Namangan davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi arxivshunoslik



Download 3,04 Mb.
bet6/19
Sana09.06.2022
Hajmi3,04 Mb.
#646688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Arxivshunoslik

Mavzu №6: O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
ARXIV JAMG`ARMALARI HUJJATLARINI
TURKUMLASH

Reja.
1.Kirish.


2.Xujjatlarni MAF miqyosida turkumlash.
3.Xujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash.
4.Xujjatlarni arxiv fondi miqyosida turkumlash.
5.Xulosa.

1.O`zbekiston Respublikasi Davlat arxiv jamg`armasi (DAJ) tarkibiga 1917 yildan oldingi davr hujjatlari, shuningdek sovet tashkilotlari, idoralari, korxonalari faoliyatida yuzaga kelgan hujjatlar, o`zbek xalqi madaniyati, tarixi, san`ati, adabieti va yozma edgorliklari, ilmiy texnik hujjatlari, kinofotofonohujjatlar, plakatlar, varaqalar, proklomatsiya va hokazolar kiradi.


DAJ hujjatlarini turkumlash uch bosqichni o`z ichiga oladi: 1) O`zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlarining umumiy turkumi; 2) arxiv doirasidagi hujjatlar turkumi; 3) arxiv jamg`armasi doirasidagi hujjatlar turkumi.
2.SHunday qilib, turkum ob`ekti birinchi bochqichda O`zbekiston Respublikasi DAJ barcha hujjatlari, ikkinchi bosqichda — ma`lum bir Arxivning hujjatlari va uchinchi bosqichda esa ayrim arxiv jamg`armasining hujjatlari buladi.
A O`zbekiston Respublikasi DAJ hujjatlarini umumiy turkumlash
DAJ hujjatlarini turkumlash davlat arxivlariga tug`ri bulish maqsadida ilmiy guruhlashni nazarda tutadi.
DAJ hujjatlari quyidagi asosiy belgilari buyicha turkumlashtiriladi va natijada davlat arxivlari tizimini tashkil qiladi:

  1. ayrim tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar;

  2. respublika va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlar;

3) ayrim viloyat, shahar va tumanlarga tegishli hujjatlar;

  1. davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli hujjatlar (masalan, adabiet va san`at, harbiy va boshqa sohalar);

  1. hujjatlarni tayerlash uslubi va texnikasiga.

Ayrim tarixiy davrlarga tegishli hujjatlar
Bu turkum belgisiga asoslanib DAJ hujjatlari ikki guruhga — 1917 yilgacha bulgan hujjatlar va sovet davri hujjatlariga bulingan.
SHu qoidaga asosan kup yillar O`zbekistonda maxsus O`zSSR Markaziy davlat tarixiy arxivi (MDTA), Markaziy davlat Oktyabr’ inqilobi arxivi (MDOIA) mavjud edi. MDTA da respublikadagi Oktyabr’ inqilobidan oldingi barcha arxiv hujjatlari saqlangan. Viloyatlardaga inqilobdan oldingi barcha arxiv hujjatlari ham shu arxivda jamlangan. MDOIAda sovet davri arxiv jamg`armalari yig`ilgan 1958 yili har ikkala arxiv O`zR MDAga birlashgan va maxsus bulim hisobida saqlangan.
Respublika va mahalliy tashkilotlarga tegishli hujjatlar
Arxiv hujjatlarini markaziy va mahalliy ahamiyati buyicha bulish, respublika idoralariga va mahalliy idoralarga tegishli hujjatlarga bulish,tegishli davlat arxivlari — respublika, viloyat, shahar, tuman arxivlarini tashkil qilishga asos buladi.
Respublika idoralari hujjatlari markaziy davlat arxivlarida, viloyat idoralari hujjatlari esa viloyat davlat arxivlarida saqlanadi.
Viloyat va tumanlarga tegishli hujjatlar
Arxiv hujjatlari qaysi hududda — viloyat, shahar, tumanda tuzilgan bulsa, o`sha joyda saqlanishi kerak. SHu qoidaga asosan Turkiston general gubernatorligi, Turkiston ASSR respublika idoralari arxivi Toshkentda paydo bo`lganligi tufayli Toshkentda saqlanadi va bu arxiv jamg`armalarida O`zbekiston tarixidan tashqari barcha O`rta Osie respublikalari hamda Qozog`iston tarixiga oid hujjatlar ham bor.
Davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli hujjatlar
Davlat va jamiyat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli arxivlar ham buladi. Biroq O`zbekiston Respublikasida hozir davlat va jamoat faoliyatining ayrim sohalariga tegishli davlat arxivlari yuq. Boshqa davlatlarda bunday arxivlar mavjud. Masalan, Rossiyada Adabiyot va san`at markaziy davlat arxivi, qurolli kuchlar MDA, Markaziy davlat harbiy tarixiy arxivi va hokazo arxivlar bor.
Hujjatlarni tayerlash uslubi va texnikasi
DAJ hujjatlari tarkibida ilmiy texnika hujjatlari, kinofotofonohujjatlar va boshqa maxsus hujjatlar bor. SHu sababli hujjatlarni tayerlash uslubi va texnikasi buyicha turkumlash zarur buldi. SHu maqsadda Uzbekiston Respublikasi ilmiytexnika hujjatlari Markaziy davlat arxivi hamda kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etilgan.
3.. Arxivlar doirasida hujjatlarni turkumlash
Arxivlar doirasida hujjatlar arxiv jamg`armalari buyicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamg`armasi —bu ma`lum tashkilot, idora, korxona eki ayrim shaxs faoliyati natijasida vujudga kelgan arxiv hujjatlaridir. Arxiv jamg`armalari hajmi jihatidan katta eki kichik bo`lishi mumkin. Masalan, 1—15 ta ish jildidan iborat arxiv jamg`armasi ham bo`lishi mumkin. Masalan, MDAda Sirdare, Samarqand, Farg`ona viloyatlari ayrim volostlari qozilarining arxiv jamg`armalarida 1—3 tadan yig`ma jild bor. SHuningdek, Turkiston generalgubernatori devonxonasi jamg`armasida 30 mingdan ortiq yigma jild bor. Lekin arxiv jamg`armasi ana shunday katta bo`lipshga qaramay, bitga jamg`arma deb hisoblanadi.
4. Arxiv jamg`armasi doirasida hujjatlarni turkumlash
Arxiv jamg`armasi doirasida hujjatlar yig`ma jildlar bo`yicha turkumlashtiriladi. Arxiv jamgarmasi shu jamgarmani tashkil qilgan idora faoliyat ko`rsatgan davrni, ya`ni tashkil kilingan kundan to tugatilgan kungacha bo`lgan hujjatlarni o`z ichiga oladi.
Arxiv jamg`armasiga arxiv kollektsiyasi ham kiradi va jamgarma o`rnida xisobga olinadi. Arxiv kollektsiyasi arxiv jamg`armasiga bir idora hujjatlari emas. Kollektsiyada bir necha idoralar Hujjatlari bo`lishi mumkin. Kollektsiya — ayrim hujjatlar yigindisidir. Masalan, O`zR MDAda Vaqfnomalar kollektsiyasi va frontdan Kelgan xatlar kollektsiyasi saqlanadi.
5.Jamg`armalarni arxiv binosida joylashtirish
Arxiv binosida arxiv jamg`armalarini joylashtirishda ularning o`zaro bog`liq jihatlari hisobga olinadi. Masalan, O`zR MDAda 1917 yildan oldingi arxiv jamg`armalari alohida saqlanadi. Sovet davri arxiv jamg`armalari ham ma`lum tartibda saqlanadi. Masalan, Oliy davlat organ (idora)lari jamgarmalari bir joyda, sanoat, qishloq xo`jaligi, madaniyat va hokazo sohalar bo`yicha hujjatlar alohida saklanadi.



Tayanch so`z va atamalar
1.Turkumlash.
2.Milliy arxiv fondi.
3.Fond ta`sischisi.
4.Arxiv fondi.
5.Arxiv kollektsiyasi.

Nazorat savollari
1.Milliy arxiv fondi deganda nimani tushunasiz?
2.Milliy arxiv fondi xujjatlarini turkumlash nima degani?
Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Karimov I.A. O`zbekistonning o`zistiqlol va taraqqiyot yo`li.
-T.; O`zbekiston,1992.
2.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
Bo`taev A.
3.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
4.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
5.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
6.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
7.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
8.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
9.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
10.Turg`unov J. Arxiv xujjatlari- bebaxo xazina. CHust.;1997.



Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish