Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
Yillik o’sish koeffitsienti:  
 
 
100


m
r
P
P
P
  
(1) 
 
  
 
bu yerda R
g
 - yil  davomida o’sgan aholi  soni. 
 
 R
m
 - yil  davomidagi  aholining  o’rtacha soni. 
 
Butun  yer  shari  miqyosida  tabiiy  o’sish  aholi  sonining  evolyutsiyasini  beradi. 
Tarixning  mahlum  bir  davrlardagina  va  ayrim  mamlakatlarda  demografik  evolyutsiya 
migratsiya  orqali yuz bergan (masalan:  AQSHda XIX asr va XX asr boshlarida). 
 
Dunyo  aholisining  milliy  (etnik)  tarkibi.  Diniy  farqlar.  yer  shari  aholisi  6  mlrd 
kishi  (  15.XI.1999  yil)  bo’lib  2  mingdan  ortiq  xalqlar  mavjud.  Bu  xalqlar  bir  necha 
yuz  milliondan  yuz  hatto  10  kishini  tashkil  qiladi.  Kichik  etnik  jamoalarni  ham 
hisoblaganda  dunyo  xalqlari  3-4  mingdan  iborat  deb  baholanadi.  Xalq  so’zi 
mahnosida  istalgan  etnik  birlik  yog’i  etnos-alohida  qabila,  qabilalar  guruhi,  xalq  va 
millatlar  tushuniladi.  Dunyo  aholisining  80  foizi  15ta  yirik  xalqlar,  100  mln.dan  ortiq 
bo’lgan  -  xitoylar,  hindistonliklar,  amerikaliklar  (AQSH),  ruslar,  bEngallar,  yaponlar 
va  braziliyaliklar  va  50  mln.dan  100,0  mln.ga  qadar  bo’lgan  biharlar,  italiyaliklar, 
yavaliklar,  nemislar,  meksikaliklar,  telegualar,  koreyslar va inglizlar  tashkil  qiladi. 


 
44 
Dunyo  aholisining  milliy  tarkibi  g’oyat  murakkab.  Xalqlarning  millat  bo’lib 
shakllanishi  -  umumiy  til,  o’z-o’zini  anglash,  hududiy,  iqtisodiy,  madaniy  birlik  bilan 
bog’liqdir.  Ko’pgina  millatlar,  davlat  siyosiy  chegaralari  doirasida  shakllangan  bo’lsa 
ayrim  mamlakatlarda  millat  siyosiy  chegaraga  mos  kelmaydi.  Masalan:  Hindistonda 
bir  necha  millat,  SHveytsariyada  umumiy  iqtisodiy  va  madaniy  birlik  asosidagi 
(nemis  shveytsariyaliklar,  ital  yan  shveytsariyaliklar,  frantso’z-shveytsariyaliklar  va 
retormanlar)  shveytsariya  millati  yuzaga  kelgan.  Umumiy  arab  tili,  madaniyati  va 
diniy  qarashlari  asosida  Janubiy-g’arbiy  Osiyo  va  SHimoliy  Afrikadagi  20  ta 
mamlakatda  arab  millati  yuzaga  kelgan.  Ayni  vaqtda,  bu  mamlakatlarning 
ayrimlarida  siyosiy,  ijtimoiy,  madaniy  umumiylik  va  davlatchilikning  rivojlanishi-
jazoirliklar,  misrliklar,  marokoshliklar,  tunisliklar  va  liviyaliklar  va  boshqa 
millatlarning  shakllanishiga  olib  keldi.  Afrika,  Osiyo  mamlakatlarida  esa  xalqlarning 
konsolidatsiyasi,  assimilatsiyasi  va  etnik  integratsiyasi  kabi  jarayonlar  davom 
etmoqda.  SHuningdek,  millatlarning  yaqinlashuvi,  so’ngra  qo’shilib  ketishuvidan 
iborat  sobiq  ittifoq  va  Yugoslaviyadagi  xalqlar  assimilyatsiyasi  to’g’risidagi qarashlar 
va  o’rinishlardan  iborat  g’ayri  ilmiy  yo’nalishlar  asossiz  bo’lib  amaliy  jihatdan  o’z 
tasdig’ini  topmadi  va  XX  asr  90-yillarining  oxirida  bu  mustabid  tuzumga  asoslangan 
davlatlarning  parchalanib  ketishi  bilan  bunday qarashlar ham nihoyasiga  yetadi. 
Dunyo  xalqlarining  til  tushunchasi  doimo  millat  tushunchasiga  mos  kelmaydi. 
CHunonchi,  ingliz  tili  nafaqat  Buyuk  Britaniyada  yashovchi  inglizlarning  ona  tili 
bo’lib  qolmay,  balki  AQSH  dagi  amerikaliklar,  anglokanadaliklar,  Avstraliya,  Yangi 
Zellandiya,  Yamayka,  JAR  aholisining  bir  qismi  gaplashadigan  425  mln.dan  ortiqrok 
aholining  tili  hamdir.  SHuningdek  ispan  tili  340  mln.  Markaziy  va  Janubiy 
Amerikadagi  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  gaplashadigan  til  bo’lsa,  portugal  tilida 
(175 mln.)  portugaliyaliklar  (9,0 mln.) va braziliyaliklar  (130,0 mln.)  gaplashadilar. 
Xalqaro  munosabatlarda  va  diplomatik  amaliyotda  ikkinchi  jahon  urushiga qadar 
frantsuz  tili  qo’llanilgan  bo’lsa  ikkinchi  jahon  urushidan  so’ng  ingliz  tili  xalqaro 
munosabatlar,  tashqi  savdo,  kemachilik,  xalqaro  fuqaro  aviatsiyasi  va  xalqaro 
anjumanlarda  yetakchi  mavqeni  egallagan. 
Dunyo  mamlakatlarining  yarmi  milliy  jihatdan  bir  millatli  mamlakatlardir. 
Bunga  Yevropa  mamlakatlari  (Rossiyadan  tashqari),  Lotin  Amerikasi,  Avstraliya, 
Yangi  Zellandiya  kiradi.  Osiyo  mamlakatlari  (Arab  davlatlari,  Yaponiya,  Bangladesh, 
Isroildan  tashqari  )  ko’p  millatli  bo’lib  1000  dan  ortiq  xalqlar  Osiyodagi  aholining 
3g’5 qismini  tashkil  qiladi. 
Ayniqsa,  Xitoy,  Hindiston,  Pokiston,  Markaziy  Osiyo  mamlakatlaridan  esa 
O’zbekiston,  Qozog’iston,  Qirg’iziston,  Tojikiston  ham  ko’p  millatlidir.  Afrika  etnik 
kartasi  g’oyat  xilma-xil  bo’lib  deyarli  barcha  mamlakatlar  ko’p  millatli  (ko’plab  etnik 
qabila  va  elatlar).  Mavjud  barcha  ko’p millatli davlatlarda (Rossiya, Hindiston, Xitoy, 
AQSH,  Yugoslaviya,  Turkiya,  Kanada,  Bel  giya,  Ispaniya  va  boshqa)  millatlararo 
muammolar  mavjuddir. 
Dunyo  aholisining  diniy  tarkibi.  Dunyo  dinlari  o’zining  tarqalishi  va  jamiyat 
hayotida  tutgan  o’rniga  ko’ra  dunyo  va  mahalliy  dinlarga  bo’linadi.  Dunyo  dinlari 
orasida  eng  keng  tarqalgan  din  xristianlikdir.  Xristianlik  dini  uch  mazhabga  (katolik, 
protestenat  va  pravoslav)  bo’linadi.  U  Yevropa,  Afrika  va  Avstraliyada  yoyilgan 
bo’lib  1  mlrd. ortiq kishi sig’inadi. Ikkinchi o’rin 800 mln.dan ortiq kishi sig’inadigan 


 
45 
islom  dini  (musulmon)  30  dan  ortiq  Yaqin  va  O’rta  SHarq,  SHimoliy  Afrikadagi 
davlatlarning  rasmiy  dinidir.  Islom  dini  shuningdek,  Bolqon  yarim  oroli,  Ispaniya, 
Afrika,  Rossiya,  Kavkaz  orti  davlatlari,  Markaziy  Osiyo,  Janubiy  va Janubiy-SHarqiy 
Osiyo  mamlakatlarida  keng  tarqalgan.  Uchinchi  dunyo  dini  buddizm  bo’lib  250 
mln.dan  ortiq  aholi  sig’inadi  va  Markaziy  Osiyo  (Mo’g’uliston),  Rossiya  (Sibir  )  va 
SHarqiy Osiyo hamda Janubiy Osiyo mamlakatlarida  tarqalgan. 
SHuningdek,  mahalliy  dinlarga  Hindistonda  -  induizm,  Xitoyda  konfutsiylik, 
Yaponiyada - sintoizm  kiradi. 
Dunyo  va  mahalliy  dinlar  zamonaviylashgan  holda  aholi  anhanalarida,  urf-
odatlarida,  shaxsiy  va  turmush  tarzida,  oila munosbatlari hatto davlatlar hayotida ham 
muhim  rol  o’ynamoqda.  Diniy  qarama-qarshiliklar  mamlakatlarda  siyosiy  keskinlikni 
kuchayishiga  sabab  bo’lib  (Buyuk  Britaniyada-SHimoliy  Irlandiya-Ol  ster)  katolik  va 
protestantlar  o’rtasida,  Yaqin  SHarqda  (Falastin  va  Isroil  o’rtasidagi  muammolar) 
hamda  jahon  siyosiy  kartasidagi  boshqa  «qaynoq  hududlar»  o’zining  yechimini 
kutmoqda. 
Dinlar  mamlakatlar  va  aholining  ijtimoiy  va  iqtisodiy  hayotida  katta  rol  o’ynab 
aholining  tabiiy  ko’payishiga,  oila  mustahkamligiga,  mamlakatlardagi  ijtimoiy-
siyosiy  hayotning  barqaror  va  beqaror  bo’lishiga  (Tojikiston)  ishlab  chiqarishning 
rivojlanishi  va joylashishiga  kuchli  surhatda ta’sir etadi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish