Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet9/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik

Mavzu10:Kataloglar.


Reja.
1.Kirish.
2.So`zboshi.
3.Ruyxatlarni takomillashtirish.
4.Kataloglar sistemasi.
1.Katalog — bu arxiv ma`lumotnomalarining bir turi. Unda hujjatlar Haqidagi (kartochkalarga ezilgan) axborotlar mavzular, tarmoqlar buyicha guruhlashtirilgan buladi. Kataloglar bir jamg`armaga, arxivning barcha jamg`armalariga, bir necha arxivlarga hatgo respublika arxiv jamg`armasiga tuzilgan bulishi ham mumkin. Katalog jamg`armalararo, arxivlararo ma`lumotnoma hisoblanadi. U arxiv ma`lumotnomalari orasida muhim urin tutadi.
2.Kataloglar bir arxivning bir necha jamgarmalari, shuningdek bir necha arxivlarda saqlanaetgan hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida tula ma`lumotlar olish imkonini beradi. Arxivlarda kataloglar arxiv ilmiy ma`lumotnoma apparatining tarkibiy qismi xisoblanadi.
Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish
Har bir davlat arxivida hujjatlarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini kataloglashtirish deyilganda kataloglar tuzish jaraenida bajariladigan barcha ishlar, ya`ni kataloglarni tuzish tarx (sxema)larini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, baen qilish, shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda tutiladi.
Kataloglar uziga xos tuzilishga ega. Tarmoq, muammo, mavzu, masala, familiyalar, sanalar buyicha birlashtirilgan hujjatlar haqidaga ma`lumotlar katalogdagi bulimlar, bulinmalar, mavzular va boshqa bulaklarni tashkil qiladi.
3.Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarxlari belgilaydi. Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash tarxi.ezma eki grafikali hujjatdir. Bu tarx ma`lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan axborotlarni shu bulaklar buyicha joylashtirishga mo`ljallangan katalogdan turkum bulaklari ruyxatidir. Mana shu tarx orqali hujjatlarni urganish, kartochkalarga baen qilish va kartochkalarni katalogda guruhlash, joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarxi hujjatlarni topish, baen qilish ishlaridan oldin tuziladn. Tarx bulaklari ma`lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarxi qancha to`la, mukammal, chuqur ishlangan bulsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tug`iladi.
Hujjatlar xaqidagi axborotlar katalogda kartochkalarga ezilib, joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig`ma jild yoki bir-biriga uxshash bir guruh jildlarga tegishli ma`lumotlarni o`z 'ichiga oladi. SHu bilan katalog kartochkalaridagi ma`lumotlar yigma jildlar ruyxatidagi ma`lumotlardan farq qiladi.Ma`lumki, ruyxatda bitta yig`ma jildga tegishli ma`lumot beriladi. Katalog yig`ma jildning ichidagi ayrim hujjatlar tug`risida ham ma`lumot beradi. Katalogning ruyxatdan ustun tomoni ham shundadir.
Katalogning asosiy bulagi rubrika — sarlavxa qismidir. Bu qismda aniq masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana tug`risida hujjatdagi ma`lumotlar buladi. Katalog kartochkasida shu xujjatning manzili ham ezilgan buladi. Tadqiqotchini shu masala eki familiya qiziqtirsa, hujjat manzilini ezib olib, arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin buladi.
4.Kataloglarning turlari
Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga kura ikkiga bo`linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda arxiv hujjatlari haqidagi ma`lumotlar mantiqiy uzaro bog`liq holda buladi. Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma`lumotlar uzaro bog`lanmagan holda, ya`ni alfavit buyicha joylashgan buladi. Mantiqiy tuzilishdaga kataloglar tarkibiga sistematik, xronologik, mavzu asoslarida tuzilgan kataloglar kiradi.
Alfavit tuzilishdagi kataloglar tarkibiga — ismlar, geografik nomlar va boshqa kataloglar kiradi.
Sistematik katalog arxiv kataloglari turlaridan biridir. Bunda hujjatlar haqidagi ma`lumotaar bilim sohalari eki jamiyat amaliy faoliyati sohalari
buyicha joylashtiriladi. Keyin mantiqiy bog`langan holda ketma ket joylashtiriladi. Sistematik katalog umumiy va ayrim tushunchalarning uzaro bog`liqligi va munosabati asosida tuziladi. Masalan,«Din» umumiy tushunchasiga quyidagi ayrim tushunchalar kiradi: «Islom», «Xristianlik», «Induizm»,«Iudaizm» (yaxudiylik), «Budda». O`z navtabida «Islom» ham umumiy tushuncha bulib, ayrim tushunchalargabulinadi. Bunday bulinish «oliydan oddiyga», «umumiydan ayrimga» tamoyili buyicha davom etadi. Barcha turkum tarxlari ichida sistematik kataloglar tarxlari eng murakkabidir.
Hozir butun dune kutubxona va arxivlarida, shuningdek Uzbekiston Respublikasida, «Universal unlik turkumi (klassifikatsiyasi)» sistematik katalog
lar uchun keng foydalaniladi. Bu turkum asosida davlat arxivlari sistematik kataloglar uchun turkum tarxi ishlab chiqilgan.
«O`nlik turkumi (klassifikatsiyasi)»ning mohiyati shundaki» bitga umumiy tushunchaga buysungan, bog`langan bir guruh predmetlar bir deb qabul qilingan. Umumiy tushunchalar ayrim tushunchalarga bulingan. Bu tizimga binoan arxivdagi barcha ma`lumotlar 10 klassga (1 dan 9 gacha, 0 - umumiy) bo`lingan. Ular uz navbat-ida yuzdan, mingdan bir qism va boshqa mayda bulaklarga bulinadi.
«Universal unlik turkumi (klassifikatsiyasi)»ning asosiy bulimlari quyidagilar:

  1. Umumiy bulim.

  2. Falsafa. 2.Din.3Ijtimoiy fanlar 4Filologiya. Tilshunoslik.

5Matematika. Tabiiy fanlar.6.Amaliy bilimlar. Tibbieg. Texnika.
7. San’at. Fotografiya. Tomoshalar. 8Adabiyot.Adabiyotshunoslik.
9.Ulkashunoslik. Geografiya. Biografiyalar. Tarix.
«Universal unlik turkumi (qpassifikatsiyasi)» kutubxona kitoblari uchun ishlatilgan bulsada, undan ish yuritish va arxiv material-larini turkumlash uchun ham foydalansa buladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish