2. Hududiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning
ilmiy asosi
Hududiy mehnat taqsimoti jamiyat taraqqiyotida mehnat faoliyatining sifat
jihatidan tabaqalanish jarayonini ifodalaydi va ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga
kuchli turtki beradi. Mehnat taqsimoti mohiyatiga ko’ra ikkiga bo’linadi, ya’ni a)
butun jamiyat miqyosida va b) ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllaridagi
ichki mehnat taqsimotidir. Mehnat taqsimotining bu ikki turi o’zaro aloqadorlikda
bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’langan.
Hududiy mehnat taqsimoti - ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishning
asosidir. Ayni vaqtda hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy rayonlarining shakllanishi
bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir. SHuning uchun ham hududiy mehnat
taqsimoti rayonlarning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan chambarchas
bog’liq, xo’jalik iktisoslashuvining samarali yo’nalishlarini ifodalaydi. Bunday
xo’jalik ixtisoslashuvi xuddudagi eng qulay va samarali bo’lgan alohida
mahsulotlarni yetishtirishga (dehqonchilikda-bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavot-
polizchilik kabi mahsulotlar yoki chorvachilikda - sut, go’sht, jun, tuxum, parranda
go’shti yetishtirish, sanoatda - metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, Yengil va oziq-
ovqat tarmoqlari mahsulotlari yetqazib berish va kurort xo’jaligi va boshqalar) hatto
ana shu mahsulotlarning bir turi yoki qishloq xo’jalik ekinlarining bir navini, ma’lum
detalni yoki uning bir qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashuv bilan bog’liqdir.
Ana shunday xo’jalik ixtisoslashuvi alohida shakllanadigan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar - geografik mehnat taqsimoti yoki uning sinonimi hududiy mehnat
taqsimoti deb yuritiladi. Hududiy mehnat taqsimoti juda murakkab tushuncha bo’lib,
xo’jalik jihatidan turlicha ixtisoslashuv darajasidagi hududlar o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalar tizimini ifodalaydi. Bunday iqtisodiy aloqalar rayon, mamlakat, jahon
miqyosida mineral xom-ashyo, xilma-xil tovarlar almashuvidan iborat o’zaro foydali
bo’lgan jarayondir.
Hududiy mehnat taqsimotining moddiy elementlari rayonlar va mamlakatlar,
shaharlar va shahar aglomeratsiyalari, sanoatlashgan mintaqa, markaz, tugun va
rayon, qishloq xo’jalik mintaqalari va rayonlari, ishlab chiqarishni tashkil etishning
xilma-xil shakllari, sihat-salomatlik va dam olish majmualaridan iborat.
18
Hududiy mehnat taqsimoti mohiyatiga ko’ra-jamiyat miqyosida tarmoq va
tarmoqlararo hamda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllaridagi (ichidagi) mehnat
taqsimotiga bo’linadi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarish kuchlarining «vaqt» mobaynidagi
taraqqiyot bosqichlarini ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyotining muayyani bosqichida
(neolit davrida) chorvachilikdan dehqonchilikning ajralib chiqishi, keyinrok
hunarmandchilikning ajralib chiqishi bilan mehnat taqsimoti ijtimoiylashib, sifat
jihatidan rivojlanib bordi. Hunarmandchilikning rivojlanishi, savdo-sotig’ning o’sishi
bilan ishlab chiqarishning tabaqalanishi jarayoni kuchaydi va bugungi murakkab
ijtimoiy-hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga olib keldi.
Ishlab
chiqarishning
tarmoq
mehnat
taqsimoti
iqtisodiyotining
yirik
tarmoqlariga, chunonchi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va infrastrukturadagi
bo’linishni ifodalaydi. Tarmoqlararo mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning tarkiban
murakkablashib borish jarayonidir, chunonchi, sanoatda undiruvchi va ishlov
beruvchi sanoat tarmoqlari, bular ham o’z navbatida yokilg’i-energetika,
metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, Yengil va oziq-ovqat sanoatiga, qishloq xo’jaligi
- dehqonchilik va chorvachilikga, transport esa quruqlik, suv va havo transport
tarmoqlariga, infrastruktura esa g’oyat tabaqalashgan ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish tarmoqlariga bo’linishidir.
Monopoliyalar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, korxonalar, jamoa xo’jaliklari,
firmalar va boshqalar ishlab chiqarishning xilma-xil shakllaridagi mehnat taqsimoti -
mahalliy yoki lokal mehnat taqsimotidir.
Bir mamlakat doirasida rivojlanadigan, mamlakatning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy
imkoniyatlaridan kelib chiqqan iqtisodiyot sohalarining ixtisoslashuv jarayoni
mamlakat mehnat taqsimoti deyiladi. Bunday mehnat taqsimotida mamlakatning turli
qismlari ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalariga ixtisoslashadi. CHunonchi,
sobiq
ittifoq
sharoitida
15
ta
ittifoqdosh
Respublikalar
iqtisodiyotining
ixtisoslashuvidan tarkib topgan Butunittifoq mehnat taqsimoti shakllangan edi.
Butunittifoq mehnat taqsimoti doirasida Markaziy, SHimoli-g’arbiy, Ural, Donetsk-
Dnepr bo’yi iqtisodiy rayonlari ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan, sanoatlashgan
rayonlar hisoblansa, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston
Respublikalaridan iborat O’rta Osiyo iqtisodiy rayoni mineral xom-ashyo va qishloq
xo’jalik mahsulotlari (paxta, bog’dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik) yetqazib
berishga ixtisoslashganligi bilan ajralib turgan.
O’zbekiston mehnat taqsimotida Toshkent, Zarafshon va Farg’ona iqtisodiy
rayonlarining ishlab chiqarish kuchlari bir muncha rivojlangan, sanoati taraqqiy
etgan, ayni vaqtda qishloq xo’jaligi rayonlari - Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro-
Qizilqum,
Mirzacho’l
iqtisodiy
rayonlari
esa
tabiiy
resurslar
jadal
o’zlashtirilayotganligi, qishloq xo’jaligini istiqbolda rivojlantirish imkoniyatlari
g’oyat katta ekanligi bilan ajralib turadi.
Mintaqalararo yoki mintaqaviy mehnat taqsimoti tabiiy-geografik jihatdan yaxlit
hududlardagi ikki va undan ortiq mamlakatlar guruhi o’rtasida shakllangan ishlab
chiqarish ixtisoslashuvini ifodalaydi. Jumladan, g’arbiy Yevropa mamlakatlari
doirasida «Umumiy bozor» shakllangan mintaqaviy mehnat taqsimotini ifodalaydi.
Keyingi yillarda bunday mintaqaviy mehnat taqsimoti Lotin Amerikasi, Janubi-
19
SHarqiy, Janubiy va Janubi-g’arbiy Osiyo, SHimoli-g’arbiy, Markaziy, SHarqiy
Afrika, SHimoliy Amerikada shakllanmoqda. Yaqin istiqbolda O’zbekiston,
Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Turkmanistondan iborat Markaziy Osiyo
mintaqaviy mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiy birlashmaning shakllanishi bu
mintaqadagi
murakkab
tabiiy,
ijtimoiy-iqtisodiy
va
ekologik
muammolar
yechimlarini ishlab chiqish va hal qilish negizida ishlab chiqarish kuchlarini yanada
rivojlantirish imkonini beradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (geografik) - jahon mamlakatlari o’rtasidagi
rivojlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini ifodalaydi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida dunyo siyosiy kartasida yirik markazlashgan davlatlarning yuzaga kelishi,
sanoat, qishloq xo’jaligi, transportning taraqqiy etishi, xalqaro savdo va xalqaro
bozorning gurkirab rivojlanishi ayrim mamlakatlarning tabiiy sharoit va tabiiy
resurslari, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik va mehnat resurslari salohiyatidan kelib chiqib
xom-ashyo, qishloq xo’jalik mahsulotlari va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga
ixtisoslashuvi hamda bu mahsulotlarning o’zaro almashish jarayonlari xalqaro
mehnat taqsimotini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimoti dunyo siyosiy
kartasidagi mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlarini bir-biri bilan bog’ladi va o’zaro
integratsion jarayonlarning rivojlanishiga olib keldi.
O’zbekiston Respublikasi-mustaqil davlat sifatida qaror topishi jahon
hamjamiyatida keng ishtirok etish imkoniyatlarini ochdi va xalqaro mehnat taqsimoti
hamda integratsion jarayonlarda faol qatnashish imkoniyatlarini yaratdi. Natijada,
O’zbekiston yaqin istiqbolda xalqaro mehnat taqsimotida xom-ashyo, qishloq xo’jalik
mahsulotlari (paxta, bog’dorchilik, sabzavotchilik) yetqazib beruvchi mamlakatdan
tayyor mahsulotlar (mashinasozlik, keng iste’mol mahsulotlari) yetqazib beruvchi
mamlakatga aylanadi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida o’zining munosib
o’rniga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |