Mavzu№12: Arxeografiya
1. MAVZU TANLASH VA ILMIY ISH REJASINI TUZISH
2. ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH,HUJJATLARNI YIG`ISH VA TANLASH USULI
3. ARXIV HUJJATLARINI e`LON QILISHGA TAYERLASH
4. HUJJATLARNI ARXEOGRAFIK JIHATDAN RASMIYLASHTIRISH
5. HUJJATLARNI TO`PLAM ICHIDA JOYLASHTIRISH
Arxeografiya - arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayerlashning qoida va usullarini urgatadigan fan. Hujjatlarni e`lon qilish tarix fanining rivojlanishida muhim rol’ uynaydi. Arxivlar, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan tayyorlab nashr qilingan hujjatlar tuplamlari tarixni chuqur urganishga, haqiqatni tiklashga erdam beradi. Bunday hujjatlar tuplamlari tarixchilar tomanidan ilmiy asarlar yozishda muxim manba hisoblanadi. Hujjatlar tuplamlarining tarix fani taraqqietida, tarixchilar ilmiy ijodiy faoliyatida urni va ahamiyati beqiesdir. Hujjatlar tuplamini tayerlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi.
1. MAVZU TANLASH VA ILMIY ISH REJASINI TUZISH
Mavzu tanlash
Ilmiy tadqiqotga tayergarlik ishi, shuningdek hujjatlar to`plami chop etishga tayergarlik mavzu tanlashdan boshlanadi. Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanaetgan mavzuga doir masalalar xususida chuqur bilimga ega bulish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siesiy va amaliy ahamiyatiga qarab hal etilishi kerak. Uzbekistonning urta asrlar tarixi, shuningdek Urta Osiening chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri, shuningdek Turkiston, Xorazm, Buxoro va Uzbekiston Respublikasi tarixi bilan bog`liq mavzular, yana shuningdek istiqlolchilik harakati, kollekgivlashtirish muammolari shunday mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar tuplami uchun mavzu tanlanaetganligini nazarda tutib, shu mavzu bo`yicha qulezma hujjatlar arxivlarda qay darajada saqlanaetganligini, ya`ni bor eki yuqligani, kup eki ozligini ham hisobga .olish lozim. Tanlangan mavzu bo`yicha manbalar etarli bulsagana bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.
Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabietlarda u qanday ishlab chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim urin tutadi. Tanlangan mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bulishi zarur. Tarixiy adabietlarda etarlicha tula eritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi yuq. SHuning uchun hali urganilishi ahamiyatta bulgan, yangilik elementlari bor mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabietlar bilan tanishib chiqish talab etiladi.
Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchiarxivchi Ўzbekiston tarixi bilan shug`ullanadigan ilmiy tadqiqot institutlarining bu sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan hodda ish boshlasa, maqsadga muvofiq buladi. SHunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib chiqqan holda tanlanishi zarur.
Mavzuni aniq ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq ifodalangan bulishi lozim. SHundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqiyatli chiqishi mumkin.
Mavzu nomida masala, muammodan tashkari hududiy va xronologik doiralar ham kursatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bulsa, u holda xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor bulsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi kuzda tutilaetgan mavzuning rejasi ham chuqur uylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar mavzu mazmunini tula ochib bersin.
Ish rejasi
Ish rejasini tuzishdan avval adabietlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish hamda adabietlarni sinchiklab urganib chiqish zarur, Adabietlarni urganish jaraenida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni tayerlash borasida qilinadigan ishlarida ma`lum bir qullanma bulib xizmat qiladi. Ishda qanday masalalar eritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni tug`ri topish, hamda tanlash uchun juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish rejasi singari to`plam tuzuvchilar tomonidan tuplamning mas`ul muharriri rahbarligida tuziladi.
Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demaq, bu reja hali mukammal bo`lmaydi. Taxminiy rejadagi savollar hajmi ilmiy ishning tuzilajak mukammal rejasidagi savollar hajmiga qaraganda keng eki tor bulishi mumkin. CHunki unda hali barcha mavjud manbalar hisobga olinmagan buladi.
Ishning davom etgirilishi jaraenida taxminiy reja topilgan hujjatlar tarkibi, mazmuniga qarab uzgarib, aniqlashib, mukammallashib boradi. Ilmiy ishni ezish uchun zarur bo`lgan barcha manbalar topilganidan keyingina ishda aniq masala eki masalalarni tula .eritish imkoniyagi tug`iladi. e`lon qilingan, e`lon qilinmagan manbalarning hammasi topilganidan keyin shu asosda, qat’iy reja tuziladi. Reja tuzishga ijodiy endashib uni yangi boblar va paragraflar bilan to`ldirish eki bironbir bobdan, paragrafdan voz kechish, ayni paytda ayrim bob va paragraflarni kengaytirish, yiriklashtirish mumkin. Rejaning strukgurasi suz boshi, boblar, paragraflar va sung suzdan iborat buladi. quyida ilmiy ishning dastlabki taxminiy rejasiga, uni o`zgarib borishiga misol keltiramiz.
Mavzuga taalluqli adabietlarni o`rganib chiqish asosida mana bunday taxminiy reja tuzildi:
TURKISTON CHORIZM MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA
Hujjatlar tuplami
K i r i sh ' •
I b o b. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib oli
nishi.
II b o b. Turkistonda milliy ozodlik harakati.
Mana shu rejaga binoan yigilgan hujjatlar va materiallar rejani uzgartirishi talab qildi.
Yig`ilgan manbalar tarkibi va mazmuni rejadagi boblarni paragraflarga bo`lishni taqazo qildi. SHu sababli ilmiy ishning uzilkesil variantini tayyorlash jaraenida bu boblar bir necha paragraflarga ajratildi va yana bir bob qushildi. Natijada ilmiy ishning qat`iy rejasi quyidagicha kurinish oldi.
TURKISTON CHORIZM MUSTAMLAKACHILIGI DAVRIDA
Hujjatlar tuplami
K i r i sh
Ib o b: Uzbek xonliklarining Rossiya tomonidan istilo qilinishi.
Rossiyaning Markaziy Osiyoni uz tasarrufiga olish
uchun quygan ilk qadamlari.
Rossiya imperiyasi tomonidan Markaziiy Osiening
bosib olinishi.
Turkistonda milliy davlatchilikning tugatilishi,
rus davlatchiligi va qonunchiligining joriy etilishi.
II bob. Rossiyaning Turkistonni iqtisodiy va ma`naviy
istilo etishga qaratilgan siysati va uning oqibatlari.
CHorizmning ulkani xom ashe manbai va rus mollari
bozoriga aylantirishi.
Boj, soliq, pul islohotlari.
Turkiston xalqlarini madaniy qoloqlikka mahkum
etishga qaratilgan tadbirlar hamda madaniyat va ma`rifat
sohasidagi ruslashtirish siyosati.
III b o b. Turkiston ulkasida milliy davlatchilikni
tiklash va istiqlol uchun kurashning asosiy bosqichlari.
XIX asrning 80-90yillaridagi xalq harakatlari.
CHorizmning ulkadagi milliy ozodlik harakatlarini
bostirish uchun maxsus jazo otryadlari tashkil etishi.
O`lkadagi 1916 yilgi milliy ozodlik quzg`oloni va
uning oqibatlari.
Turkiston muxtoriyati (1917 yil noyabr’ - 1918 yil
fevral’) - milliy davlatchilikni tiklash yulidagi birinchi qadam.
Ilovalar.
SHuni ta`kidlash lozimki, ilmiy ish rejasi muayyan muammo va mavzu tamoyiliga kura (mavzu tadqiq qilinaetgan masalani umuman ochib beradigan muammolarga bo`linadi), shuningdek xronologik tamoyilga kura (boblar ma`lum tarixiy davrlarga bag`ishlanadi, mavzu esa tarixiy izchillikda ochib beriladi) tuzilishi mumkin. Bizning rejani muammoli tarzda tuzish usuli qulay kurinadi. Bunda mavzudagi asosiy, bosh muammolar boblarning nomlarida aks ettirilgan buladi. Paragraflar bobning alohida tomonlarini ochib beradi. Barcha paragraf va boblar birgalikda tadqiq qilinaetgan mavzuni butunlay o`z ichiga oladi.
SHunday qilib, mavzu tanlash, ilmiy ish tuzilishining ishlab chiqshshshi, aniqrog`i bob va paragraflar sarlavhalarini aniqlash tarixga oid tadqiqotning, hujjatlar to`plami qulezmasi ustida ishlashning muhim va mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi.
2. ADABIYOTLAR USTIDA ISHLASH,
HUJJATLARNI YIG`ISH VA TANLASH
USULI
Hujjatlar tuplami asosini arxiv hujjatlari, gazeta materiallari, statistik ma`lumotlar, memuarlar va hokazolar tashkil etadi. Manbalar va adabietlarni urganishni mavzuga oid tarixiy asarlarda e`lon qilingan manbalardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu ilmiy adabietlar tarixiy dalillar va hodisalarni to`g`ri baholash sari yullaydi.
Mavzuga oid adabiet tadqiq qilinaetgan masalaning mohiyati bilan tanishtiradi, unga tadqiq qilinaetgan voqealar sodir bulgan tarixiy davr shart-sharoitlari tug`risida bilim beradi. YAqin vaqt ichida chiqqan adabietdan hozirga paytda masalaning qanday quyilaetganligini bilsa buladiki, bu ilgari chiqqan adabietlardan ancha tanqidiy nuqgai nazardan foydalanish imkoniyatini .beradi. Tor sohadagi emas, balki umumiy sohaga bag`ishlangan adabiyotni o`rganish maqsadga muvofiqdir. CHunki umumiy sohadagi masalalarni anglab etgandan sung tor sohani tushunib blish oson buladi.
Ilmiy ishni tayerlash uchun hujjatli materiallarni aniqlab topish va tanlash mas`uliyatli bosqich hisoblanadi. Manbalarni aniqlash har tomonlama va tula bo`lishi lozim. CHunki busiz tadqiqot mavzuini tug`ri va tuliq eritib bo`lmaydi. Ijtimoiy hodisalar sohasida ayrim kichik dalillarni yulib olib, misolbozlik qilish usuli sovet davrida keng tarqalgan edi. Voqealar tor sinfiylik tamoyili asosida endashgan holda bir tomonlama yoritilar edi. O`zbekistonning mustaqilligi sharoiti bilan tarixiy hodisalarga umuminsoniy, milliy qadriyatlardan kelib chiqqan holda endashilib, ular xolisona eritilmoqda.
Mustaqil O`zbekistonning tarix fani ayrim hodisalarni aniq tarixiy sharoit bilan bog`lab tadqiq qilishni, dalillarni butunligicha, bir-biriga bog`lab olishni, voqealarni atroflicha, ularning ijobiy va salbiy oqibatlarini inobatta olgan hodda eritshshsh talab qilmoqda. Mavzuni yoritish uchun zarur bulgan hujjatlar va materiallar, dalillar va misollar arxivlardan, vaqtli matbuotdan, e`lon qilingan manbalardan olinadi. quyida eng muhim manbalar va ulardan foydalanish yo`llari haqida qisqacha tuxtalib utamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |