Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta’sir etuvchi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

3. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta’sir etuvchi 
umumiqtisodiy  qonunlar 
 
Ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining  butun  tarixiy-geografik  bosqichlarida 
amal  qiladigan  ularning  sababiy  aloqa  va  o’zaro  ichki  bog’lanishlarini  ifodalaydigan 
iqtisodiy  qonunlar  majmuasi  umumiy  iqtisodiy  qonunlar  deyiladi.  Iqtisodiy  qonunlar 
majmuasi  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning 
harakteri  va  rivojlanish  darajasi  bilan  bog’liqligi,  samarali  ishlab  chiqarish  jarayonini 
tashkil  etish,  mehnat  unumdorligining  o’sib  borishi,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
ehtiyojlarning  oshib  borishi,  ishlab  chiqarish  jarayonlarining  umumlashuvi  va 
iqtisodiy 
integratsiyasining 
chuqurlashuvi, 
davlat 
monopolistik 
mulki 
va 
iqtisodiyotning 
rivojlanishi 
ishlab 
chiqarish 
monopolizmi 
va 
davlatning 
antimonopolistik  tadbirlari,  davlatning  iqtisodiyotning  boshqaruviga  aralashuvi, 
mintaqaviy  rejalashtirish  va  bashorat  qilish  va  mintaqaviy,  iqtisodiy  rayonlashtirish 
kabilardan  iborat. 
Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  ishlab  chiqarish  kuchlari  harakteri  va 
rivojlanish  darajasiga  mos  kelishi,  jamiyat  taraqqiyotini  tezlashtiradi.  Ayni  vaqtda, 
ishlab  chiqarish  munosabatlari  (moddiy  ne’matlarni  ishlab  chiqarish,  taqsimlash, 


 
20 
ayirboshlash  va  iste’mol  qilish  jarayonlaridagi  o’zaro  munosabatlar  majmuasi)  ishlab 
chiqarish kuchlarining  belgilovchi  ta’siri ostida rivojlanadi. 
Bugungi  kunda,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  va  bozor  munosabatlarini 
shakllantirish,  murakkab  va  umuminsoniy  jarayon  bo’lib  ob’ektiv  zaruriyatga 
aylandi.  CHunki,  bozor  iqtisodiyoti  jahon  tsivilizatsiyasining  g’oyat  ulkan  yutug’i 
sifatida  -  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  iqtisodiy  o’sish  va  aholi  farovonligini 
o’zluksiz ta’minlovchi  iqtisodiy tizim  ekanligini  isbotladi. 
CHunki,  iqtisodiy  taraqqiyot  yo’li  yangi  tizim  zaminida  inson  manfaatini  yuzaga 
chiqarish,  uning  mehnatini  kadrlash,  aholining  nochor  qatlamini  sotsial  himoyalash 
maqsadlari  yotadi.  Bozor  iqtisodiyoti  tajribasi  uning  amal  qilish  mexanizmi  ijtimoiy 
yangilanishning  eng  samarali  vositasi  hisoblanadi,  u  xalqning  ijodiy  va  mehnat 
salohiyatini  to’la  ishga  tushiradi,  boqimandalik  va  tekinxurlik  kayfiyatiga  chek 
qo’yadi.  Iqtisodiy  tashabbus  va  ishbilarmonlikni  rivojlantiradi.  Har  bir  kishining 
milliy  boylikni  ustirish  mas’uliyatini  ortiradi,  har  bir  kishini  boy  qilish  orqali 
jamiyatni  ham boyitib boradi.
1
 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  kontseptsiyasi  va  strategiyasi  mamlakat  prezidenti 
I.A.Karimov  tomonidan  «O’zbekiston:  bozor  munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos 
yo’li»,  «O’zbekiston  iqtisodiy  siyosatining  ustivor  yo’nalishlari»,  «O’zbekiston 
iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida»  asarlarida  chuqur  ishlab  chiqildi.  Bu 
kontseptsiya  milliy  mustaqillik  nazariyasining  tarkibiy  qismi  bo’lib  iqtisodiyotni 
ustivor  yo’naltirishda  rivojlantirib  milliy  mustaqillikni  yanada  mustahkamlashni 
ta’minlashdir.  O’zbekistonning  iqtisodiy  taraqqiyotining  bosh  yo’li  va  maqsadi 
iqtisodiyotni  o’zluksiz  rivojlantirish  asosida  xalq  farovonligini  ta’minlash  inson  xak-
huquqlarini  to’la ta’minlovchi  demokratik jamiyat  qurilishdan  iboratdir. 
O’zbekistonda  keyingi  yillarda  ro’y  berayotgan  chuqur  iqtisodiy  va  ijtimoiy-
siyosiy  o’zgarishlarning  nazariy  asoslari  I.A.Karimov  asarlarida  atroflicha  bayon 
qilingan  bo’lib,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islox  qilish  iqtisodiy  munosabatlarning 
demokratiyalash  kishilar  ongida ro’y berayotgan o’zgarishlar  chuqur tahlil  qilingan. 
CHunonchi,  «O’zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida 
O’zbekiston  iqtisodiyotni  islox  qilishning  birinchi  bosqichida  mulkni  davlat 
tassarufidan  chiqarish  va  mulkchilikning  turli-tuman  shakllarini  vujudga  keltirish, 
ko’p  ukladli  iqtisodiyotni  rivojlantirish,  uning  yangi  tipini  shakllantirish  kabi  g’oyat 
muhim  masalalar  tahlil  qilingan.  SHuningdek,  mulkni  xususiylashtirish  va 
raqobatchilik  muhitini  yuzaga  keltirish  jarayonlarini  chuqurlashtirish,  makroiqtisodiy 
barqarorlikka  yerishish,  milliy  valyutani  mustahkamlash,  iqtisod  tarkibiy  tizimini 
tubdan  bozor  iqtisodiyotiga  moslashtirish,  ijtimoiy  kafolatlash  kuchli  bo’lgan 
demokratik  davlatni  shakllantirish  vazifasi  nazariy  va  amaliy  jihatdan  asoslangan. 
O’zbekistonning  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  o’ziga  xos  yo’li  izchillik  bilan  unga 
asta-sekin,  bosqichma-bosqich,  xalqning  keng  qatlamlarini  ijtimoiy  himoya  qilib 
borish,  barqarorlikni  ta’minlash  yo’li  bilan  borish  lozimligi  ilmiy  jihatdan  asoslab 
berilgan. 
Bugungi  ishlab  chiqarish  ikkita  yirik  bir-biri  bilan  bog’liq  sohalar:  a)  moddiy 
ishlab  chiqarish  -  ya’ni  sanoat,  qishloq  va  o’rmon  xo’jaligi,  qurilish,  transport  va 
                                                 
1

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish