Arxiv hujjatlari. Ilmiy asar tayerlashda arxiv hujjatlarining ahamiyati benihoyat katta. Uzbekiston tarixiga doir kuplab voqea va ijtimoiy hodisalarni faqat arxiv hujjatlari orqali bilish mumkin. SHuning uchun hujjatlar tuplamini tuzishda asosan arxiv hujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
YUqorida ta`kidlanganidek respublikada bir necha davlat arxivlari mavjud. SHu bilan birga Uzbekistonda bitta respublika va 12 ta viloyat partiya arxivi bor edi. Hozir bu arxivlar UzR Prezidenti devoni arxivi (PDA) va uning viloyatlardagi filiallaridir.
UzR PDA Markaziy Osiedagi eng katta arxivlardan biri hisoblanadi. Arxivda Turkiston, Buxoro, Xorazm, Uzbekiston Kompartiyasi va komsomol Markaziy qumitalari, ularning nashrietlari, jamg`armalari va boshqa jamgarmalar jamlangan. Uzbekiston Kompartiyasi MK jamg`armasida 1924 yildan 1990 yillargacha bulgan davrni uz ichiga oluvchi 70 mingdan ortiq yig`ma jildlar saqdanmoqda. Bu hujjatlarda respublika haetidagi barcha voqealar uz aksini topgan va tadqiqotchilar uchun muhim manba bulib xizmat qilishi mumkin.
Davlat arxivlarining tarmogi partiya arxivlarinikiga nisbatan ancha keng. Uzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 ta viloyat davlat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari bor. UzR MDAda Uzbekiston va Markaziy Osie xalqlarining okgyabr’ to`ntarishidan oldingi va sovet davri tarixiga oid qimmatli hujjatlari saqlanadi. Bu erda bir milliondan ortiq saqlov birligida hujjatlar tuplangan. Viloyat arxivlarida va ularning filiallarida faqat sovet davri tarixiga oid hujjatlar saqlanmoqda.
Arxiv hujjatlarini yigishga, tanlab olishga qachon kirishish kerak? degan savol tugiladi. Tajriba shuni kursatadiki, bunga e`yaon qilingan kitoblarni uqib, hujjatlarni yig`ib bulgandan keyin kirishish ma`quldir. CHunki ilmiy ishlarda foydalanilgan hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning hojati yuq. Bunday hollarda tadqiqotchilarga zarur ma`lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar hali foydalanib ulgurmagan hujjatlarni olish maqsadga muvofiqdir. SHunday arxiv hujjatlari asosida yangi xuloslar qilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin.
Ayrim mavzu bo`icha arxiv hujjatlarini qanday qilib topish mumkin? Arxivda, yuqoridagi bo`imlarda aytilganidek, materiallar jamg`armalar bo`icha saqlanadi. Bir tashkilot, korxona eki ayrim shaxslarning hujjatlari bir arxiv jamg`armasi hisoblanadi. Demak, tadqiqotchi birinchi galda ilmiy ish mavzuidan kelib'chiqib qanday arxiv jamg`armalari urganilishini aniqlab oladi. Masalan, madaniyat tarixiga doir mavzu bo`lsa, madaniy masalalar bilan shugullanadigan tashkilotlarning arxiv jamg`armalaridan foydalanish kerak. Kerakli arxiv jamg`armasini topishda, tanlab olishda arxivlardagi xilmaxil ma`lumotnomalar, ko`rsatkich (putevoditel’)lar, jamg`armalar ro`yxati, qo`llanmalar, kataloglar, sharhlar erdam beradi.
Har bir arxiv jamg`armasida.yuzlab, katgalarida minglab yig`ma jildlar jamlangan. Bulardan kerakli jildlarni tanlab olishda jamg`arma ro`yxatlari, jild ruyxatlaridan foydalanish mumkin. Hujjatlar yig`ma jildlarning ichida saqlanadi. Arxiv yig`ma jildi o`rganilib, kerakli hujjatdan kuchirma qilinaetganda quyidagi qoidalarga e`tibor berish kerak: hujjatdan kuchirma to`la, so`zma so`z ko`chiriladi. Ko`chirilgan hujjatning biror qismi tushirib qoldirilsa, uch nuqta qo`yiladi, ko`chirmaga biror so`z eki jumla qo`shiladigan bo`lsa, u kvadrat qavs ichida yziladi. Kuchirmadan oldin hujjattdagi ma`lumotlar, hujjatning sarlavhasi, sanasi ezib qo`yiladi. SHu bilan birga hujjatdagi rezolyutsiya, belgi, muhr ko`chirmadan keyin eziladi. Ko`chirilgan hujj:atning oxirida arxiv shifri ko`rsatiladi.
SHunday qilib, arxivlarda barcha kerakli jamg`armalar, yig`ma jildlar, hujjatlar sinchiklab urganiladi va tekshirilaetgan mavzuga oid zarur hujjatlar ko`chirib olinadi.
YUqorida qisqacha ta`riflangan manbalar va boshqa turdagi manbalar (statistik materiallar, esdaliklar va hokazo) hujjatlar tuplamini tayerlashga asos buladi.
3. ARXIV HUJJATLARINI e`LON QILISHGA TAYERLASH
Arxiv hujjati e`lon qilish uchun tanlab olingandan keyin mashinkada uning nusxasi tayerlanadi. Uni chop etishga tayerlash jaraenida arxiv hujjatida mavjud bulgan imlo xatolari tug`rilanadi, qisqartirib ezilgan suzlar kvadrat qavs ichida tula eziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv hujjati mazmunining uzgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyutsiya va har xil belgilar bulsa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Hujjatning oxirida imzo buladi. Imzoni uqib, uning egasi ismi sharifini aniqlab ezib quyish lozim. Mabodo uni uqishning iloji bulmasa, «imzo» suzi yozilib, imzoning egasi ismi sharifini uqib bulmaganligi haqida izoh berib utiladi.
4. HUJJATLARNI ARXEOGRAFIK JIHATDAN RASMIYLASHTIRISH
Hujjatga sarlavha eziladi va hujjatiing arxiv shifri, manzili kursatiladi. Hujjat sarlavhasida uning sanasi, turi, nomi, muallifi, kimga qarata eki kimga nisbatan ezilgani (adresati), mazmuni kursatiladi.
Hujjatning oxirida «legenda», ya`ni nazorat ma`lumotnoma yoziladi. Bu qismda arxivning nomi, shifri, ya`ni jamg`arma nomi, tartib raqami, ruyxat raqami, yig`ma jild tartib raqami, jild varaqlari, shuningdek hujjatning asl nusxa yoki kuchirma ekanligi kursatiladi. Hujjatning «legenda»si quyidagicha kurinishga ega buladi: O`zR MDA, 837-jamg`arma, 2-ruyxat, 24-yigma jild, 10-12varaqlar. Asl nusxa.
5. HUJJATLARNI TO`PLAM ICHIDA JOYLASHTIRISH
Hujjatlar to`plam ichida xronologik, mavzular buyicha eki boshqa belgilar asosida joylashtiriladi.
Odatda to`plam mavzularga bo`lingan buladi. Hujjatlar mavzular ichida xronologik tartibda joylashtiriladi.
6. HUJJATLAR TO`PLAMLARINING ILMIY-MA`LUMOTNOMA APPARATI
Tuplam ilmiy-ma`lumotnoma apparatida kirish, izoxlar, har xil kursatkichlar - ismli, geografik, predmetli va boshqalar, mundarija buladi.
Tayanch so`z va atamalar
1.Xujjatlarni nashr etish.
2.Kataloglarni nashr etish.
3.Nashrga tayyorlash.
4.Mavzu tanlash.
5.Xujjatlar to`plamlarining ilmiy-axborot apparati.
Nazorat savollari
1.Arxiv xujjatlarini nashr qilishdan maqsad nima?
2.Taxrir xay`atining vazifasi nimalardan iborat?
3.Arxiv xujjatlarini nashr etish qanday amalga oshiriladi?
4.Titul varaqasi tarkibi qanday bo`ladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
6.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
7.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |