O‘rta asrlarda Xitoyning xalqaro aloqalar tizimida tutgan o‘rni. Xan imperiyasi parchalanib ketgandan so‘ng Xitoy hududi bir nechta mayda davlatlarga bo‘linib ketgan. 618-yildagina Shimoliy-g‘arbiy Xitoyning knyazlaridan biri Li Yuan yoki Gaotszu (u kelib chiqishi jihatidan chala turk edi) hokimiyatni qo‘lga kirigan va Tan sulolasiga asos solgan. Tan imperiyasi Xitoyda 300-yilga yaqin, ya'ni 618-yildan 907-yilgacha hukmronlik qilgan. Mamlakatning birlashtirilishi, xo‘jalikning jonlanishi, harbiy qudratning o‘sishi Suy va Tan imperiyalarining siyosatida tashqi aloqalarning faollashuviga ko‘mak berdi.
Markaziy Osiyoning ulkan kengliklarida ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqi bo‘lgan Turk xoqonligining yuzaga kelishi Xitoy yerlariga jiddiy tahdid hisoblangan. Xitoy imperiyasi xali o‘ta zaif bo‘lganligi sababli turk xoqonlarining turli ustunliklarini tan olgan va hatto uzoq muddatga tinchlikni saqlash uchun o‘lpon to‘lab turishga rozi bo‘lgan.
Shimoliy-Sharqda esa siyosat o‘zgacha ko‘rinish kasb etgan. Bu yerda Suy imperatorlari Moxe qabilalari va shimoliy koreys davlati Koguryoga qarshi uzoq davom etgan va unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan urushlarni boshlaganlar. Asosiy maqsad - Lyaoninni va koreyslar o‘sha paytlarda ustunlik qilgan Sariq dengizga olib boruvchi dengiz yo‘llarini qo‘lga kiritish edi. Koreyaga qarshi urushlar deyarli bir asr mobaynida davom etgan.
Imperiya mustahkamlanib borgan sari, ilgari turk xoqonlari bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lgan hukmdorlar qo‘shnilariga qarshi urushlar olib borishga o‘tganlar.
VII asrning 30-40-yillarida Xitoy qo‘shinlari mo‘g‘ul dashtlariga va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab harbiy yurishlarni amalga oshirgan.
O‘rtadagi imperiyaning hududiy jihatdan kengayishi turk va tibet qabilalarining doimiy bosimi, hamda arab istilochilarining tahdidi ostida bo‘lgan xalqlarning hitoyliklar bilan yaqinlashishlariga sabab bo‘lgan. Hatto Sosoniylarning so‘nggi podshosi Yozdagir III, arab istilochilaridan qochib, Eronni tark etgan va Xitoydan ko‘mak so‘ragan. Uning o‘g‘li va nabirasi o‘zlarini Tan davlatining vassallari deb tan olganlar.
VII asrda Tibetda dastlabki davlat vujudga kelgan va uning podshosi Sronszangbo o‘zining katta qo‘shini bilan Hitoyga yurish boshlagan. 641-yilda Sronszangbo va Xitoy imperatori Li Shamin o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilgan. Tibet hukmdori o‘zini Xitoy vassali deb tan olgan.
Endigina asos solingan Lxasaga ham xitoylik amaldorlar, savdogarlar va harbiylar kirib kela boshlagan. Xitoy va Hindiston bilan aloqalarda Lxasa hududiy jihatdan muxim ahamiyat kasb etardi. 641-yilda Shimoliy Hindiston hukmdori Xarsha Xitoyga elchilik yuborgan va tuhfalar bilan etib kelgan ushbu elchilik Chan'an saroylarida izzat bilan kutib olingan. Ikki-yildan so‘ng Li Shamin javob elchiligini jo‘natgan. Ushbu elchilik ishtirokchisi, o‘qimishli buddist, saroy gvardiyasi boshlig‘i Van Syuanse Lxasada imperator vakili sifatida qoldirilgan. U 647-yilda yana bir bor Hindistonga safar qilganda Xarsha vorisi Arudjinaning qo‘shini elchilarga hujum qilgan. Van Syuanse, Tibetga qaytib kelib, tibetliklar, xitoyliklar va gurkaslardan (Nepal aholisi) iborat qo‘shin to‘plagan va Gang bo‘ylab yurish qilgan. Arudjina mag‘lub etilib, asirlar qatori Chan'anga jo‘natilgan. Ushbu voqeadan keyin shimoliy-sharqiy Hindiston zodagonlari, Tan imperiyasi bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xitoyga sovg‘alar sifatida otlar, qurollar, qimmatbaho buyumlarni yuborganlar. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatilgan. Van Syuanse elchiliklar tarkibida yana ikki marotaba Hindistonga safar qilgan. 668-yilda Hind elchiligi Xitoydan harbiy yordam so‘ragan. Keyinroq Tibet orqali olib boradigan yo‘l uzilib qolgan va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar Birma va dengiz orqali davom etgan.
907-yildan Tan imperiyasi inqirozga yuz tutgach, bir necha o‘n yilliklar davomida Xitoyda to‘la tarqoqlik hukm surgan. 960-yilda Sun sulolasi hokimiyati ostida Xitoy qaytadan birlashtirgan. Uning asoschisi Chjao Kuan-in edi.
Sun imperiyasi Tan imperiyasi singari kuchli bo‘lmagan. Turk, mo‘g‘ul qabilalari va g‘arbdagi boshqa ko‘chmanchi qabilalar Sun imperiyasi chegaralariga borgan sari kuchliroq xavf solib turganlar. Sun imperatorlari uyg‘urlarga, tangutlarga, kidanlarga qarshi urushlar qilishga majbur bo‘lgan. Biroq bu mamlakatlarni Xitoyga bo‘ysundira olmaganlar. Shunga qaramasdan, Sun sulolasi davrida Xitoyning xalqaro aloqalari qaytadan mustahkamlangan. O‘rta Osiyo, Hindiston va Hindi-Xitoy bilangina emas, balki Koreya, Yaponiya va Indoneziya bilan ham keng miqyosda tashqi savdo aloqalari olib borilgan.
. XII asrda Sun sulolasining ahvoli og‘irlashgan. 1127-yildan boshlab Sunlar faqat Janubiy Xitoyni o‘z nazorati ostida ushlab turganlar xolos. Shimoliy Xitoy chjurchjenlarning Szin deb atalgan yangi bir katta davlati tarkibiga kirgan. XIII asr boshlarida Shimoliy Xitoy mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan. Faqat janubiy Xitoydan iborat bo‘lib qisqarib qolgan Sun imperiyasi (o‘shanda ham hamma viloyatlar uning tarkibiga kirmas edi) 1279-yilgacha, ya'ni Chingizxonning nevarasi Xubilay zabt etmaguncha umr ko‘rgan. Xubilay yangi mo‘g‘ul sulolasiga asos solib, bu sulala xitoycha Yuan deb nomlangan.
asrning 50-60-yillarida butun mamlakatda mo‘g‘ul istilochilariga qarshi qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tgan. 1368-yilda qo‘zg‘olonchi dehqon armiyasining rahbarlaridan biri bo‘lmish Chju Yuan-Chjan imperator deb e'lon qilinib, Min sulolasi hukmronligi boshlangan. Ushbu sulola Xitoyni 1368-yildan to 1644-yilgacha idora qilgan.
XIV asrning oxirgi choragi – XV asrda Min sulolasi Koreya, Tibet, Vetnam, Indoneziya, Hindi-Xitoy, Malakkaga nisbatan faol tashqi siyosat olib borgan. Ushbu mamlakatlarga bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Ayniqsa, 1403-1433-yillar mobaynida admiral Chjen-Xe boshchiligidagi yettita dengiz ekspeditsiyalarining ko‘lami katta bo‘lgan. Min hukumati elchiliklar almashish vositasida Yaponiya, Kampuchiya, Hindiston, Temuriylar davlati kabi mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlarni ta'minlashga uringan.
XVI asrda Min sulolasi mo‘g‘ul xonlarining mamlakat chekka hududlariga qilgan hujumlarini bir necha bor qaytargan. 1570-yilda tuzilgan uzoq muddatli tinchlik bitimidan so‘ng bosqinlar to‘xtatilgan. Tinchlik shartnomalari xonlar va imperatorlar o‘rtasida ilgari ham bir necha bor imzofangan, biroq ular doim Xitoy uchun manfaatsiz bo‘lgan. Mo‘g‘ul xonlari shunday savdo-sotiqni majburan qabul qildirganlarki, bunday savdo Xitoyga faqat zarar yetkazgan. Xitoyliklar qimmat mahsulotlarni (ipak, don, qimmatbaho xunarmandchilik buyumlari) arzon sotishga, chorva mollarini esa ularning haqiqiy qiymatiga ko‘ra yuqoriroq narxlarda harid qilishga majbur bo‘lganlar.
Min imperiyasi ayrim davlatlar biian tinch savdo aloqalariga ega bo‘lgan. Xitoy xunarmandlarining maxorat bilan ishlangan buyumlari mamlakatdan anchagina tashqarida sotilardi. Xitoy mahsulotlari rus davlatiga ham etib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |