Namangan davlat universiteti fizika fakulteti



Download 388,5 Kb.
bet30/34
Sana12.07.2022
Hajmi388,5 Kb.
#780512
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
FO\'M dan Kurs ishi.Xudoyqulov Pirnazar

Yangi mavzuni mustaxkamlash.

1.Ekskursiyaning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?

2.Ekskursiyaga tayyorgarlik ko’rishda o’qituvchi nimalarga e’tibor borish kerak?

3.Ekskursiya qanday turlarga bo’linadi?




Darsning maqsadi va vazifalari:

a) ta’limiy: Ekskursiyaga ta’rif berishi, вiologik ekskursiyalarning bilim orttirishdagi roli. вiologik ekskursiyalarning tarbiyaviy ahamiyati, екskursiya turlari, еkskursiyaga tayyorgarlik, еkskursiyaning o’tkazish usullari, еkskursiya materiallarini ishlash va undan foydalanish.

b) tarbiyaviy. Tabiat go’zalligini bevosita his qilish shu tabiatga, Vatanga nisbatan muhabbat tuyg’ularini uyg’otadi.

v) rivojlantiruvchi: O’simlik va hayvonlar bilan o’quvchilarning tabiiy sharoitda tanishi, ularning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, biologiya o’quv predmetini o’rganishga bo’lgan havasini orttirish



Darsning turi: ma’ruza.

Dars uchun ajratilgan vaqt: 80 min. Dars o’tish joyi: ekskursiya

Darsning jixozlanishi: Adabiyotlar, tablitsa.

Fanlar bilan bog’lab o’tish: psixologiya, pedagogika, .

Xayot bilan bog’lab o’tish: insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir,

1. Sinfdan tashkari mashg’ulotlar nima?

2. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar nima maqsadda o’tkaziladi?

3. Sinfdan tashqari mag’shulotlar qayerlarda o’tkaziladi?

4. Sinfdan tashqari mag’shulotlarning ta’lim tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat.

111. Asosiy tayanch iboralar: ( 5 min) . Ekskursiya turlari, ekskursiyaning ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati. Ekskursiyaga tayyorgarlik. Ekskursiya o’tkazish usuli

4. Asosiy qism. (30min)

Tabiat va unga bog’liq ta’lim tarbiyani rivojlantirish bo’yicha Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatta ega.



Abu Nasr Farobiy o’rta asr sharqning mashhur mutaffakiri, qadimgi Yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. Farobiy qadimgi Yunon ilmining chuqur bilimdoni bo’lgan, uning Sharkda tarqalishi va rivojiga katta hissa ko’shgani tufayli uni «Sharq Aristoteli», «Muallimi Soniy» «Ikkinchi muallim» (birinchi muallim Aristotelь) deb ataydilar.

Farobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zururligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-soatdatga erishuv to’g’risida», «Aql ma’nolari» kabi asarlarida ijtimoiy tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan.

Farobiy ta’lim tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so’z- insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini o’rgatishdir, deydi olim. Farobiy o’z asarlarida axloqiy fazilatlarga to’xtalib o’z fikrlarini bayon etadi. Axloqiy fazilatlar - deganda bilimdonlik, donolik va mulohazali bo’lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko’pchilik ma’rifatini yuqori qo’yish, xakiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi.

Abu Rayhon Beruniy. Beruniyning yirik asarlariga «Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «O’tmish yodgorliklari», «Saydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bo’lishiga e’tibor beradi. Beruniy yozadi; «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Ha deb bir narsani o’qiy berish zerikarli bo’ladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli tumai bog’ rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Keyin uning hammani ko’rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning shaxsiy bilimlarini egallash yo’llari, usullari xaqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir.

Abu Rayxon Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlikdir. Beruniy inson har tomonlama kamolga yetishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi. U inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq asari mavjuddir.




Download 388,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish