Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
 
4. Bandlik va ishsizlik
 
Jamiyat  iqtisodiy  nuqtai  nazaridan  olib  qaraganda  bandlik-bu  mehnatga  layoqatli 
aholining  ijtimoiy  va  milliy  daromadni  yaratishdagi  faoliyatidir.  Barcha  qobiliyatli  va 
ishlashni  xoxlovchilarga  ishlab  chiqarishda  mehnat  qilish  imkoniyatining  berilishi 
ideal  darajadagi  to’liq bandlikka  olib kelishini  ta’minlaydi. 
Ijtimoiy  ishlab  chiqarishdagi  bandlik  umumiy  va  maxsus  ta’lim  muassasalarida 
o’qish,  harbiy  xizmatda  bo’lish,  uy  xo’jaligida  band  bo’lish,  qariyalarga  va 
bemorlarga  g’amxo’rlik  qilish  kabi  foydali  bandlikning  barcha  ko’rinishlarini  istisno 
qilmaydi. 
Iqtisodiy  va  ijtimoiy  jihatdan  foydali  faoliyatning  barcha  ko’rinishlarinining 
hisobi  global  bandlik  tushunchasida  o’z  ifodasini  topgan.  Bu  doiraga  ob’ektiv  va 
sub’ektiv  sabablarga  ko’ra  o’zining  qonuni  va  foydali  faoliyat  doirasini  topa 
olmaganlar  kirmaydi.  Jamiyatning  rivojlanishi  nuqtai  nazaridan  ijtimoiy  ishlab 
chiqarishdagi  bandlik  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’lib,  u  jamiyatning  iqtisodiy 
salohiyatini,  aholining  turmush  darajasining  sifatini  belgilaydi.  Ijtimoiy  ishlab 
chiqarishdagi  bandlikni  samarali  bandlik  sifatida  ko’rib  chiqish  mumkin.  Samarali 
bandlik  bilan  foydali  bandlikni  boshqa  ko’rinishlari  o’rtasidagi  bog’liqlik  ratsional 
(maqsadga muvofiq) bandlikni  aniqlash  imkonini  beradi. 
Bu  tushunchalar  mehnat  bozoridagi  bandlik  siyosati  uchun  qanday  ahamiyatga 
ega?   Birinchidan, 
ijtimoiy 
mehnatda 
ishtirok 
etish 
va  etmaslik  iqtisodiy 
omillardangina  emas,  balki  insonning  o’z  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda 
jamiyatning  mehnat  salohiyatini  aniqlash  va  milliy  daromadni  yaratishdagi  ishtirokini 
aniqlash  imkonini  beradi. 
Ikkinchidan,  butun  mamlakat,  mintaqalar  miqyosida  ularning  iqtisodiy  va 
demografik  rivojlanishining  hisobga  olgan  holda  mehnat  salohiyati  va  undan 
foydalanish  ko’lamini  yanada aniqrok bashoratlashga yordam beradi. 
Uchinchidan,  ijtimoiy  siyosatni  mukammalroq  ishlab  chiqish,  ijtimoiy  dasturlar 
yaratish,  ularni  moliyalashtirish  manbaalarini  va  sotish  sharoitlarini  belgilash  uchun 
kerak bo’ladi. 
Xalqaro  statistikada  «iqtisodiy  faol  aholi»  va  «iqtisodiy  nofaol  aholi» 
tushunchalari  keng qo’llaniladi. 


 
50 
Xalqaro  Mehnat  Tashkiloti  tavsiyalariga  ko’ra  o’z  ehtiyojlari  uchun  tovar 
yaratuvchidan  tortib  to  tovar  va  xizmat  ishlab  chiqarishda  ishtirok  etuvchilarning 
barchasi  iqtisodiy  faol  aholi  tarkibiga  kiritiladi.  Ular  quyidagi  toifa  shaxslarni  o’z 
ichiga  oladi:  yollanma  mehnat  ko’rinishidagi  -  ishchi  va  xizmatchilar;  mustaqil 
ishlovchilar;  xaq  olmaydigan  oila  (uy  xo’jaligi)  a’zolari;  mavsumiy  va  tasodifiy 
ishchilar;  ma’lum  bir  sabablarga  ko’ra  vaqtinchalik  ishlamayotganlar  (kasallik,  ta’til 
va  boshqa  sabablariga  ko’ra);  to’liqsiz  ish  kunida  o’qish  bilan  bir  vaqtda 
ishlayotganlar;  o’quvchilar  hamda  ishlab  chiqarishda  stipendiya  yoki  ish  haqi  olgan 
holda mo’taxassislikka  tayyorgarlikdan  o’tayotganlar. 
Turli  mamlakatlarda  iqtisodiy  faol  aholini  aniqlash  ko’pchilik  mamlakatlar  kabi 
bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  faol  mehnatga  o’tish  yoshi  AQSH  da  15  yosh  deb 
belgilangan,  SHvetsiyada  esa  16  yosh  Bundan  tashqari  toifalar  bo’yicha  ham  farqlar 
mavjud.  Misol  uchun,  Buyuk  Britaniyada  o’qiyotganlar,  to’liqsiz  ish  vaqtida 
ishlayotganlar  hamda  ish  qidirayotganlar  iqtisodiy  faol  aholi  tarkibiga  kiritilmaydi. 
Bozor  iqtisodiyoti  mamlakatlarida  iqtisodiy  faol  aholi  o’tayotgan  davr  uchun  «ishchi 
kuchi» sifatida  belgilanadi. 
Iqtisodiy  faol  aholining  mehnat  maqomi  (statusi)  ma’lum  bir  davr  (12  oy  yoki 
bir  yil)  ichida  ishlagan  hafta  yoki  kunlari  soniga  qarab  belgilanadi  va  shu  bo’yicha 
iqtisodiy faol aholi  bandlar, qisman bandlarga va ishsizlarga  ajratiladi. 
Xalqaro  statistikada  iqtisodiy  nofaol  tarkibiga,  yoshidan  qat’iy  nazar,  yuqorida 
aytib  o’tilgan  iqtisodiy  faol  aholi  tarkibiga  kirmaydigan  barcha  aholi  qatlami 
kiritiladi. 
Iqtisodiy  nofaol  aholi  tarkibini  ham  bir  nechta  guruhlarga  ajratish  mumkin. 
Kundo’zgi  bo’lim  talabalari,  uy  bekalari,  pensionerlar,  tashkilotlardan  moddiy 
yordam oluvchilar  eng katta guruhni  tashkil  qiladi. 
Xalqaro  Mehnat  Taqsimoti  va  OESR  (Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish 
tashkiloti)  kabi  xalqaro  tashkilotlarning  aniqlashiga  ko’ra,  ishsizlar  bular  ishga  ega 
bo’lmagan,  ishlashga  tayyor  va  oxirgi  4  hafta  ichida  ish  qidirayotganlar  yoki  ishga 
joylashib  bo’lgan, lekin  hali  ish boshlamagan odamlardir. 
Misol uchun AQSH da quyidagi  fuqarolar  ishsiz hisoblanadilar: 
1. 
Tahliliy  hafta davomida band bo’lmaganlar. 
2. 
O’tgan  4  hafta  davomida  ishga  joylashishga  harakat  qilganlar. 
(to’g’ridan-to’g’ri  yollovchiga  yoki  davlat  bandlik  xizmati  ko’rsatish  tashkilotiga, 
do’stlariga murojaat  qilgan  holda). 
3. 
Vaqtinchalik  ishdan  bo’shatilganlar  yoki  yangi  ishga  qabul  qilingan  va 
30 kun ichida ish boshlashi kerak bo’lgan fuqarolar. 
Asosiy  ishsizlar  ommasi  -  bular  ish  stajiga  ega  bo’lgan  va  ishdan  bo’shatilgan 
shaxslardir.  Bu  toifaga  asosan  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiyotdagi  tarkibiy 
o’zgarishlar,  korxonalarning  tugatilishi,  ishlab  chiqarishni  takomillashuvi  hamda 
yangi  mahsulot  turlarini  ishlab  chiqarishga  o’tilishi  kabilar  oqibatida  ish  o’rnini 
yo’qotgan  ishchilar  kiradi.  Ular  orasida  turli  darajada  malakaga  va  mutaxassislikka 
ega  bo’lgan,  qayta  tayyorgarlikdan  o’tishga  hamda  o’z  malakasini  oshirishga, 
mutaxassisligi  bo’yicha  boshqa  korxonalarda  ishlashga  tayyor  odamlar  mavjud 
bo’lib,  aynan  ular  yangi  ish  o’rinlarida  ishlash  uchun  talab  qilinadigan  minimal 


 
51 
tayyorlov  va  qayta  tayyorgarlikdan  o’tgan  malakali,  mahoratli  kadrlarning  tiklanish 
manbai  ya’ni ishsizlikning  dinamik  asosini tashkil  qiladi. 
Mehnat  qilish  yoshida  bo’lib  ishlamaydigan  odamlar  majburan  band 
bo’lmaganlar  hamda  ishsizlar  toifasiga  ajratish  aholining  ishga  joylashmagan 
qatlamiga  ijtimoiy-iqtisodiy  yordam  ko’rsatish  chora-tadbirlarini  ishlab  chiqishni 
nazarda tutuvchi  bandlik siyosatining  asosini tashkil  qiladi. 
To’liqsiz  bandlik  siyosatini  belgilash  va  yuritishda  alohida  e’tiborni  talab 
qiluvchi  kishilar  turkumi  toifasi  bo’lib,  uning  ikki  xil  ochiq  va  yashirin,  boshqacha 
aytganda miqdorli  va sifatli  ko’rinishlari  mavjuddir. 
To’liqsiz  bandlikning  miqdoriy  shakli  ish  vaqtining  davomiyligida,  me’yoriy  ish 
vaqtiga  nisbatan  qisqarishida  o’z  ifodasini  topadi.  Ish  xaqining  pastligi,  mehnatni 
tashkil 
etishning 
quyi 
darajalari, 
ishchilarning 
malakasi-mahoratidan 
to’liq 
foydalanmaslik  kabi  ishchi  kuchidan  foydalanishning  o’ziga  xos  sifat  jihatlari 
to’liqsiz bandlikning  sifat mezonini  belgilaydi. 
Turli  mamlakatlarning  iqtisodiyoti  tobora  jahon  tsivilizatsiyasining  (madaniyati) 
rivojlanishiga  bog’liq  bo’lib  bormoqda.  Bugungi  kunda  hech  bir  mamlakat  o’zi 
alohida  yutuqlarga  yerisha  olmaydi.  Ishlab  chiqarish  va  kapitalning  qizg’in 
«baynalminallashuvi»  mehnat  bozorining  «baynalminallashuvi»  bilan  bog’lanib 
ketmoqda.  Xalqaro  migratsiya  zamonaviy  jahon  xo’jaligi  tizimining  ajralmas  qismi 
bo’lib qoldi. 
Xorijiy  ishchi kuchidan  foydalanish  allakachon  normal  takror  ishlab  chiqarish 
jarayonining  zaruriy  shartiga  aylandi.  Xorijiy  ishchilardan  faol  foydalanadigan 
mamlakatlarda  butun  bir  iqtisodiyot  tarmoqlari  ishchi  kuchi  importiga  bog’liq  bo’lib 
qolgan.  Jumladan  Dyussel  dorfda  (GFR)  o’tkazilgan  tadqiqotlar  shuni  ko’rsatadiki, 
chet  el  ishchilarining  qaytib  ketishi  natijasida  qurilish  ishlarining  ko’lami  kamayishi, 
bolalar  bog’chalari, maktablar  yopilishi  mumkin. 
Frantsiyada 
esa 
muhojirlar 
qurilishda 
bandlarning 
1/4 
qismini, 
avtomobilsozlikda  1g’3  qismini,  Belgiyada  konchilarning  yarmini,  SHvetsariyada 
quruvchi  ishchilarning  40%ni  tashkil  qiladi.  Ayni  vaqtda,  ishchi  kuchini  eksport 
qiluvchi  rivojlanayotgan  mamlakatlar  uchun  bu  faoliyatdan  voz  kechish  muhim 
valyuta  manbaidan  mahrum  bo’lishni  ham  bildiradi.  Misol  uchun,  Misrda  80-
yillarning  oxirida  Suvaysh  kanalidan  foydalanish  970  mln.  dol.,  turizm  60  mln.dol. 
foyda  keltirgan  bo’lsa,  muhojirlar  mablag’larining  o’tqazishlaridan  kelgan  foyda  3,1 
mlrd.  dollarni  tashkil  etgan.  Yamanda  esa  emigrantlar  o’tkazadigan  mablag’lar 
mamlakat  eksport tushumlariga  nisbatan 30 marta  yuqoridir. 
Ishchi  kuchi  migratsiyasi  murakkab,  ko’p  qirrali  jarayon  bo’lib  jamiyatning 
iqtisodiy hayoti va jahon miqyosi rivojlanishida  jiddiy  o’rganishni  taqozo qiladi. 
Xorijiy 
mamlakatlar 
mehnat 
bozorining 
xarakterlovchi 
xususiyatlari 
quyidagilarda  yaqqol  ko’rinadi.  Umuman,  60-70  mln.kishi yashash va mablag’ topish 
maqsadida  chetga  chiqib  ketgan.  80-90-yillar  ma’lumotlariga  ko’ra,  yiliga  19,7-21,7 
mln.kishi  ish  qidirib  o’z  mamlakatlaridan  xorijiy  mamlakatlarga  ketadi.  CHet  el 
ishchilarining  soni  g’arbiy  yevropada  7,0-8,0  mln.  AQSHda  5-5,6  mln.  Lotin 
Amerikasida  3,5-4  mln.,  Yaqin  SHarq  va  SHimoliy  Afrikada  2,8  mln.,  Janubiy 
Afrikada  1,3 mln. kishini  tashkil  etadi. 


 
52 
Immigratsiyaning  birinchi  markazi  g’arbiy  yevropa  mamlakatlarida  shakllangan 
bo’lib,  u  yerda  chet  el  ishchi  kuchidan  doimiy  ravishda  foydalanishga  o’tilgan. 
Faqatgina  yeI  da  13  mln.  immigrantlar  o’z  oila  a’zolari  bilan  birga  hisobga  olingan, 
shundan  8  mln.ga  yaqini  (yoki  61%i)  yeI  a’zosi  bo’lmagan  mamlakatlardan  kelgan. 
FRG  da  chet  ellik  ishchilar  umumiy  bandlarning  8%ini,  Frantsiyada  7%ini, 
SHvetsariyada  va Lyuksemburgda 30%ini  tashkil  qiladi. 
Muhojirlarning  to’ldiruvchi  ishchi  kuchi  sifatidagi  roli  shundan  iboratki, 
davlatlararo  ko’chishda  asosan  25  yoshgacha  bo’lgan,  jismoniy  sog’lom,  mehnatga 
layoqatli  yoshlar keng ishtirok etmoqda. 
Oxirgi  vaqtlargacha  chet  el  ishchilarini  ko’proq  qo’l  mehnatini  talab  qiladigan 
(qurilish,  xizmat  ko’rsatish)  sohalarda,  mahalliy  aholi  uchun  unchalik  muvofiq 
bo’lmagan,  ishlash  o’ta  xavfli  va  zararli,  iflos  bo’lgan  tarmoqlarda  band qilingan. Bu 
yerda  chet  elliklarning  ulushi  juda  yuqori  bo’lib,  70%  gacha  miqdorni  tashkil  etadi, 
bu  esa  bunday  tashkilotlar  kelgindi  ishchi  kuchlardan  foydalanish  uchun 
«mo’ljallanganligini»  bildiradi. 
Mehnat  resurslari  immigrantlar  hisobiga  shakllangan  AQSH  an’anaviy  tarzda 
immigratsiyaning  ikkinchi  markazi  bo’lib  hisoblanadi.  Hozir  u  yerga  kelgan  ishchi 
kuchi  doimiy  5%  ga  yaqin  miqdorini  tashkil  qiladi  va  qirg’oq  bo’ylarida  bir  muncha 
ko’proqdir (assimlyatsiya  bo’lib ulgurmaganlar). 
Urushdan  keyingi  migratsiya  AQSH  da  2  bosqichdan  iborat:  birinchi  bosqich: 
40-50  yillarning  oxiridagi  kuchli  yevropa  immigratsiyasini  o’z  ichiga  oladi,  60-
yillarning  o’rtalarigacha  yevropadan  AQSH  ga  7  mln.kishi  kirib  keladi;  ikkinchi 
bosqich:  1965  yildan  Osiyo  va  Lotin  Amerikasidan  chiqib  ketuvchilar  uchun  qulay 
sharoitlar  yaratgan  qonunningqabul  qilinishidan  boshlangan. 
1993  yildan  yevropa  mamlakatlari,  ayniqsa  Irlandiya,  Buyuk  Britaniya,  Italiya, 
Pol  sha,  shuningdek,  Argentinaning  immigratsiyadagi  ustunligi  sezila  boshlanishi 
bilan  uchinchi  bosqich  boshlandi.  Bu  jarayon  shu  bilan  izohlanadiki,  AQSH  keyingi 
o’n  yillikda  qora  tanli  aholi  o’rtasida  tug’ilish  darajasining  yuqoriligi  oqibatida  oq 
tanli  aholi  ozchilikni  tashkil  etuvchi  mamlakatga  aylanishi  mumkin.  Xadson  instituti 
bashoratlariga  qaraganda  1985  yildan  2000  yilgacha  oq  tanli  aholining  bandlikdagi 
ulushi  83%  dan  57%  ga  kamaysa,  qora  tanlilarniki esa aksincha 10% dan 20% gacha 
o’sadi. Immigrantlar  ulushi  esa 7% dan 22% gacha ko’tarilishi  mumkin. 
