Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Dunyo aholisining joylashishi va migratsiya, urbanizatsiya jarayoni



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2. Dunyo aholisining joylashishi va migratsiya, urbanizatsiya jarayoni 
 
Er  sharida  mamlakatlar  va  mintaqalar  bo’yicha  aholi  juda  notekis  joylashgan. 
Aholining  joylashishi  (kichik  qishloqdan  (ovul)  to  murakkab  shahar  va  qishloqlar 
tizimigacha) 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish,  xo’jalik  taraqqiyoti  va  joylashish 
xususiyatlari,  hamda  hududning  o’zlashtirilganlik  darajasi,  tabiiy  sharoit  va  resurslar 
bilan  chambarchas  bog’liqdir.  Dunyo  aholisining  70%  yer  shari  hududining  25%  ida 
joylashgan  bo’lsa,  yer  shari  aholisining  80%  SHarqiy  yarim  sharda  istiqomat 
qilmoqda. Okean va dengiz bo’yining 50 km.li qirg’oq bo’yi mintaqasida 30% dunyo 
aholisi,  200 km.li  mintaqada  esa 50% aholi  yashaydi. 
Er  sharida  SHarqiy  yarim  sharda  aholi  o’ta  zich  joylashgan  ikkita  hudud:  a) 
SHarqda-Xitoyning  SHarqiy  qismi,  Koreya  va  Yaponiya;  b)  Janubda-Hindiston, 
Bangladesh  va  Pokistonning  bir  qismi  ajralib  turadi.  Bu  hududlardagi  qulay  sharoit 
eng  sermehnat  donli  ekinlardan-sholi  yetishtirish  imkonini  beradi.  Har  1  km
2
  ga  200 
kishi  va  undan  ortiq  to’g’ri  keladi,  ayrim  hududlarda  esa  aholi  zichligi  1000-1500 
kishiga  yetadi.  Ayniqsa,  qadimdan  aholi  zich  joylashgan,  daryo  vodiylari  va del talari 
alohida  ajralib  turadi.  Jumladan,  Bangladesh  mamlakatida  (120,0  mln.dan  ortiq  aholi) 
aholi  zichligi  har bir 1 km
2
 ga 650 kishidan  ortadi. 
Uchinchi  aholi  zich  joylashgan  hudud  Yevropadir.  O’rta  asrlardan  boshlab 
hunarmandchilik,  sanoat,  savdo-sotiq  va  shaharlarning  gurkirab  rivojlanishi  oqibatida 
aholi  zichligi  g’oyat  yuqoridir.  Ayniqsa,  Niderlandiya,  GFR,  Belgiya,  Buyuk 
Britaniya  va  boshqa  mamlakatlarda,  shuningdek  sanoat  -  shahar  aglomeratsiyalarida 
(Rur,  Midlend,  SHimoliy  Frantsiya  (Parij  havzasi),  Yuqori  Sileziya)  har  1  km
2
 
hududga 1000-2000-3000  kishidan  ortadi. 



 
46 
Aholi  migratsiyasi.  Migratsiya  -  lotincha  ko’chaman,  joyimni  o’zgartiraman 
degan  mahnoni  bildiradi  va  aholining  joylashishi  qayta  taqsimlanishi,  tarkibi  va 
soniga  ta’sir  ko’rsatadi.  Migratsiya  jarayonlari  Harakteriga  ko’ra  ichki,  tashqi 
(mamlakatlararo)  va  ishchi  migratsiyalariga  ITI  sharoitida  esa  «aql  oqimi» 
yo’nalishiga  bo’linadi.  Migratsiya  jarayonlarining  bosh  sabablari  -  iqtisodiy,  siyosiy, 
etnik,  demografik, madaniy,  diniy  va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Ichki  migratsiya  aholining  joylashishiga  sezilarli  ta’sir  qiladi.  Bu  jarayon 
mamlakat  doirasida  bo’lib  yangi  resursli  hududlarning  o’zlashtirilishi  va  amalga 
oshirilayotgan  mintaqaviy  siyosat  bilan  bog’liq.  SHuningdek,  ishlash  uchun  ya’ni 
qishloqlardan-shaharga  bo’lingan  mayatniksimon  migratsiya  ham  Harakterlidir.  Bu 
jarayon  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlar  AQSH,  Kanada,  Yaponiya,  bozor 
iqtisodiyotiga  o’tayotgan  Rossiya, Qozog’iston hamda Osiyoda-Vehtnam, Hindiston, 
Pokiston,  Lotin  Amerikasida  -  Braziliya,  Afrikada  -  Jazoir  va  Liviya  kabi  bir  qator 
mamlakatlar  uchun xos bo’lgan xususiyatdir. 
Tashqi  migratsiya  ildizlari  juda  qadim  zamonlarga  borib  taqaladi.  Tarixda  katta 
o’rin  tutgan  «xalqlarning  buyuk  ko’chishi»  yer  shari  bo’ylab  xalqlarning  joylashish 
va  qayta  joylashishiga  kuchli  ta’sir  qilgan  bo’lsa,  Buyuk  geografik  kashfiyotlar,  o’rta 
asrlarda  ayniqsa  XVII  asrdan  boshlab  Yevropada  sanoatning  rivojlanishi  bilan 
mamlakatlararo  va  kontinentlararo  ahamiyat  kasb  etdi.  XIX  asrdagi  migratsion 
«portlash»  butun  Yevropani  qamrab  oldi  va  ikkinchi  jahon  urushiga  qadar  60 
mln.kishi  AQSH,  Kanada,  Braziliya,  Argentina,  Avstraliya,  Yangi  Zellandiya, 
Janubiy  Afrika  mamlakatlariga  ketgan  bo’lsa,  ikkinchi  migratsiya  o’chog’i  Osiyo 
mamlakatlari  (Xitoy,  Hindiston,  Janubiy-SHarqiy  Osiyo  mamlakatlari)  bo’ldi.  XX 
asrning 
90-yillari 
boshlarida 
g’arbiy 
Yevropadagi 
iqtisodiy 
rivojlangan 
mamlakatlarda  20-25  mln.xorijiy  ishchilar  bo’lib,  nolegal  immigrantlar  va  ularning 
oilalari  bilan  40-45  mln.  kishiga  yetdi.  Har  yili  davlat  chegaralarini  3  mln.dan  ortiq 
kishi  kesib  o’tmoqda.  XX  asr  boshlaridagi  siyosiy  voqealar  ham  (Rossiya) 
migratsiyaga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Ikkinchi  jahon  urushi  va  XX  asrning  50-
yillaridan 
boshlab 
mustamlakachilik 
tuzumining 
yemirilishi, 
mustaqil 
va 
rivojlanayotgan  davlatlarning  yuzaga  kelishi  oqibatida  tashqi  migratsiya  bir  muncha 
kuchaydi. 
 
Jahon  iqtisodiyotida  urbanizatsiya  jarayonlari.  Urbanizatsiya  bu  tarixiy 
shakllangan  ijtimoiy  va  hududiy  mehnat  taqsimoti  asosida  yuz  beradigan  ko’p 
qirralik  ijtimoiy-iqtisodiy,  demografik  hamda  geografik  jarayondir.  Urbanizatsiya 
demostatistik  tushuncha  sifatida  esa  shaharlarning  ko’payishi,  mamlakat,  mintaqalar 
va umuman  dunyoda shahar aholisi  hissasining  ortishidir. 
Urbanizatsiya 
jarayonining 
rivojlanishi 
shahar, 
aholisining 
shakllanish 
xususiyatlari  bilan  bog’liqdir.  SHuningdek,  shahar  aholisining  o’sishi  ozmi  ko’pmi 
shahar  chetidagi  hududlar  va  shaharlashgan  joylarning  shakllanishi  hisobiga  ham  yuz 
beradi.  Bu  hududlardagi  aholining  yashash  sharoiti  tobora  katta  shaharlardagi  aholi 
yashash sharoitlariga  yaqinlashib  bormoqda. 
Qishloq  aholisi  bilan  qishloq  xo’jaligiga  aloqador  aholi  soniga  nisbatan  shahar 
aholisi  va  qishloq  xo’jaligiga  aloqador  bo’lmagan  aholi  sonining  o’sish  yuqoriligi 
zamonaviy  urbanizatsiyaning  o’ziga  xos  xususiyati  hisoblanadi.  Dunyonning  3  ta 


 
47 
yirik  qit’asida  Avstraliya  va  Okeaniyada,  SHimoliy  Amerikada,  shuningdek 
Yevropada  shahar  aholisi  yuqori  bo’lib,  ularga  tez  urbanizatsiyalashayotgan  Lotin 
Amerikasi  mamlakatlari  yetib  olmoqda.  Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  yanada 
yuqoriroq  shahar  aholisi  foizlarga  egadirlar.  Yevropada  -  Buyuk  Britaniya  (91%), 
SHvetsiya  (87%),  Germaniya  (85%),  Daniya(84%),  Frantsiya  (78%),  Niderlandiya 
(76%),  Ispaniya  (74%),  Belgiya  (72%  ),  SHimoliy  Amerikada  -AQSH  (77%), 
Kanada  (76%),  Osiyoda  -  Isroil  (89%),  Yaponiya (78%), Avstraliya va Okeaniyada - 
Avstraliya  (89%),  Yangi  Zellandiya  (85%),  Afrikada  -JAR  (50%)  shular 
jumlasidandir.  Tadqiqotlardan  mahlum  bo’lishicha,  mamlakatlarda  shahar  aholisining 
ulishi  70%  oshganda,  uning  o’sishi  sekinlashadi  va  asta-sekin  (80%  yaqinlashgan 
sari) to’xtay boshlaydi. 
Aholining  katta  va  juda  katta  shaharlarida  to’planishi  urbanizatsiya  uchun  xos 
xususiyatdir.  Aynan  katta  shaharlarning  ko’payishi  (aholisi  100  ming  kishidan  yuqori 
bo’lgan),  ularda  aholi  joylashuvini  yangi  shakllari  hamda  shaharcha  hayot  tarzining 
keng  tarqalishi  urbanizatsiya  jarayonini  yanada  ochiqroq  ifodalaydi.  Butun  dunyoda 
katta  shaharlarning  ulushi  100  yildan  ko’proq  vaqt  ichida  (1860  yildan)  1,7%  dan 
20%  ga  oshdi.  1700  yilda  dunyoda  aholisi  100  mingdan  ortiq  shahar  bo’lgan,  1800 
yilda  65  ta,  1900  yilda  360  ta,  XX  asr  oxirida  2000  dan  ortiq  ana  shunday  shaharlar 
qayd  etilgan.  Ulkan  «millioner»  shaharlarning  rivojlanishi  yanada  katta  e’tiborga 
loyiqdir.  Agar,  1800  yilda 1 mln.dan ortiq yashovchiga ega shahar faqat bitta bo’lgan 
bo’lsa  XX  asr  oxiriga  kelib  bunday  shaharlarning  200  tasi  qayd  etilgan.  XXI  asr 
dastlabki choragida esa millioner  shaharlarning  soni 400 taga yetishi  kutilmoqda. 
Atrof-muhit 
ifloslanishining 
kelgusidagi 
kutilayotgan 
oqibatlari 
yanada 
xavflidir.  Ayrim  olimlarning  fikricha  bu  tarzdagi  sanoat  kontsentratsiyasi,  havo  va 
issiqlik  ifloslanishiga  olib  keladiki,  buning  oqibatida  yer  shari  iqlimida  tuzatib 
bo’lmas  «parnik  effekti»  yuz  berishi  va  g’oyat  fojiali  halokatlar  yuzaga  kelishi 
mumkin. 
Dunyoda  urbanizatsiya  jarayonlarining  o’sish  sur’atlarining  ortib  borishi 
muqarrar  jarayon  bo’lib  uning  sifat  jihatlari  qanday  tegishli  chora-tadbirlar  ko’rilishi 
bilan  bog’liqdir. 
SHu  bilan  birga  urbanizatsiya  jarayonlarining  iqtisodiy  va  ekologik  jihatlarini 
hisobga  olish  butun  dunyoda  yuqoridagi  muammolarni  hal  qilish  uchun  muhim 
ahamiyatga  ega. 
Urbanizatsiya  jarayoni  dunyoning  mamlakatlari,  mintaqalarida  turlichadir. 
Hozirgi  zamon  urbanizatsiya  tipi  na  faqat  shahar  aholisining tez ko’payishi bo’libgina 
qolmay,  balki  intensiv  rivojlanayotgan  suburbanizatsiya  jarayoni  ham  bo’lib,  shahar 
aholisi  joylashishining  yangi  shakllari  -  shahar  aglomeratsiyalari,  megalopolislari 
hamdir. 
Iqtisodiy 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
to’laqonli  ravishda  stixiyali 
urbanizatsiya  oqibatlarini  his  qilmoqda  va  uning  oqibatida  shaharlar  o’sishini 
boshqarish  qiyinlashmoqda,  (o’ta  yirik  shaharlar).  Yirik  shaharlar  bo’hroni  (krizis) 
ijtimoiy,  sinfiy,  irqiy  qarama-qarshiliklarining  qonuniy  oqibatlaridir.  Yirik  va  o’ta 
yirik  shaharlar  va  shahar  aglomeratsiyalarida  havo  va  suvning,  tuproq  qoplamining 
haddan  tashqari  ifloslanishi  aholi  yashash  sharoitining  yomonlashuviga,  uy-joy  fondi, 
muhandislik-qurilmalari,  hududlardan  foydalanishining  yomonlashuvi  va  ko’chmas 
mulklarining  qimmatlashuviga  olib kelmoqda. 


 
48 
Rivojlangan  mamlakatlarda  «demografik  portlash»  urbanistik  «portlash»  bilan 
hamohangdir.  Ko’pgina  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  aholi  urbanizatsiyalanish 
ko’rsatkilarining  pastligiga  qaramay  urbanizatsiyaning  o’sish  sur’atlari  yuqoriligi 
bilan  ajralib  turadi.  Bu  jarayon  Osiyo  va  Afrikadagi  mamlakatlar  poytaxtlarining 
haddan  tashqari  o’sishi,  qishloq  hududlaridan  qashshoq  va  kambag’al  qishloq 
aholisining  ochlik  va  qashshoqlikning  bartaraf  etish  maqsadida shaharlarga ish qidirib 
kelishi  bilan  bog’liqdir,  qishloq  aholisining  ish  qidirib  shaharlarga  kelishi 
shaharlardagi  ishchi  kuchiga bo’lgan ehtiyojdan  yuqoridir. 
Natijada,  urbanizatsiya  jarayonining  industrializatsiya  jarayonlaridan  tezroq 
o’sishi,  rayonlarning  kengayishiga  olib  kelmoqda.  Rivojlanayotgan  mamlakatlarning 
ko’pchiligida  -  Mexiko,  Buenos-Ayres,  San-Paulo,  Rio-de-Janeyro,  Kalkutta, 
Bombey  shaharlarida  yirik  shahar  aglomeratsiyalari  shakllanmoqda.  Rivojlanayotgan 
urbanizatsiya  jarayoni  g’oyat  xilma-xil  bo’lib,  bir  tomondan  bu  mamlakatlar  ijtimoiy 
hayotini  jonlantirsa,  shaharlarning  bu  mamlakatlar  hayotida  rolini  ko’tarsa,  (ishchilar 
sinfining  shakllanishi,  tadbirkorlar  qatlamining  yuzaga  kelishi,  savodxonlik  va 
madaniy 
darajaning 
rivojlanishi, 
xalqlar  konsolidatsiyasining  kuchayishi  va 
millatlarning 
shakllanishi  va  boshqa),  ikkinchi  tomondan,  ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni  (shaharga  demografik «bosim»ni kuchayishi)  kuchaytirmoqda. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish