4.O’zbekiston dunyo siyosiy kartasida
XX asr oxirgi o’n yilligada dunyo siyosiy kartasida misli ko’rilmagan siyosiy
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. 130 yildan ortiq mustamlaka azobini tortgan
o’zbek xalqi davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi.
1990 yil 24 mart kuni Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi
O’zbekistonda Prezidentlik lavozimini ta’sis etish hamda O’zbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida
qonunni qabul qildi. Ushbu sessiyada I.A.Karimov O’zbekistonning birinchi
Prezidenti etib saylandi. O’zbekistondagi mustaqillik tarixi mamlakat Prezidenti
I.A.Karimov nomi bilan bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashininng ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20
iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. 1991 yilning 31 avgustida
O’zbekiston
tarixining
yangi
davri
boshlandi.
Sessiyada
«O’zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi.
Sessiya O’zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O’zbekiston
Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e’lon qildi.
I.A.Karimov o’zining asarlari, Ma’ruza va nutqlarida mamlakatimiz tashqi
siyosati va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy tamoyillarini nazariy va amaliy
jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo’lni belgilashda
jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, xalqimiz xususiyatlari va manfaatlari
hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib
olindi.
38
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatning asosiy tamoyillari quyidagilardan
iborat:
mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
davlatlarning suveren tengligi va chegaralari dahlsizligini hurmat qilish;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
nizolarni tinch yo’l bilan hal etish;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
inson huquqlari va yerkinliklarini hurmatlash;
ichki milliy qonunlar va huquqiy normalarda xalqaro huquqning umumiy
e’tirof etilgan qoidalari va normalarning ustivorligi;
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash
maqsadida ittifoqlar tuzish;
hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;
tajovo’zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy
manfaatlarining ustunligi;
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasi bilan
uzoqlashmaslik.
Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan
tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini
ta’minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 180 davlat
tan oldi, ularning 140 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 50 dan ortiq mamlakatning elchixonasi
ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy,
Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. SHuningdek, O’zbekistonda 88
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta
nohukumat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 20
dan ortiq davlatda - AQSH, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va
boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.
O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik qilish yo’lidan bormoqda.
1992 yil 29 yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi o’zining 737-qarorini ovozga
qo’ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O’zbekiston Respublikasini
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilishni tavsiya etdi.
1992 yil 2 martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 46-
sessiyada O’zbekiston ovozga qo’yilmasdan, yakdillik bilan ma’qo’llash asosida
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.
1992 yil 26 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mustaqil
davlat nomidan yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti (EXHT) ning hujjatini
imzoladi.
1992 yil sentyabrda O’zbekiston Parlamenti eng ko’xna xalqaro tashkilotlardan
biri - Parlamentlararo ittifoqning 119-a’zosi bo’ldi.
39
1993 yil yanvarda O’zbekiston Parlamenti yevropada xavfsizlik va hamkorlik
Tashkiloti (EXHT) Parlament Assambleyasining a’zosi bo’ldi. Bu xalqaro tashkilot
nafaqat yevropada balki butun dunyoda davlatlararo muammolarni jamoa bo’lib hal
etishda muhim o’rin egallaydi.
O’zbekiston BMT Nizomini, xalqaro huquqiy me’yorlarni, davlatlararo
muomala qoidalarini, shuningdek, BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlarning
talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng
huquqli a’zosi bo’ldi.
I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil sentyabrida bo’lgan 48-
sessiyasida ishtirok etdi va 28 sentyabrda nutq so’zladi. Jahon hamjamiyati e’tiborini
O’zbekiston Respublikasi nomidan bir qator takliflarga qaratdi:
O’rta Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha
Toshkentda BMT ning doimiy ishlovchi seminarini chaqirish;
BMT Xavfsizlik Kengashi ho’zurida yuzaga kelayotgan xalqaro mojarolarni
tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo’yicha maxsus guruh tashkil qilish;
O’rta Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb e’lon qilish;
O’rta Osiyo mintaqasida kimyoviy va bakteriologik qurolni tarqatmaslik
ustidan xalqaro nazorat o’rnatish;
Narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish;
Orolni va Orol bo’yini qutqarish;
1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi.
O’zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa’yi-harakatlari natijasida
BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning Taraqqiyot
dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy komissarligi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti,
Aholini joylashtirish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat
taraqqiyoti dasturi, Bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassaslarni o’z
tarkibiga olgan holda ishlay boshladi.
O’zbekistonning
jahon
hamjamiyati
bilan
integratsiyalashuvida
BMT
doriasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
1993 yil 29 oktyabrda YuNESKOning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni
YuNESKOga
a’zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. Xiva va Buxoro
YuNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta
ob’ekt bor.
1994 yil dekabrda respublikamizda YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga
ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo
bo’ldi.
YuNESKO O’rta Osiyo tarixini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta
ahamiyat bermoqda. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda O’rta Osiyoni tadqiq
qilish xalqaro instituti tashkil etildi.
Xaqiqatan ham, O’zbekiston suveren davlat sifatida xalqaro maydonda birinchi
qadamlarni qo’ymoqda. Dunyodagi mamlakatlar bilan munosabatlar to’la ishonch
asosida ikki tomonlama va ko’p tomonlama aloqalarni rivojlantirishdan iboratdir.
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog’liqni
saqlash tashkiloti, BMTning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, elektr aloqasi
40
bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon metereologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada
qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning a’zosi bo’ldi,
ular bilan hamkorlik qilmoqda.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, jahon hamjamiyati bilan
integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta
fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki ham ko’maklashmoqda. Xalqaro savdo markazi (YuNEKTAD), tariflar va
savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
O’zbekiston 1992 yil 26 fevralda yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti -
YeXHT ga a’zo bo’ldi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan yevropada
xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so’zlashi va
Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisida raislik qilishi O’zbekistonning jahon
hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining yorqin dalilidir. I.Karimov o’z
nutqida u yoki bu mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan
mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari
bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan
hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarning oldini olish, yo’l
qo’ymaslik ruxida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi.
EXHT Toshkentda va Urganchda atrof-muhitni qayta sog’lomlashtirish bo’yicha
seminarlar o’tkazdi. Orol muammosini hal qilishga ko’maklashmoqda. 1995 yil
iyo’lda Toshkentda yeXHTning aloqalar bo’yicha mintaqaviy byurosi ochildi va
faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi yevropa Ittifoqi,
NATO, eKO, Islom konferentsiyasi tashkiloti, qo’shilmaslik harakati va boshqalar
bilan samarali hamkorlik qilmoqda.
1996 yil iyo’l oyida Florentsiya shahrida yevropa Ittifoqi bilan O’zbekiston
o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi.
Bu hujjat O’zbekiston, yevropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan mamlakatlar
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy negizi bo’lib, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi.
O’zbekiston bilan SHimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotlari - NATO
o’rtasida o’zaro tushunish va hamkorlik mavjud. 1995 yil iyo’l oyida O’zbekiston
NATOning «TINCHLIK YO’LIDA HAMKORLIK» dasturiga qo’shildi. «Tinchlik
yo’lida hamkorlik» dasturi tomonidan 1995 yilda AQSHda, 1997 yilda Qozog’iston
va O’zbekistonda o’tkazilgan harbiy mashqlarda O’zbekiston harbiy qismlarining
ishtiroki zobit va askarlarning harbiy texnik tayyorgarligini yanada ko’tarishga
xizmat qildi.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish
bo’yicha Vena Konventsiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi
Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa
dushmanlik maqsadida qo’llashni ta’qiqlovchi konventsiyaga, Yadro qurolini
tarqatmaslik xaqida shartnomaga qo’shildi.
O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, xalqaro va
mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni
41
mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufo’zli davlat darajasiga ko’tarildi. (Yangi
O’zbekistonning 7 zafarli yili. - T.: «SHarq», 1999)
O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustivor yo’nalishlari quyidagilardir:
Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi va Boltiq bo’yi mamlakatlari bilan bevosita
va ko’p tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Mustaqil O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston bilan do’stona, qardoshlik
munosabatlarini mustahkamlash, ular bilan qalin ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
chuqurlashtirish va yanada rivojlantirish, ilmiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish;
Islom davlatlari bilan savdo-sotiq, turizm va boshqa aloqalarni yanada
rivojlantirish va chuqurlashtirish, Xitoy va Hindiston kabi buyuk davlatlar bilan
samarali aloqalarni kengaytirish;
Janubiy-SHarqiy Osiyodagi yangi industrial mamlakatlar bilan teng huquqli
munosabatlarni yo’lga qo’yish asosida ularning sarmoyalarini sanoat, qishloq
xo’jaligi, transport tizimi, infratuzilmalariga, ilm-fanga jalb qilish;
AQSH, g’arbiy yevropadagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar - GFR, Buyuk
Britaniya, Frantsiya, Italiya, Daniya, SHveytsariya, Finlyandiya, Norvegiya, Ispaniya,
Portugaliya, Gretsiya va boshqa davlatlar bilan teng huquqli o’zaro hamkorlikning
yangi
imkoniyatlarini
ishga
solish,
ularning
zamonaviy
texnologiyalari,
investitsiyalarini sanoatning yetakchi sohalariga jalb qilish, bank-moliya tizimi,
mo’taxassislar tayyorlash, axborot tarmoqlarini yo’lga qo’yish, jahonning yetakchi
birjalari bilan aloqa o’rnatish, xorijiy qonunchilik tajribalarini o’rganish;
SHarqiy yevropa davlatlari bilan shakllangan aloqalarni mustahkamlash, ular
tomonidan texnologik asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar, dori-darmonlar, oziq-
ovqatlar va boshqa tovarlar yetqazib berishdan O’zbekiston qanchalik manfaatdor
bo’lsa, paxta tolasi va boshqa resurslarimiz bu mamlakatlar iqtisodiyoti uchun muhim
ahamiyatga egadir.
Ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham XX asr oxirida mamlakatimiz Prezidenti
I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Dunyo haritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan
olingan yangi davlat - O’zbekiston Respublikasi» paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |