22
Davlat monopolistik mulki va iqtisodiyotni rivojlantirish jarayoni ishlab
chiqarish kuchlarining barqaror taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Davlat
monopolistik mulki davlat byudjeti hisobidan hamda ayrim korxonalar, hatto
tarmoqlarning milliylashtirilishi (davlatlashtirilishi), korxonalar aktsiyalarini bir
qismini sotib olinishi orqali shakllantiriladi. Davlat monopolistik mulki iqtisodiyotni
barqarorlashtirish omilidir. Davlat asosan sinish, bankrot arafasidagi korxonalarni,
kam daromadli korxonalarni, inqirozga yoki turg’unlikka uchragan tarmoqlarni sotib
oladi va yirik investitsiya sarflaydi. Ayni vaqtda, davlat ilmiy-texnika tadqiqotlari
bilan bog’liq harbiy sanoat majmualari, o’ta zamonaviy sanoat tarmoqlari, hatto
infrastrukturaning ma’lum sohalarini doimiy sur’atda rag’batlantirib turadi. CHunki,
iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari (monopoliyalar,
trestlar, kontsernlar, firmalar, korxonalar, shirkatlar va boshqalar) davlatning bevosita
qo’llab quvvatlashi va iqtisodiy yordamisiz rivojlana olmaydi. Davlat
yirik
korxonalarni, o’ta yangi zamonaviy tarmoqlarni barpo qiladi va ularning
rivojlanishiga imkoniyatlar yaratadi. SHuningdek, davlatning iqtisodiy faoliyatida
subsidiyalar, Yengil shartlarda kredit - qarzlar berish, kapital sarflashga, soliqlarni
kamaytirish ham muhim o’rin egallaydi. Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi
(AQSH, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va boshqalar) ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga hamda
mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasining yuksalishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish monopolizmi va davlatning antimonopolistik tadbirlari. XIX asr
oxiri XX asr boshlarida yerkin raqobat negizida kapital va ishlab chiqarishning
to’planishi hamda markazlashuvi sifat jihatidan yangi jarayonlarni yuzaga keltirdi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning katta qismi- yirik korxonalarda to’plandi. Natijada,
mahsulotlar ishlab chiqarishning katta qismi monopoliya qilib olindi va shu tariqa
ishlab chiqarish monopolizmi yuzaga keldi. Monopoliyalar ishlab chiqarishning katta
qismini tuplab, mamlakat iqtisodiyotining bir yoki bir necha tarmoqlarini o’z ta’siriga
olishi, bozorda narx-navoni belgilashi va monopol mavqeidan foydalanib monopol
yuqori foydani o’zlashtirishi bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarish monopoliyalari
kartel, sindikat, trest, kontsern, firma, assotsiatsiya, holding, korporatsiyalar
shakllaridadir. Davlat ana shunday yuqori monopol olish bilan bog’liq monopoliyalar
faoliyatini cheklash maqsadida antimonopolistik tadbirlar majmuasini amalga
oshiradi. Bunday tadbirlarga davlatning monopoliyalarga nisbatan soliq siyosati,
imtiyozli kreditlar berishi, davlat buyurtmalarini qisqartirishi va boshqalar kiradi.
Ushbu tadbirlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va valyuta-moliya tizimini
barqarorlashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: