Tajriba №2. p-bromanizol olinishi.Ishning bajarilishi: 50 ml li kolba 20oS li suv xammomiga o’rnatiladi. Ichiga 10,9 ml anizal solib silkitib aralashtiriladi, shu xolda yuqorida olingan dioksandibromid solib aralashtiriladi. HBr ajratiladi. Xona xaroratida turgan bu kolbani xar zamon 30 min davomida silkitib turiladi. HBr ajralishi tugagach, kolba maxsuloti 100 ml suvga quyiladi. p-bromanizol 2 qismga bo’linib, 50 ml dan efirli ekstraktsiyalari tayyorlanadi. Xosil bo’lgan ekstraktsiyalar 2 molG`litr NaOH bilan yuvib tashlanadi, so’ng suv bilan yuviladi. Yangi qizdirilgan CaCl2 yordamida quritiladi. Oldin efir ajratiladi, qoldiq esa xavo xolodilnigiga fraktsiyalash uchun joylashtiriladi. Tajriba uchun 213-223oS va vakuumda 99-100oS da u ajraladigan fraktsiyalar diqqatiga sazovor (bosim 2,4 kPa yoki 15 ml simob ustunida). Unum 56%.
p-bromanizol-xushbo’y xidli, rangsiz, og’ir suyuqlik. Spirt, efir, atsеton, xloroformda eriydi, suvda erimaydi. Qaynash tеmpеraturasi 215oS; suyuqlik tеmpеraturasi 11,5oS.
Do'stlaringiz bilan baham: |