Bibliografiya tuzish. O`zbekistonda sobiq Ittifoq davrida juda kup miqdorda adabiet, shu jumladan tarixga oid adabietlar nashr etilgan. Mana shunday kup kitoblar ichidan kerakligani qay yusinda tanlab olish mumkin?
SHu narsa ma`lumki, bu ishda tadqiqotchiga eng birinchi erdamchi kutubxona hisoblanadi. Har bir kutubxonada adabietlarning alfavitli va sistemali kataloglari mavjud.
«Knijnaya letopis’», «Letopis’ jurnal’nix statey», «Letopis’ gazetnix statey», «Letopis’ retsenziy» kabi nashrlar mavzu buyicha adabietlar tanlash ishida tadqiqotchiga juda katta erdam beradi. «Knijnaya letopis’» materiallari asosida esa «Ejegodnik kniga SSSR» tuplami tuzilgan edi.
Xuddi shunday qullanmalar O`zbekiston Respublikasi davlat kitob palatasi tomonidan ham chiqarilgan va unda respublikada chiqqan adabietlar, maqolalar kursatilgan. «O`zbekiston SSR kitoblarining yilnomasi» kitoblar kursatkichining kuplab jildlarida respublikada sovet hokimiyati yillarida chop ztilgan kitoblar qayd etilgan.
Kundalik umumiy bibliografiya bilan bir qatorda maxsus tarixiy bibliografiya ham nashr qilib borilgan.
O`zbekiston tarixiga oid bibliografik qullanmalar juda ko`p. Tarixning barcha asosiy muammolari yuzasidan tavsiya qilinadigan tarixiy adabietlarning bibliografik ro`yxatlari e`lon qilingan. Bularni kutubxonalarning bibliografiya bo`limlaridan topish mumkin.
Uzbekistonda sovet hokimiyati yillarini uz ichiga olgan qator bibliografik ko`rsatkichlar e`lon qilindiki, ular tadqiqotchilarimiz ishini ancha engillashtiradi. A. Navoiy nomidagi Uzbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi 60-yillar oxirida Uzbekistonning qadimgi zamondan boshlab 60-yillar oxirigacha bo`lgan tarixi bo`yicha «Istoriya Uzbekistana. CH. 1, 2. Ukazatel’ Sovetskoy literaturn» (Toshkent, 1967, 1969 tg.) nomli maxsus kursatkich chiqargan edi. 1953 yildan e`tiboran Uzbekiston buyicha chiqqan adabietlarning yillik bibliografik ko`rsatkichlari e`lon qilinmoqda. SHu bilan birga «Uzbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnali Uzbekiston tarixi bo`yicha chiqqan adabietlarning yillik ruyxatini e`lon qilib borgan. SHunday qilib, tadqiqotchilar matbuotda Uzbekiston tarixi haqida barcha adabietlarning to`la ro`yxatiga egadirlar.
Umuman olganda yuqorida tilga olib o`tilgan asosiy bibliografiya tadqiqotchiga tanlangan mavzu bo`yicha adabietlar ro`yxatini tuzib olib, ularni ma`lum bir izchillikda urganib chiqishda erdam beradi.
Manba va adabietlarni o`rganish chog`ida ularni konspekt qilish, kerakli hujjatlardan ko`chirma olish foydalidir. Hujjatlardan ko`chirmalarning har birini alohida alohida varaqlarga ezish maqsadga muvofiq. SHunda ularni ayrim masalalar bo`yicha istalgan tartibda joylashtirish oson bo`ladi.
Adabietlar, e`lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni ham urganib borish foydadan holi emas. Gazeta va jurnallardan tuplam uchun hujjatlar yig`iladi. SHuningdek, ular tadqiq qilinaetgan davrni, mavzuga oid tarixiy jaraenlarni har tomonlama o`rganishda ko`maklashadi.
Vaqtli matbuot. YUqorida hujjatlar to`plamini tayerlashda kitoblardan, e`lon qilingan manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaqtli matbuotdan, ya`ni gazeta va jurnallardan ham foydalanish kerak deyildi. Vaqgli nashrlarda muhim davlat hujjatlari, davlat rahbarlarining nutqlari e`lon qilinadi, iqtisodiet, fan, madaniyat sohasida erishilgan sunggi yutuqlar, jamiyat haetidagi muhim voqealar eritib boriladi.
Oldin ham, hozir ham O`zbekietonda juda kuplab gazeta, jurnal hamda jurnal tipidagi nashrlar chiqariladi. O`z o`zidan ma`lumkn, ilmiy ish tayerlash uchun vaqtli matbuotning qaysilaridan foydalanish kerak, degan savol tugiladi. Har bir tadqiqotchi bu masalani uzining qanday masalani urganaetgani, nimalar bilan qiziqishiga qarab hal etadi. Masalan, «O`zbekistonda agrar siesatning amalga oshirilishi (1976-1985)» degan mavzu buyicha tadqiqot ishlari olib borish uchun mana shu yillar mobaynida chiqqan «Xlopkovodstvo», «O`zbekiston kommunisti», «Partiya turmushi», «O`zbekiston qishloq xujaligi» kabi jurnallardan «qishloq haqiqati», «Sel’skaya jizn’», «Sovet O`zbekistoni», «Pravda Vostoka» kabi gazetalardan va boshqa ayrim viloyat gazetalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. .
Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus bulimlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqgiraetgan mavzu uchun materialni qiynalmasdan topish imkonini beradi. Jurnallarda esa ulardagi mundarijalar, hamda yil buyi e`lon qilingan maqola va materiallar ro`yxati (odatda, bunday ruyxatlar jurnalning har yili oxiridagi sonida e`lon qilinadi) kerakli maqola va chiqishni topishda erdam beradi. Gazeta va jurnal materiallarini uqish chog`ida ulardan zarur kuchirmalar olib borish maqsadga muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. SHuningdek, gazeta va jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan ham nusxa olinadi.
Vaqtli matbuotda rasmiy hujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari materiallari va boshqa muhim anjumanlarniig qarorlari, stenografik hisobotlari va protokollari) bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mehnatkashlarning alohida vavashlari haqidagi materiallar ham muntazam berib boriladi.
Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaqtli matbuot materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |