Arktika havosi (AH). Unda quyidagi havo massalari ajratiladi a) Arktika muzlari ustida, shuningdek, qish vaqtida Taymir, Kolima havzasi, CHukotka, SHimoliy Kanada ustida tarkib topadigan kontinental antarktika havosi (kAH) u temperaturasining pastligi, namligining kamligi va juda tiniqligi bilan ajralib turadi kAH o‘rta kengliklarga kirib kelganda havo ancha va keskin sovib ketadi, qishda qattiq sovuq, bahor va kuzda ushiqlar bo‘ladi, hamma hollarda xam havo bulutsiz va juda tiniq bo‘ladi kAH barqaror bo‘lib, uzoq turib qoladi janubiy yarim sharda unga o‘xshagan havo antarktika havosidir b) dengiz antarktika havosi (dAH), Yevropa Antarktikasida okeanning muz bilan qoplanmagan qismi ustida tarkib topadi kAH dan namning ko‘pligi va temperaturasining bir oz yuqoriligi bilan farq qiladi, dAH materikka kirib kelganda havo qisqa vaqt ilishi mumkin.
2 O’rtacha geografik kengliklar havosi (MH). Bunda quyidagi havo massalari ajratiladi a) o‘rtacha kengliklarning kontinental xavosi (kMH) u o‘rtacha kengliklardagi juda katta quruqliklar ustida tarkib topadi qishda juda sovib ketadi va barqaror bo‘ladi ko‘pincha havo ochiq, juda sovuq bo‘ladi yozda u qattiq isiydi, ko‘tarilma oqimlar vujudga keladi, ular ko‘pincha momaqaldiroqlarga sabab bo‘ladi v) o‘rtacha kengliklarning dengiz havosi (dMH) o‘rta kengliklarda okeanlar ustida tarkib topadi ularni g‘arbiy shamollar va siklonlar materiklarga olib keladi juda sernam, temperaturasi mo‘tadil bo‘ladi qishda iliq, yozda salqin, har doim rutubatli (serbulut) ob-havo keltiradi.
Tropik havo (TH) a) kontinental tropik havo (kTH), tropik kengliklarda materiklar ustida va tropik barometrik maksimumlar — Sahroi Kabir, Arabiston, Axar, Kalaxari ustida, yozda subtropiklarda va hatto o‘rtacha kengliklarda — Yevropaning janubi, Urta Osiyo va Qozog‘iston, Mongoliya, SHimoliy Xitoy ustida tarkib topadi issiq, quruq, serchang bo‘ladi b) dengiz tropik havosi (dTH) tropik kengliklardagi okeanlar ustida — Azor va Gavayi maksimumlarida tarkib topadi issiq hamda sernam bo‘ladi.
Tropik havo o‘rtacha kengliklarga ham, passatlar bilan ekvatorial kengliklarga ham kirib turadi.
Ekvatorial havo (EH) ekvatorial zonada tarkib topadi. Temperaturasi yuqori va juda sernam bo‘ladi. EH ning bu xususiyatlari dengiz ustida ham, quruqlik ustida ham saqlanadi, shuning uchun ekvatorial havo kontinental va dengiz havolariga bo‘linmaydi.
Havo massalarini bir-biridan ajratib turadigan shartli yuza atmosfera fronti deb ataladi. Atmosfera frontining yer yuzasi bilan kesishgan qismi front chizig‘i deyiladi. Atmosfera frontida havo massasining barcha xususiyatlari—temperaturasi, shamollar, namligi, bulutlilik, yog‘inlar keskin o‘zgaradi.
Front temperaturasi har xil bo‘lgan ikkita havo massasnni ajratib turganligidan, u har doim gorizont tekisligiga nisbatan qiya bo‘ladi iliq havo yuqoriga ko‘tarilib, sovuq havo usti tomonga oqadi, sovuq havo esa er yuzasi bo‘ylab harakat qilib, iliq havo ostiga 8 L. P. Shubaev kirib boradi. Frontning qiyaligi katta bo‘lmaydi 1 km masofaga 1 ls dan 10 m gacha boradi. Shunday qilib, frontda havo massalari faqat enma-yon joylashib qolmasdan, biri ikkinchisining ustida ham joylashadi va surilib turadi. Iliq havoning sovuq havo ustida ham atrofga, ham yuqoriga siljishi ko‘tarilma sirg‘alish deyiladi.
Yilning yanvar tomonidagi yarmida depressiya va tropik front janubga suriladi hamda materiklarning qattiq qizishi natijasida ular kuchayib ketadi, bu materiklar ustida Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliya minimumlari tarkib topadi. Yilning iyul tomonidagi yarmida minimum shimolga tomon suriladi va qattnq qizigan Janubiy Osiyo ustida bosimi 1000 mb dan kam bo‘lgan Janubiy Osiyo yoki Eron-Txar minimumi qaror topadi.
Ikkinchi zona o‘rta hisobda 30° shim. kenglik yaqinida joylashgan subtropik barik maksimumlar, ya’ni antitsiklonlardir. Ular okeanlar ustida aniq ifodalangan, chunki tropiklarda materiklar juda isigan bo‘ladi. Bu zona shimoliy yarim sharda yuqoriroqda qayd qilingan Azor va Gavayi maksimumlaridan, janubiy yarim sharda — Janubiy Hind, Janubiy Atlantika, Janubiy Tinch okean maksimumlaridan iborat. Subtropik kengliklarda materiklar ustida ham barik maksimum mavjud bo‘ladi, ular er yuzasi temperturasining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda fasllarga qarab bir oz o‘zgarib turadi.
Subtropik maksimumlardan havo ekvatorial barik minimumlarga tomon oqib, passatlar vujudga keladi.
Atmosfera bosimining uchinchi zonasi o‘rtacha kengliklarning ba rik minimumi va maksimumlaridir. Bularga mo‘tadil va Arktika frontlari, Islandiya va Aleut minimumlari hamda Antarktika past bosim mintaqasi kiradi. Shimoliy yarim sharning barik maydoni fasllarga qarab anchagina o‘zgarib turadi. Bu yerda «ikkinchi darajali issiqlik mashinasi» ishlaydi (SHuleykin, 1962), ya’ni materiklar bilan okeanlardagi temperaturalar farqi fasliy o‘zgarganligidan barik maydon xam fasliy o‘zgarib turadi.
Qishda, ya’ni quruqlik sovib ketib, okean yozgi issiqni saqlab turgan va okean oqimlari advektiv issiqlik keltirib turgan vaqtda Islandiya va Aleut minimumlari ayiiqsa aniq ifodalanadi, bu joylarda bosim 1000 mb dan pastga tushib ketadi. Bu vaqtda materiklarda termik sabablarga ko‘ra barik maksimumlar — bosim 1036 mb ga teng bo‘lgan juda katta bsiyo va kichikroq, bosimi 1021 mb gacha boradigan SHimoliy Amerika antitsiklonlari vujudga keladi.
Yozda materiklar isib, atmosfera uchun issiqlik manbai bo‘ladi, barik maksimumlar yo‘qoladi. Islandiya va Aleut minimumlari juda kichrayib qoladi.
O’rtacha kengliklarda g‘arbiy shamollar xukmronlik qiladi (quyidagi g‘arbiy havo oqimiga qarang). O’rtacha kengliklarga xos bo‘lgan siklon harakatlari turli yo‘nalishdagi shamollarning esishiga sabab bo‘ladi.
Atmosfera bosimining to‘rtinchi zonasi har bir yarim shardagi yuqori kengliklar barik maksimumidir. Ular qutbiy rayonlarda temperaturaning pastligi natijasida vujudga keladi. Arktikada barqaror antitsiklon yo‘q, bu joyga dengiz ustidan tez-tez siklonlar kelib turadi, shu sababli Arktika barik maksimumi faqat ko‘p yillik kartalarda ko‘zga tashlanadi, shunda ham juda aniq ifodalanmagan bo‘ladi. Antarktidada quruqlik mavjudligi va uning qattiq sovib ketishi boisidan barik maksimum aniq ifodalangan. Bu yerdagi atmosfera bosimi haqidagi ma’lumotlarga baho berganda muz qalqonining absolyut balandligini nazarda tutmoq lozim.
Atmosfera harakatlari markazlari. Yuqorida qayd qilib o‘tilgan yuqori va past bosim oblastlari havo massalari tarkib topadigan makonlardir, binobarin, ular atmosfera harakatlari markazlari rolini o‘ynaydi. Ular muayyan xususiyatlarga ega bo‘lgan havoni vujudga keltirib, Yerning katta-katta o‘lkalari iqlimiga ta’sir ko‘rsatishi sababli atmosfera harakatlari markazlari deb ataladi.
Atmosfera harakatlarining asosiy markazlari quyidagilar 1) Ekvatorial depressiya (shu jumladan, Eron-Txar minimumi), 2) Azor, 3) Gavayi, 4) Janubiy Atlantika, 5) Janubiy Tinch okean, 6) Janubiy Hind okean maksimumlari, 7) Islandiya, 8) Aleut minimumlari, 9) Janubiy o‘rtacha kengliklar minimumlari, 10) Osiyo maksimumi, 11) Arktika yuqori bosim oblasti, 12) Antarktika maksimumi.
Havo massalari o‘zi tarkib topgan oblastlardan geografik sharoiti boshqacha bo‘lgan oblastlarga kirib borganda transformatsiya ro‘y beradi, ya’ni ularning xususiyatlari, dastavval, temperatura va namligi o‘zgaradi.
Passatlarning tropik havosi ekvatorga yaqinlashganda o‘zgarib, ekvatorial havoga, o‘rtacha kengliklarga borganda, mo‘tadil havoga aylanadi.
Mo‘tadil dengiz havosi quruqliklarning ichki qismiga kirib borganda qishda soviydi, havoga aylanib qoladi.
Frontlarning faslga, nisbatan sekin surilishdan tashqari tez va qisqa vaqtli surilishlari ham bo‘ladi, bular—yorib o‘tish deyiladi. Arktika havosi arktika frontini janubga yorib yozda isiydi va hamma vaqt ham quruqlashadi, shunday qilib, mo‘tadil kontinental havoga aylanadi.
O’rtacha kengliklarga kirib kelgan Arktika havosi vaqt o‘tishi bilan iliydi va mo‘tadil o‘tganda o‘rtacha kengliklarga Qora va O’rta dengizlar qirg‘oqlarigacha yetib borib, havoning birdan sovib ketishiga sabab bo‘ladi. Tropik havo janubdan mo‘tadil frontni yorib o‘tganda shimolda yoyilib, bu kengliklar uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |