2-BOB. ATMOSFERA BOSIMI
Atmosfera bosimi. Havo molekulalarining harakati va ularning o‘z og‘irligi, ya’ni qattiq yerga tortilishi atmosfera bosimini vujudga keltiradi. Havo tinch turganda bosimning maydon birligiga bo‘lgan kattaligi shu maydon ustidagi havo ustunining og‘irligiga teng bo‘ladi. Bu havo ustunidagi qavo massasining kamayishi bosimning kamayishiga ko‘payishi esa uning ortishiga olib keladi.
Og‘irlik kuchi turli kengliklarda turlicha ekanligi, havo ustunining vazni dengiz sathidan balandlikka va temperaturaga bog‘liq bo‘lganligi sababli normal havo bosimi deb 45° kenglikdagi dengiz sathida temperatura 0°S ga teng bo‘lgandagi atmosfera bosimi qabul qilingan. Bunday holatda havo ustunining og‘irligi 760 mm li simob ustunining og‘irligiga teng bo‘ladi. 0°S temperaturada simob3ning zichligi 13,595 bo‘ladi, shu sababli ko‘ndalang kesimi 1 sm bo‘lgan 760 mm simob ustunining massasi 1033, 2'g ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |