Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet1/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
JAHON TARIXI KAFEDRASI
ARXIVSHUNOSLIK


Ma`ruzalar matni

NAMANGAN 2007



Mazkur ma`ruza matni tarix fakul’teti 3-kurs talabalarini arxiv tushunchasi bilan tanishtirishni, jahon arxivlarini vujudga kelishi, O`zbekistonda arxiv ishi tarixi, mustaqillik yillarida arxiv ishining rivojlanishi,arxiv ishining asosiy xususiyatlari to`g`risida ma`lumot berishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan.

Tuzuvchi: katta o`qituvchi N. G`ofurov


Taqrizchi: B.Isoqov


NamDU o`quv uslubiy kengashida muhokama qilingan va tavsiya etilgan.


Bayonnoma № _______ «_____»___________2007 yil




Mavzu №1 :KIRISH.
1.Kirish.
2.O`rta Osiyoda dastlabki kulyozmalarning paydo bo`lishi.
3.Arxiv xujjatlarining axamiyati.
4.Xulosa.
1.Mamlakatimiz istiqlolga erishish, jamiyatimiz haetining barcha jabhalarida teran yangilanishlar jarayoni kechaetgan bir davrda tarixni urganish, uni xolis baholash va moziydan meros jamiki qadriyatlardan ijodiy foydalanish o`ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tarix fani taraqqietini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. SHuning uchun tarixiy jaraenlarni eritishda arxiv hujjatlarini qayta tadqiq va tahlil etish masalasi alohida e`tiborga molik ekani shubhasiz.
Arxiv - lotincha «arxivium» - hukumat binosi suzidan olingan. Lekin «arxiv» atamasining hozirgi qo`llanilish ma`nosi butunlay boshqa. Arxiv - bu idoralar, korxona va tashkilotlar, shuningdek tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa.
2.Markaziy Osieda arxiv ezuv bilan bir vaqtda paydo bulgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqal`a xarobalaridan Xorazm shohlariga tegishli III—IV asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishdi. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug`diena davlatining Mug` toglari xarobalaridan Devashtich arxivi topildi. qazishmalar natijasida VIII asrga oid 80 dan ortiq qulezma hujjatlar topildi.
Tarixdan ma`lumki,Buxoroda IX—X asrlarda Abu Ali Ibn Sino foydalangan arxiv kutubxona bulgan. Markaziy Osiyoda arxivlar XI-XII asrlarda Xorazm davlatida, keyinchalik Oltin O`rdada, temuriylar, ashtarxoniylar davrida ham mavjud edi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi millatimiz, uzbek xalqining hujjatli madaniy edgorliklari saqlanadigan eng katta, eng boy arxiv xazinasidir. Bu erda eaqlanaeggan eng qadimgi hujjatlar vaqfnomalar bulib, ular XSH—'XX asrlarga oiddir.
Qadimgi davlatlarning, xonliklarning XIX asrgacha bulgan hujjatli manbalari baxtga qarshi bizgacha saqlanmagan. Uzaro feodal urushlari, vayrongarchiliklar natijasida arxiv hujjatlari yuq bulib ketgan. Quqon va Xeva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi saqlanib qolgan. Ularda XIX asrga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan xolos, Markaziy Osieni chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya`ni XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr hujjatlari tula saqlangan.
Qo`qon va Xeva.xonliklari arxivlari tarixi uziga xosdir. CHorizm bu xonliklarni bosib olgandan keyin ushbu arxivlar materiallari 1876 yili Peterburgga — Imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar 30-yillarning oxirigacha e`tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay kelindi. Keyin bu arxivlar topilib, ularning Xeva, Quqon arxivlari ekanligi aniqlandi. SHundan sung ulardan keng foydalanila boshlandi. Xeva xonlari arxivini birinchi bulib 1939 yili tarixchi olim P. P. Ivanov urganib chiqib, bu arxiv tug`risida xabar beradi.
Quqon arxivi haqida tarixchi A. L. Troitskaya 1968 yilda «Katalog arxiva kokandskix xanov XIX veka» nomli ma`lumotnomasini e`lon qiladi. 1962 yilda bu hujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy davlat arxiviga olib kelingan edi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida Quqon, Xeva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining qushbegi arxivi, Turkiston general gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O`zbekistonning okgyabr’ tuntarishidan keyingi davr, sovet davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Bu arxivda bir milliondan ortiq yig`ma jildlar bor. Bu Markaziy Osiyodagi eng katga va boy arxivdir.
3.Mustaqillik sharoitida arxiv ishining istiqbolli ravnaqi masalasi muhim urin tutadi. Zero, moziy saboqlari, utmish tajribalarini arxiv materiallari aeosida urganishning nafaqat nazariy, balki dolzarb amaliy ahamiyati bor.
Albatta, arxiv materiallariga eng kup murojaat qiluvchilar — tarixnavislar, moziyshunoslardir. Mustaqillik davridagi tarixiy tadqiqotlarning aksariyati arxiv materiallariga asoslangani va yangicha, xolis tarixiy taraqqiet kontseptsiyasi zaminida yaratilayotgani tufayli bugun tariximizga qiziqish tobora ortaetir.
SHuningdek, arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilar sirasiga o`zi tadqiq etayotgan muammo tarixini o`rganmoqchi bulgan muayyan soha tadqiqotchilari — iqtisodchilar, huquqshunoslar, adabiyotshunos va san`atshunoslar, fan va texnika tarixi mutaxassislari, umuman, tabiiy fanlar sohasi vakillari ham kiradi. Bu jabha tadqiqotchilari uchun arxiv materiallari fan ufqlarini kengaytirish, uni yangi dalil isbotlar bilan boyitish, jamiyat haegi, insoniyat tafakkuri taraqqieti jarayonining turfa xil jihatlarini mutlaqo yangicha va nisbatan tug`ri baholash bobida ma`lumotlar manbai bulib xizmat qiladi.
Arxiv hujjatlari jamiyatimizning kundalik hayotida, xususan» xalq xujaligida muhim urin tutishini ta`kidlash joiz. Arxiv hujjatlarida kechmish ajdodlarimiz mehnatining samaralari uz aksini topgan bulib, ularning tajribalari bugungi kunda qul kelishi mumkin. Deylik, XX asrning birinchi yarmida barpo etilgan turli me`moriy muhandislik inshootlarining qurilishi va loyihalashtirilishi buyicha chizma hamda ezma hujjatlar muayyan ahamiyatga ega (masalan, Toshkent shahridaga temiryulchylar saroyi va sobiq davlat filarmoniyasi binolarini ta`mirlash chog`ida arxiv hujjatlariga murojaat qilingani ma`lum).
Bunday tarixiy inshootlarni ta`mirlash mobaynida arxiv hujjatlaridan foydalanish ishning rivojiga ijobiy ta`sir etish barobarida davlat mablag`ini tejash imkonini ham beradi. Ayniqsa me`moriy va san`at edgorliklarini tiklash chog`ida arxiv materiallari beqiyos ahamiyat kasb etadi. Arxiv materiallarydan olis asrlar ta`siri tufayli urushlar va uquvsiz qayta ta`mirlashlar oqibatida vayron bulgan qadimiy obidalarning dastlabki qiefasini tiklash, ularni ta`mirlash ishlarida unumli foydalaniladi.
Bundan tashqari, iqlim, muzliklar, obhavoning uzgarishi, darelar suvining kutarilib pasayishi va shu kabi boshqa holatlar, tabiat hodisalari tugrisida tuplab borilgan ma`lumotlarga ham qiziqish katta ekani tabiiy. Bu singari arxiv ma`lumotlari qancha uzoq davrni qamrab olsa, ularning qimmati shuncha ziyodadir.
Arxiv hujjatlari targibot tashviqot ishlari va uquv tarbiya maqsadlarida, tarixiy va badiiy fil’m hamda spektakllarni sahnalashtirish, muzeylar kurgazmalarini tashkil etish uchun ham jalb etiladi.
SHu bilan birga arxiv hujjatlaridan turmushning muayyan bir davriga aniqlik kiritish, fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlash zaruriyati tug`ilganda ham foydalanish mumkin.
4.Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib qoidasi, odatda bir qancha amallardan iboratki, bularning eng asosiylari sirasiga hujjatlarni qidirib topish, muallifi, sanasi va yaratilish shart sharoitlarini aniqlash hamda ularni tarixshunoslik nuqtai nazaridan baholash, qolaversa, hujjatlar bilan bevosita ishlash, ya`ni ularni tadqiq qilish, ulardan foydalanish kabilar kiradi.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tadqiqotchidan uz tadqiqot sohasi buyicha orttirgan bilimlaridan tashqari maxsus arxivshunoslik ilmidan xabardorlikni, arxiv hujjatlari bilan ishlash metodikasini egallagan bulishni taqozo etadi.
Bunday vazifalar majmuini urgatish bilan arxivshunoslik kursi shugullanadi. Ushbu kurs davomida talabalar uzlari egallagan nazariy qoidalarni arxiv tashkilotlarida utadigan ishlab chiqarshp amaliegi kumagida mustahkamlaydilar. Tarix va zamonaviy arxivchilik, arxiv ishlari nazariyasi va amalieti, hujjatshunoslik va arxeografiya mazkur fanlarning eng muximlari sirasiga kiradi. Arxivshunoslik, bundan tashqari, tarix fakul’tetida alohida kurs sifatida utiladigan manbashunoslik bilan ham uzaro bogliq ekanini ta`kidlash lozim.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsadi bulajak tarixchilarni arxiv muassasalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topgap metodikasi bilan tanishtirishga hamda ulardan ilmiy tadqiqot ehud targ`ibot tashviqot va amaliyot ishlarida foydalanishga urgatishdan iborat.
Arxiv hujjatlari, ya`ni arxivlarda saqlanaetgan ezma, chizma shaklida qog`ozga tushirilgan hujjatli materiallar, kinofotohujjatlar va boshqa turli manbalar arxishnunoslikning asosiy tadqiqot ob`ekti hisoblanadi. Bunday manbalar esa davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari, korxonalar ehud alohida shaxslarning faoliyati natijasi ularoq dunega keladi, tuplanadi va arxivlarning bebaho mulkiga aylanib boradi.
Tayanch so`z va atamalar:


1.Arxiv. 2.Arxiv ishi. 3.Mug`qal`a xujjatlari.
4.Tuproqqal`a xujjatlari. 5.Xonliklar davri xujjatlari.
Nazorat savollari.
1.Arxivning funktsiyasi nimalardan iborat?
2.Arxiv tizimi qanday boshqariladi?
3.Arxivlar axoliga qanday xizmat ko`rsatadi?
4.Dastlabki qo`lyozma xujjatlar qaerlardan topilgan?
5.Arxiv fondi nima?


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
Bo`taev A.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
6.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
7.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
8.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
9.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
10.Turg`unov J. Arxiv xujjatlari- bebaxo xazina. CHust.;1997.



Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish