq esuvchi havo oqimiga aytiladi. Kuchli shamollar esuvchi nisbatan kambar polosa yasi quvurga o‘xshaydi. Uning uzunligi minglab km ga, kengligi yuzlab va qalinligi bir necha km ga yetadi. Shamolning tezligi odatda soatiga 200 km ga yaqin bo‘ladi, ba’zan 500, ayrim vaqtlarda 750 km ga boradi. Ular ekvatorial kengliklardan boshqa hamma joyda g‘arbdan sharqqa qarab esadi.
Atmosfera umumiy sirkulyasiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan naysimon oqimlar hamma kengliklar uchun xosdir, biroq ularning ko‘rkamligi hamda tezligi turli rayonlarda turlichadir.
Naysimon oqimlarning quyidagi turlari bor (X. P. Pogosyap bo‘yicha)
Arktika dengizlari bilan Kavkaz oraligida vujudga keladigan, tropikdan tashqaridagi naysimon oqimlar, ularning paydo bo‘lish baland siklon va antitsiklonlar bilan bog‘liq, o‘rni o‘zgarnb turadi, intensivligi to‘xtovsiz o‘zgaradi, balandligi 8—12 km, tezligi soatiga 150—300 km. Bularning juda intensiv ekanligiga sabab temperaturaning keskin tafovut qilishidir. Temperatura har 1000 km da 10—20° gacha farq qiladi.
Subtropik naysimon oqimlar qishda 25—30°, yozda 10—15° shimoliy kengliklarda subtropik antisiklonlarning shimoliy chekkasida
l G. Rildan olindi, 1963.
vujudga keladi. Oqimning o‘q qismi tropopauza balandligida, 11—13 km da joylashadi. Bu oqimlar o‘rni mo‘tadil mintaqa oqimlariga qaraganda kam o‘zgaradi, tezligi soatiga 150—200 km.
Ekvatorial naysimon oqimlar subtropik antisiklonlarning ekvator tomonidagi chekkasida vujudga keladi va sharqqa tomon yo‘naladi, tezligi soatiga 100 km ga yaqin. Ular Osiyoning janubida ayniqsa ko‘p bo‘ladi.
Stratosfera naysimon oqimlari 50—70° shimoliy kengliklarda 25—35 km balandlikda aniqlangan. Ular qutb tunlari vaqtida o‘rtacha kengliklar bilan qutbiy o‘lkalar temperaturasidagi tafovutlar natijasida vujudga keladi.
Naysimon oqimlar Yaponiya, Britaniya orollari hamda AQSHning shimoli-sharqiy qismi ustida juda intensiv bo‘ladi va tez-tez ro‘y berib turadi. Bunga qishda sovuq materiklar ustidagi havo temperaturasi bilan iliq okean oqimlari ustidagi havo temperaturasining keskin almashinishi sabab bo‘ladi.
Intensivligi jihatidan ikkinchi darajadagi naysimon oqimlar o‘rta Yevropa, SSSR territoriyasi, SHimoliy Afrika va Hindiston ustida kuzatiladi.
Naysimon oqimlarning vujudga kelishi, zaiflashishi va to‘xtashiga troposfera frontlarining hosil bo‘lishi hamda buzilib ketishi sabab bo‘ladi. Troposfera frontlarining tarkib topishi o‘z navbatida havo massalarining issiqlik xususiyatlari va temperatura gradientlariga bog‘liqdir. Front hosil bo‘lishi protsesslarining oqibati bo‘lgan naysimon oqimlar atmosfera sirkulyasiyasining aktiv omilidir. Ular muayyan sharoitda siklon va antisiklonlarga ta’sir ko‘rsatadi, ularni buzib yuborishi ham mumkin, havo massalarini bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiradi, Janubiy Osiyodagi qishgi mussonning tarkib topishida qatnashadi hamda atmosferaning pastki qatlamlariga boshqa xil ta’sir ko‘rsatadi.
Qutbiy sirkulyasiya. Arktika bilan Antarktikada, yuqorida aytib o‘tganimizdek, termik sabablarga ko‘ra yuqori bosim oblastlari tarkib topadi. Lekin yer yuzasining holatidagi farq — Arktikada okean va Antarktikada materikning mavjudligi Yer sharining bu o‘lkalarida atmosfera sirkulyasiyasining o‘ziga xos bir qancha xususiyatlarining tarkib topishiga sabab bo‘ladi. Arktikada issiqlik adveksiyasi va siklon harakatlari Antarktikadagiga qaraganda ko‘p. Yozda Arktikaga Atlantikadan iliq( oqim) va siklonlar tez-tez kirib keladi Antarktikada yozda ham issiqlik adveksiyasi va siklonlar bo‘lmaydi, bu yerda antisiklon barqaror turadi.
Arktikada ham, Antarktikada ham barik gradientlar qutblardan mo‘tadil mintaqa minimumlariga tomon yo‘nalgan. Xuddi shu yo‘nalishda Arktikada shimoli-sharqiy, Antarktikada janubi-sharqiy shamollar esadi. Arktikadagi shimoli-sharqiy shamollar barqaror emas. Buning ustiga Yevrosiyoning va Amerikaning shimoliy sohillarida mussonga o‘xshagan shamollar yozda SHimoliy Muz okeanidan materiklarga, qishda materiklardan okeanga tomon shamollar esadi. Bu shamollarni musson shamollari deb bo‘lmaydi, chunki ular iqlimga mussonlardek ta’sir ko‘rsatmaydi. Antarktikadagi janubiy-sharqiy shamollar — juda katta antisiklonning zich, sovuq havosi oqimidan iborat bo‘lib, u barqaror va tezligi katta bo‘ladi. Bu shamollar sohilning havo oqimi oson KI'R»6 keladigan past yerlarida ayniqsa kuchli bo‘ladi. «SHamollar qutbi» shu yerdadir.
Passatlar sirkulyasiyasi. Quyi geografik kengliklardagi havo sirkulyasiyasi ekvatorial barik minimum bilan subtropik barik maksimumning mavjudligiga bog‘liq. Issiq mintaqada kengliklar orasidagi temperatura tafovuti katta bo‘lganligidan atmosfera sirkulya-
siyasi ham o‘rtacha kengliklardagidek intensiv emas. Siklon va antisiklonlar juda zaif bo‘ladi.
Subtropik maksimumlar (ularning hosil bo‘lishi hozirgi vaqtda materiklardan antisiklonlarning siljib kelishi bilan bog‘lanmoqda) yaxlit mintaqa hosil qilmay, ayrim barik oblastlarga bo‘linib ketgan. Bu hol ularning hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi tropik sirkulyasiya qalqasi nazariyasidan voz kechishga majbur etgan sabablardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |