Mavzu№4: UZBEKISTONDA 1941-1945 YILLARDA ARXIV ISHI
Reja
1.Kirish.
2.Urushning dastlabki yillaridi arxiv ishi.
3.Urush yillarida arxiv ishining o`ziga xos xususiyatlari.
4.Xulosa.
1.Ikkinchi jahon urushi yillari O`zbekistonda arxiv ishi tarixida eng og`ir davrlardan biri bo`ldi. Adolatsiz urushning boshlanishi respublikamiz mehnatkashlarining dushmanga nafratini va Vatanga mehrini, vatanparvarligani kuchaytirdi. Bir necha arxivchilar ixtieriy ravishda frontga junab ketdilar. Arxiv tashkilotlari xodimlari dushmanni tezda tor-mor etishga, g`alabaga erishishga qaratilgan ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Toshkent shahar arxiv tashkilotlari jamoalari mudofaa jamg`armasiga har oy uz maoshlarining 2 foizini utkazib turdilar. Arxivchilar evakuatsiya qilingan gospital, bolalar uylarini otaliqqa oldilar. Ularga moddiy va ma`naviy erdam kursatib bordilar. Bayramlarda sovgalar tashkil qilib, jangchilarga junatib turdilar.
2.1942 yil noyabrda Toshkent shahrida O`rta Osie va Qozog`iston respublikalari arxiv xodimlarining kengashi bulib o`tdi. qabul qilingan qarorda bu respublikalar arxiv idoralarining hujjatlarni ehtiet qilishni ta`minlash, tartibga solish va ulardan urush manfaatlari yulida foydalanishda katta yutuqlarga erishgani e`tirof etildi. SHu bilan birga O`zSSR arxiv idoralari ishida ayrim kamchiliklar mavjudligi kursatib utildi. SHuningdek tuman davlat arxivlari inqirozga uchraganligi, zaiflashganligi, markaziy arxivlarda ishchilarning, arxivchilarning etishmasligi, ЎzSSRda kino fotofonohujjatlar davlat arxivi tashkil qilinmaganligi kursatib utildi. Kengash arxiv hujjatlarini ehtiet qilish choralarini kurish, ilmiy va tashviqot maqsadlarida hujjatlardan keng foydalanishni tashkil etish zarurligini uqgirib utdi.
Urush davrining qiyinchiliklariga qaramay, respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni .amalga oshirdi. O`zSSR XKSning 1943 yil 18 fevral’ qarori bilan O`zSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy arxivi tashkil qilindi. 108 ta tumanda davlat arxivi ochilib, ularning mudirlarining oylik ish haqi miqdori oldingi 110 sum urniga 300 sum qilib tasdiqlandi.
1941 yili O`zSSR tarkibida Andijon, Namangan, Surxondare va keyinroq, 1943 yili Qashqadare viloyatlari tashkil etilishi munosabati bilan viloyat IIXK boshqarmasida Arxiv bulinmalari va viloyat davlat arxivlari tashkil qilivdi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida arxiv tashkilotlari ham kadrlar bilan mustahkamlandi. 1941 yili respublika arxiv tashkilotlarida 113 kishi ishlagan bulsa, 1945 yili ularning soni 306 taga etdi. Bularning ichida tarixchiarxivchilar: 3. I. AgafonovaGA. I. Bel’kova, N. G. Manin, tarixchifilologlar L. M. Vays, L. M. Lavda, YA. N. Seriy, A. A. Xalfin va boshqa malakali mutaxassislar bor edi.
Arxiv xodimlari arxiv hujjatlarini ehtiet qilish maqsadida tashkilotlar arxivlarini tartibga solish va ularni davlat arxivlariga qabul qilishgaalohida e`tibor berdilar. 1941—1942 yillarda respublika davlat arxivlariga 0,5 (yarim) million saqlov birligi qabul qilindi. Lekin keyingi yillarda hujjatlarni davlat arxiviga qabul qilish kamaydi. Arxivlarda hujjatlarni qabul qilish va saqlashga joy etishmas edi. 1944 — 1945 yillarda davlat arxivlariga boryug`i 48 ming saqlov birligi qabul qilindi.
YAngi tashkil qilingan kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi 1944—1945 yillarda 15 mingdan ortiq fotohujjat qabul qildi.
3.Urush sharoitida davlat arxivlari tartibga solinmagan arxivlarni, asosan frontga junatilgan harbiy qismlar arxivlarini qabul qilishga majbur buldilar. Davlat arxivlarining asosiy vazifalaridan biri tartibga solinmagan arxiv jamg`armalarini tartibga solish edi. Respublika davlat arxivlarida 1941 yili 100 ming, 1944—1945 yillarda esa 136 ming saqlov birligidagi hujjat tartibga solindi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish sohasida ham bir qator ishlar qilindi. Xalq xujaligi maqsadida foydalanish uchun kup hujjatlar topilib, tegashli tashkilotlarga yuborildi. Bu hujjatlardan foydalanish tashkilotlarga ancha iqgisodiy samara keltirdi. Arxiv tashkilotlari «Frontga xatlar» va boshqa bir necha hujjatlar tuplamlarini tayerlashga kirishdilar. Arxivchilar tomonidan arxiv hujjatlari asosida ezilgan maqolalar gazeta va jurnallarda e`lon qilinib turildi. Masalan, 1944—1945 yillari 21 ta maqola, 9 ta radioeshshtirish, 4 ta kurgazma tashkil etildi va kuplab ma`ruzalar uqildi. Arxiv qiroatxonasida bir necha yuzlab tadqiqotchilar ilmiy ishlari uchun arxiv hujjatlaridan foydalandilar.
4.SHunday qilib, arxivchilar urush davrida ham faol mehnat qilishdi. Arxiv hujjatlarini ehtiet qilib saqlash, hujjatlarni qabul qilish, tartibga solish, ulardan foydalanishni tashkil etish sohasida samarali ish olib borildi. Arxiv tashkilotlari ham ancha mustahkamlandi. UzSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi, bir qancha viloyat davlat arxivlari va joylarda tuman davlat arxivlari tashkil qshshndi. Arxiv tashkilotlari malakali kadrlar bilan mustahkamlandi.
Tayanch so`z va atamalar
1.Ikkinchi jaxon urushi .
2.Kinofotofonoxujjatlar Markaziy Davlat arxivi.
3.Arxiv xodimlarining kengashi.
4.Xujjatlarni jamlash.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Urush arxiv ishiga qanday ta`sir ko`rsatdi?
2.O`rta Osiyo va Qozog`iston arxivchilarining kengashi qachon va
qaerda bo`lib o`tdi?
3.O`rta Osiyo va Qozog`iston arxivchilarining kengashida qanday
masalalar ko`rib chiqilgan?
4.Urush yillarida arxiv soxasida kanday ishlar amalga oshirildi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
Bo`taev A.
2.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
3.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
4.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
5.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
6.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
7.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
-T.;1985.
8.O`zbekiston Respublikasi Qonuni.Arxivlar to`g`risida. –T.;Adolat,1999.
Mavzu №5: URUSHDAN KEYINGI DAVRDA UZBEKISTONDA ARXIV ISHI
Reja.
1.Kirish.
2.Urushdan keyingi yillarda arxiv ishining tashkil etilishi.
3.Arxivlarning tashkil etilishi.
4.Xulosa.
1.Urushdan keyingi yillarda arxivchilar oldida turgan muhim vazifa arxiv materiallariga ilmiyspravka qullanmalar, ma`lumotnomalar tuzish ishi edi. Hujjatlardan foydalanishni yaxshilash uchun kursatkichlar (putevoditellar), ilmiy ruyxatlar, kataloglar va boshqa axborotnomalar tayerlash zarur edi. Bu ishlarni amalga oshirishdan avval arxivchilar davlat arxivlarida saqlanaetgan tartibsiz arxiv jamg`armalarini tartibga soldilar. 1946—1951 yillari 280 mingga yaqin saqlov birliga tartibga solyndi, 150 ming keraksiz, ahamiyatsiz yisha jildlar yuq qilishga ajratildi, SHunday qilib, davlat arxivlaridagi hujjatlarning barchasi tartibga; solivdi. Bu esa arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtiradigan ilmiy axborotnomalar tuzish ishiga kirishishga imkon berdi.
2.Urushdaq keyingi yillarda UzSSR Markaziy davlat tarix arxivining kursatkichi tayyorlandi va UzSSR Okgyabr’ inqilobi Markaziy davlat arxivi kursatkichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv jamgarmalarining sharhi — axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar ezildi. Ayrim muhim arxiv jamg`armalarining ruyxatlari nashr qilish uchun tayerlangan edi, lekin e`lon qilinmay qoldi.
Fotohujjatlar uchun ham tematik va ismi kursatilgan katalogldr tashkil qilivdi. Bu qilingan ishlar davlad.arxivlarida saqlanaetgan arxiv hujjatlari haqida tadqikr^idarga tularoq axborot olish va ulardan kengroq foydalanish uchun imkoniyat ochib berdi.
Arxiv tashkilotlarining yana bir muhim ishi idoralar arxivlarini tartibga solish va ehtiet qilib saqlashni tashkil etish edi. Bu ishda UzSSRMinistrlar Sovetining 1949 ynl 13 yanvardagi davlat va joriy arxivlar ishini yaxshilash tug`risidar qarorlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu qarorlar e`lon qilingandan qeyin kuplab tashkilotlar arxivlari uchun maxsus binolar ajratdilar, arxivlarini tartibga soldilar. 1951—1954 yillari Toshkentda 378
tashkilot arxivlari tartibga solindi. Idoralar arxiv ishlarini yaxshilash uchun bir necha uslubiy qullanma tayerlandi. Masalan, «Tashkilotlarda arxiv hўjjatlarining ekspertizasini utkazish uchun esdalik», «Idoralar arxivlari ishini nazorat qilish uchun kursatmalar», «Ministrliklar arxivlari ishini rejalashtirish va hisobot qilish buyicha kursatmalar» shular jumlasidandir.
1963 yil 14 oktyabrda UzSSR Ministrlar Soveti «UzSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari tugrisida» qaror qabul qildi. Bu qaror joriy arxivlar, ya`ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim rol’ o`ynadi. Unga kura joriy arxivlarni yaqin 2—3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarni o`zini esa hujjatlarni beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta`minlash keng yo`lga quyildi.
Davlat arxivlari tashkilotlar arxivlari ishini nazorat qilishni kuchaytirdilar. SHu bilan birga, ularga erdam berishga katta e`tibor qaratdilar. Bu ishlar natijasida respublikada 1964 yili 1809 tashkilotda, 1965 yili 1759 tashkilotda arxiv hujjatlari tartibga solindi.
Joriy arxivlar bilan bir qatorda tashkilotlarda ish yuritish iyini yaxshylashga ham katta e`tibor berildi. Davlat arxivlary ydoralarda ish yuritishni yaxshilashga yaqindan yordam berishdi. 1959 yili Toshkent shahrida birinchi bor ish yuritish kursi ochilib, kotiba va ish yurituvchilar malakasi oshirildi. Keyingi yillarda bunday tadbirlar doimiy amalga oshirilib turildi. Bu masalaga oid har xil qullanmalar, kursatmalar ishlab chiqildi. Bu qullanmalar joriy arxivlar ishini va ish yuritishni yaxshilashga katga hissa qunvdi.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar ham qurildi. 1964 yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970 yili ЎzSSR kynofotohujjatlar MDAga maxsus bino qurib beridtsi. Lekin viloyatlarda kup arxivlar eski binolarda faoliyat yuritib kelar, ularda hujjatlarni saqlash uchun zarur sharoitlar yaratilmagan edi. Davlat arxivlari hujjatlarni qabul qilish soxasida ham anchagina ish qildilar. 1946—1955 yillarda 600 mingdan kuproq saqlov birligidagi hujjatlar idoralar, vazirliklar arxivlaridan qabul qilib olindi. Bu sohada joylarda ham ancha tadbirlar utkazildi. 1947 yili respublikada 118 tuman va 5 ta shahar arxivida 137 ming saqlov birligida yig`ma jiddlar saqlangan bulsa, 1955 yili 8 shahar va 138 tuman davlat arxivlarida 642 ming saqlov birligqtsa hujjatlar saqlandi.
Urushdan keyingi yillarda (1946—1955 yillar) 5 ta hujjatlar tuplami nashr Kilindi. «Frontdan xatlar» (1949 yil), «Afgonistonda Angliya agressiyasi» (1889—1917 yillar) ana shunday hujjatlar tuplamidir.
3.Arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanishni yaxshilashda UzSSR Ministrlar Sovetining 1956 yil 31 martdagi «UzSSR Ministrliklari va idoralar arxiv materiallarini saqlash usullarini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash tadbirlari tug`risida»gi qarori muhim rol’ uynaydi. Respublika hukumati arxiv tashkilotlariga hujjatlardan foydalanishni kengaytirish, hujjatli tuplamlar, ma`lumotnomalar, arxiv jamg`armalari axborotnomalarini tayerlashni va «Uzdavlatnashr»ga ularni nashr qilishni topshirdi.
Bu qaror arxiv tashkilotlarining ilmiy ishlarni, hujjatlarni e`lon qilish borasidagi ishlarini jonlantirib yubordi. Bir necha yil ichida 20 ga yaqin hujjatli tuplamlar nashr qilindi. SHu jumladan oktyabr’ tungarishiga oid 2 ta, fuqarolar urushiga doir 2 ta, kollektivlashtiryshga oid 2 ta, «Urta Osieni tadqiq qilgan rus olimlari» nomli seriyada 4 ta tuplam tayerlanib nashr qilindi.
60yillardan boshlab mavzular buyicha arxiv hujjatlarining kataloglari tayerlana boshlandi1963—1967 yillarda 50 mingdan ortiq kartochkalar
ezilgan edi. Markaziy davlat arxivida maxsus hujjatlar va ilmiy ma`lumotlar bulimi tashkilqilinib, bu bulim xodimlari MDAning tizim (sis
tematik) katalogini tayyorlashga kirishdilar. Oldin tuzilgan tematik kartotekalar kartochka tizimidagi katalogga qushildi. SHuningdek, fotohujjatlarga
ham 50 ming kartochka tuzildi. Bu kataloglar hozirgi kunga qadar tuldirib borilmoqda va tadqiqotchilarning hujjatlarni qidirish ishlarini engillashtirmoqda.
1960 yili O`zSSR MDD sovet jamgarmalari ko`rsatkichi (putevoditel’) nashr qilindi. 1964 yshsh O`zSSR kinofotofonohujjatlar MDA ko`rsatkichi e`lon qilindi. Bu kursatkichlar tadqiqotchilarning arxiv ma
teriallarvdan foydalanishida juda katta qulayliklar yaratdi.
50-yillarning oxiri va 60-yillar ichida arxiv ishini yaxshilash maqsadida arxiv idoralari va davlat arhivlarida qator tashkiliy qayta qurish ishlari amalga oshirildi. 1958 yili O`zSSR Okgyabr’ inqilobi Markaziy davlat arxivi O`zSSR Markaziy davlat tarix arxivi bilan birlashtirilib, yagona O`zSSR Markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Bir yildan keyin bu arxivga O`zSSR kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi ham qushildi.
1961 yil 9 mayda O`zSSR Ministrlar Sovetining qarori bilan O`zSSR Ichki ishlar ministrligi Arxiv boshqarmasi O`zSSR Ministrlar Soveti xu-zuridagi Arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. Viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari arxiv bulimlari viloyatlar ijroqo`mlari arxiv bo`limlar-iga aylantirildi. Arxiv idoralarining MinistrlarSoveti va viloyat ijro-qumlari ixtieriga o`tkazilishi arxiv tashkilovdarining mavqeini yanada oshir-di.
1961-1962 yillarda tumanlarda arxiv ishini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi, 1962 yili O`zbekistondagi 118 ta mayda.tuman davlat arxivlari 28 ta tumanlararo davlat arxivlariga birlashtirildi. Ular har birida 3-5 xodim ishlaydigan yirik arxivlarga aylantirildi. SHu bilan birga 13 ta tumandagi arxiv istisno tarzida qoldirildi.
1962 yili, restsublikada yangi arxiv — O`zSSRMarkaziy davlat tibbi-et hujjatlari arxivi tuzildi.1965 yili bu arxiv tarkibida ilmiy texnika huj-jatlari bo`limi tashkil qilindi va u O`zSSR tibbiet va ilmiy texnika hujjat-lari Markaziy davlat arxiviga aylantirildi. SHu yili tumanlararo davlat arxivlari viloyat davlat arxivlarining filiallariga aylantirildi. Keyin-chalik O`zSSR Markaziy davlat arxividan Kinofotofonohujjatlar Markaziy davlat arxivi ajralib chiqdi.
4.Hozirgi davrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog`iston Vazirlar kengashi huzurvda arxiv bo`limi, shuningdek viloyat hokimliklari huzurida 11 ta arxiv bulimi bor. Respublika ahamiyatidagi 3 ta Markaziy davlat arxivi, qoraqalpog`iston Respublikasida MDA, 11 ta viloyat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari mavjud.
SHunday qilib, respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi amal qilmoqtsa. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bulgan barcha hujjatlarni ehtiet qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega.
Tayanch so`z va atamalar
1.Xujjatlarni tartibga solish.
2.Arxiv ko`rsatkichlari.
3.Arxivlarni boshqarish.
4.Xarbiy arxiv.
5.Markaziy tarix arxivi.
Nazorat savollari
1.Urushdan keyingi yillarda arxiv soxasida qanday ishlar amalga
oshirildi?
2.Markaziy Davlat arxivi qachon tashkil etildi?
3.Arxivlarni boshqarishda qanday o`zgarishlar yuz berdi?
4.O`zbekiston Tibbiyot va texnika xujjatlari arxivi qachon tashkil
topgan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Alimov I. Arxivshunoslik. –T.; SHarq,1999.
2.Osnovno`e pravila raboto` gosudarstvenno`x arxivov. –M.;1984.
3.Azarov A. Gosudarstvenno`e arxivo` i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1971.
4.Dremenev D.A Gosudarstvenno`e arxivi i arxivnoe delo v soyuzno`x
respublikax. –M.;1972.
5.Kozlitin I.P. Gosudarstvenno`e arxivi respublik Sredney Azii.
-M.;1961.
6.Krayskaya J.V. Organizatsiya arxivnogo delo. –M.;1980.
7.Tilekulov G.S. Rol’ arxivov Uzbekistana v nauchnom,issledovatel’skoy
i kul’turnoy jizni respubliki(1918-1980gg.)
MAVZU№6 :MUSTAQIL O`ZBEKISTONDA ARXIV ISHI.
REJA:
Do'stlaringiz bilan baham: |