SHuningdek,  iqtisodiy  rivojlangan  g’arbiy  yevropa  va  SHimoliy  Amerika  ishchi 
kuchini  o’ziga  jalb  qilgan  birinchi  markazlar  bo’lgan  bo’lsa,  70-yillardan  boshlab 
jahon  mehnat  bozori  neft  qazib  chiqaruvchi  Yaqin  SHarq  mamlakatlarida  ham 
shakllana  boshladi. 
80-yillarning  boshlarida  Yaqin  SHarqda  xorijiy  ishchilarning  soni  3  mln. 
kishidan  ortdi  va  asosan  BAA,  qatar,  Saudiya  Arabistoni  va  Bahrayn,  Ummon 
davlatlarida  75% joylashdi.  Asosiy ishchi kuchi  eksport qiluvchi  mamlakat  Misrdir. 
To’rtinchi  markaz  Lotin  Amerikasida  asosan  Argentina  va  Venesuelada 
shakllandi.  3  mln.  dan  ortiq  immigrantlar  uchun  migratsiyaning  mavsumiy  (qishloq 
xo’jalik  mahsulotlarini  yetishtirish  bilan  bog’liq) shakli  Harakterlidir. 
SHuningdek  mamlakatlararo  ishchi  kuchi  migratsiyasi  Osiyo  va  Afrikaning  bir 
qator mamlakatlariga  xos jarayondir. 


 
53 
Ishchi  kuchi  eksporti eksport qilinayotgan tovar - mehnat resurslari uchun o’ziga 
xos  to’lov  rolini  bajaruvchi  muhojirlarning  valyuta  mablag’larini  o’tqazish  bilan 
nazorat  qilinadi.  Bunda  ishchi  kuchi  eksportidan  olinayotgan  valyuta  tushumi eksport 
qiluvchi  mamlakatda  tovar  sotishga  xos  bo’lgani  kabi  ishlab  chiqarish  Harajatlariga 
sabab bo’lmaydi. 
Asosan  ishchi  kuchi  eksportiga  ixtisoslashgan  davlatlarda  bu  ulush  yuqori 
darajada  saqlanib  qolmoqda.  Sobiq  Yugoslaviya  va  Pokistonda  hatto  ko’payish 
jarayoni  kuzatilmoqda. 
Ishchi kuchi eksportidan bevosita valyuta  tushumining  4 ta manbai  mavjud: 
  Vositachi firmalarning  foydasidan olinadigan  soliqlar; 
  Immigrantlar  oilasi  va  yaqinlarini  qo’llab-quvvatlash  uchun  o’tkaziladigan 
mablag’lar; 
  Muhojirlarning  shaxsiy  investitsiyalari  (ishlab  chiqarish  vositalari  va  uzoq 
muddat  foydalanadigan  buyumlarni  vataniga  olib  kelish,  yer  sotib  olish,  ko’chmas 
mulk,  qimmatbaho qog’ozlar sotib olish); 
  Ishchi  kuchini  import  qiluvchi  davlatlardan  mehnat  resurslarini  takror  barpo 
qilish  va ijtimoiy  sohaga yunaltiruvchi  mablag’lari; 
Hisob-kitoblar  shuni  ko’rsatmoqdaki,  ishchi  kuchini  eksport  qilishning  valyuta 
samaradorligi  tovar  eksport  qilish  samaradorligidan  besh  marta  yuqoridir. 
Rivojlanayotgan  davlatlarning  ishchi  kuchi  eksport  tushumi,  boshqa  tushumlarga 
nisbatan  yuqori  sur’atda o’sdi va yiliga 10 foizga teng bo’ldi. Bunday o’sish jarayoni 
bundan  keyin  ham  davom  etishi  kutilmoqda.  Bundan  tashqari,  tovar  sotishda  kon 
yuktura  tez  o’zgarib  turadi,  ishchi  esa  shartnoma bo’yicha shartnoma muddati uchun 
ma’lum  summani  valyutada  muntazam  olib  turadi.  Ayrim  tovarlarning  narxi  goh 
keskin  pasayib,  goh  ko’tarilib  turadi,  ishchi  kuchining narxi muntazam ravishda o’sib 
boradi. 
 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish