Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning ijtimoiy-ekologik, tabiiy va



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning ijtimoiy-ekologik, tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy  omillari  
 
Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishda  qonuniyatlar  bilan  bir  qatorda  tabiiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-demografik  va  ijtimoiy-ekologik  omillar  ham  muhim 
o’rin  tutadi.  Ishlab  chiqarish  kuchlarni  joylashtirish  omillari  ishlab  chiqarish 
korxonalari,  korxonalar  guruhi,  milliy  xo’jalik  tarmoqlarining  oqilona  joylashtirish 


 
23 
uchun  hisobga  olinmog’i  lozim.  Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishdagi 
omillarni,  ularning  belgilovchi  roliga  ko’ra, 4 guruhga  bo’lish mumkin. 
1.  Tabiiy omillar; 
2.  Ijtimoiy-iqtisodiy  omillar; 
3.  Ijtimoiy  - demografik omillar; 
4.  Ijtimoiy-ekologik 
 omillar. 
 
1.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  tabiiy  omillari  -  tabiiy  sharoit  va  tabiiy 
resurslarning  iqtisodiyotning  tarmoq  hamda  rayonlarning  rivojlanishiga  ta’siridan 
iborat.  Bunda  yer  resurslari,  foydali  qazilmalarning  joylashishi,  miqdori,  sifati, 
foydalanish  darajasi, iqlim  va suv resurslari,  o’rmon resurslari  muhim  o’rin tutadi. 
Ayniqsa,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishi  tarmoqlarining  joylashishida  tabiiy 
sharoit  -  havo  harorati,  vegetatsiya  davri,  yog’inlar  miqdori  va  uning  davri,  yer  osti 
suvlarining  ko’tarilish  darajasi,  shamollar,  yer  usti  tuzilishi  (relьef),  yaylovlar  va 
ularning  mahsuldorlik  darajasi,  yer  fondi  va  uning  tarkibi,  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli 
yerlar,  tuproq  tarkibi  va  tabiiy  unumdorlik  darajasi  kabi  omillar  majmuasining  o’rni 
kattadir. 
Sanoatning  muhim  tarmog’i  -  qazib  beruvchi  sanoat  tarmoqlari  (tog’-kon 
sanoati)  tabiiy  resurslarga,  ya’ni  mineral  xom-ashyo  resurslarining  -  tog’-geologik 
sharoitlari,  ruda  va  rudali  xom-ashyolarning  yer  ostida  joylashishi  darajasi,  sifati 
(ruda  tarkibida  -  metall  miqdori),  rangli  metallar  majmuasi,  neft  va  tabiiy  gaz  sifati, 
ko’mir  (qatlamlarining  joylashish  va  qalinlik  darajasi  kabilar),  baliq-konserva,  oziq-
ovqat,  o’rmon-tsellyo’loza  korxonalari  xom-ashyoga  bog’liq  holda  joylashadi. 
Ayniqsa,  qora  metallurgiya  (cho’yan,  po’lat  va  prokat),  gidroliz,  o’rmon-tsellyuloza, 
mineral  o’g’itlar  ishlab  chiqarish  korxonalari  (1  tonna  mahsulot  ishlab  chiqarishga  2 
tonnadan  6-7  tonnaga  qadar  xom-ashyo  talab  qiladi)  joylashishida  xom-ashyoga 
bog’liqlik  kuchlidir. 
2.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  joylashishida  ijtimoiy-iqtisodiy,  ya’ni  davlatning 
iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi,  davlat  siyosati,  transport-geografik,  dengiz  bo’yi  holati, 
qo’shinchilik  va  chegaradoshlik  (iqtisodiy  rivojlangan  hududlar  bilan)  omillarining 
hissasi  kattadir.  Mamlakatlarning  iqtisodiy  taraqqiyot  darajasi  ilmiy-texnika  inqilobi 
bilan  bog’liq  zamonaviy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  rivojlantirish  imkoniyatlarini 
beradi.  Ayniqsa,  iqtisodiyotda  muhim  o’rin tutuvchi avtomobilsozlik, samolyotsozlik, 
atom  sanoati,  elektrotexnika,  priborsozlik,  kontrol-o’lchov,  kosmik-raketa  va 
boshqalar-avtomatlashtirish,  robototexnika  tarmoqlarining  rivojlanishini  ta’minlaydi. 
Davlatning  sanoatning  yangi  va  eng  yangi  tarmoqlarini  va  inqiroz  hamda 
turg’unlikka  uchragan  tarmoqlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  tadbirlardan  iborat 
siyosati  mamlakat  va  uning  mintaqalarida  ishlab  chiqarish  kuchlarining  barqaror 
rivojlanish  imkoniyatlarini  yuzaga  keltiradi. 
3.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  joylashishida  ijtimoiy-demografik  omillar  - 
aholi  soni,  aholi  sonining  ko’payishi,  zichligi,  milliy  tarkibi,  mehnat  resurslari  va 
uning  sifat  tarkibi,  aholining  iqtisodiy  (malaka)  tarkibi,  ma’lumot  darajasi,  migratsion 
harakatlarga  tortilishi,  aholining  hududiy  joylashish  tizimi  (ovul,  qishloq,  kichik, 
o’rta, yirik  va o’ta yirik  shaharlar)  katta o’rin tutadi. 


 
24 
Ishlab 
chiqarish  kuchlarini  rivojlantirish  va  joylashtirishda  demografik 
jarayonlarning  bugungi  va  istiqboldagi  holati  hisobga  olinadi.  Mehnat  resurslari 
mavjud  hududlarda  sermehnat  iqtisodiyot  tarmoqlarini,  ishlab  chiqarish  va  noishlab 
chiqarish  infrastrukturasi  tizimlarini,  yuqori  malakali  mehnat  resurslari  mavjud 
hududlarda  zamonaviy  va  o’ta  zamonaviy  sanoat  tarmoqlarini  rivojlantirishni  taqozo 
qiladi.  Aholining  hududiy  joylashishiga  mos  ishlab  chiqarish  tizimini  shakllantirish 
migratsion  jarayonlarning  tartibga  solish  va  boshqarish  imkonini  beradi.  Bu  o’rinda 
sanoat  korxonalarini  «filiallashtirish»  orqali  ishlab  chiqarish  kuchlarini  hududlar 
bo’yicha  bir  tekis  rivojlantirishdan  tashqari  ekologik  muammolarni  ham  yumshatish 
mumkin. 
4.  Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishning  ijtimoiy-ekologik  omillari  XX 
asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  ilmiy-texnika  inqilobi  tufayli  yuzaga  kelgan 
ekologik  inqirozlar  va  sanoatning  eng  yangi  sohalarining  sof  tabiiy  muhitga  bo’lgan 
talabi  bilan  bog’liqdir.  Aholi  o’sishi  va ishlab chiqarish sur’atlarining haddan tashqari 
tezlashuvi,  uning  to’planuv  jarayonining  kuchayishi  oqibatida  atrof-muhitga  ta’siri 
kuchaydi.  Atmosferaning  ifloslanishi,  tuproq  va  yer  resurslarining  yaroqsiz  holga 
kelishi,  o’rmon  resurslarining  qisqarishi,  yirik  shaharlardagi  (megalopolislar) 
ijtimoiy-ekologik  muammolarning  haddan  tashqari  kuchayishiga  olib  keldi.  Natijada, 
ishlab  chiqarish  kuchlarini  «Engillashtirish»,  ya’ni  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport 
va  infrastuktura  sohalarini  mamlakat  hududlari  bo’yicha  bir  tekis  joylashtirish,  atrof-
muhitga  ta’siri  kuchli  korxonalar  (kimyo,  neftь-kimyo,  metallurgiya  va  boshqalar) 
qurilishini 
cheklash 
siyosatini 
amalga 
oshirilishi 
iqtisodiy 
rivojlangan 
mamlakatlarning  boshqa  hudud  va  mamlakatlarga  «iflos»  ishlab  chiqarish  sohalarini 
ko’chirish siyosatini  yuzaga keltirdi. 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishga  tobora  keng  sur’atda 
kamchiqit  va  chiqitsiz  texnologik  jarayonlarni  qo’llashdan  iborat  berk  ishlab 
chiqarish tizimini  to’la joriy  qilish  qo’llanmoqda. 
Umuman,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport,  ishlab  chiqarish  va  noishlab 
chiqarish  sohalarining  rivojlanishi  va  joylashishida,  bu  tarmoqlar  iqtisodiy 
samaradorligini  oshirishda  mavjud  tabiiy  va  ijtimoiy-iqtisodiy-resurslardan  samarali 
foydalanishda  barcha  omillar  majmuasini  hisobga  olish  samarali  hududiy  ishlab 
chiqarish tizimini  shakllantirish  imkonini  beradi. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirishga  (ICHKJ)ga  ta’sir  etuvchi  omillarning 
asosiylari  kuyidagilardir: 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish