Laboratoriya ishi №14
GETEROSIKLIK BIRIKMALARNING XUSUSIYATLARI
Tajriba №1. p-BROMANIZOL. Asbob va reaktivlar:50 ml li tagi dumaloq kolba, 50 va 150 g li stakanlar, tomchilatgich voronkasi, bo’luvchi voronka,tеrmomеtr, suvli xolodilnik, xavoli xolodilnik, xavo xammomi, Anizol-10,8 g, Br2-18,9 g (6,1 ml) , dioksan-10 g (9,7 ml), dietil efir-100 ml, NaOH 2 mol/litr eritmasi, suvsiz CaCl2.
.Ishning bajarilishi:Dioksan olinishi. Ish mo’rili shkafda olib boriladi. Muz xammomiga o’rnatilgan 50 ml li kolbaga, yangi xaydalgan dioksan 9,7 ml brom qo’shiladi. To’q-qo’ng’ir rangli bo’lgan eritmani muzdak (muzli) 100 ml suvga quyiladi. Cho’kmaga to’q sariq kristallar tushadi. Byuxnеr voronkasi bilan tortib olib sirti dag’al plastinkada quritiladi. Unum 85%.
Do'stlaringiz bilan baham: |