Namangan davlat universiteti fizika fakulteti


Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari



Download 388,5 Kb.
bet27/34
Sana12.07.2022
Hajmi388,5 Kb.
#780512
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
FO\'M dan Kurs ishi.Xudoyqulov Pirnazar

Pedagogik amaliyotda tadqiqotning natijalari 

 «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta`lim to’g`risida»gi qonunda o’sib 
kelayotgan yosh avlodga mustahkam bilim berish, ularda amaliy ko’nikma hamda 
malakalar hosil qilish orqali kasb tanlashga yo’naltirish masalasiga alohida e`tibor 
berilgandir.
O’zbekiston maktablarida biologiya o’qitish jarayonida darsdan tashqari 
ishlar sistemasi va uni sinf darsi bilan bog`lab borish, shuningdek, uning 
o’quvchilar bilim darajasiga, ko’nikma va malakalariga ta`siri hamda uning 
samaradorligini aniqlash maqsadida pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish 
taqozo etiladi. Bu pedogogik tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun individual, guruh va 
ommaviy holda o’tkaziladigan mashg`ulot hillaridan foydalaniladi. Mazkur bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanildi. 1. Dalillarni to’plash metodi. Biologiya ta`limida sinf darsini darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishga oid ma`lumotlarni taqlil qilish orqali tegishli xulosalar chiqarish uchun quyidagilarga amal qildik: a) Biologiya o’qitishda sinf darslarini darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishga oid metodik tavsiyalar, qo’llanmalar va boshqa mavjud adabiyotlar bilan tanishish va materiallar to’plash; b) ilg`or biologiya o’qituvchilarining ish tajribalarini o’rganish va tegishli xulosalar chiqarish; v) Respublikamizda bo’lib o’tgan pedogogik o’qishlarga oid materiallarni tahlil qilish. 2. Kuzatish metodi. 2014 yil mart-may oylarida Nukus shahar 26 maktabda bo’lib, biologiya ta`limi bo’yicha biologiya darslari, darsdan va darsdan tashqari mashg`ulotlar, sinfdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan bog`lab 
o’tkazish holatlari o’rganib chiqildi. 3. Suhbat metodi. Đlmiy tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda biologiya o’qituvchilari bilan suhbatlar o’tkazidim. Bu suhbat davomida e`tibor 
asosan darsdan tashqari ishlarning rejalari, darsdan tashqari mashg`ulotlarning sinfda o’tilgan darslar bilan bog`lab borish muammosiga qaratildi. 4. Pedogogik tajriba-sinov (eksperiment) metodi. Đlmiy tadqiqot muammolarini hal qilish uchun tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalarini pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazib, ularning samaradorligi aniqlandi. Đlmiy tadqiqot ishining maqsadiga muvofiq darsdan tashqari mashg`ulotlarni biologiya darslari bilan uzluksiz bog`lab borishning o’quvchilar bilimi, amaliy ko’nikma va malakalariga ta`siri va uning samaradorligini aniqlash uchun, belgilab olingan tajriba-sinov maktablarining biologiya o’qituvchilari bilan hamkorlikda bir xil o’zlashtirishga ega bo’lgan o’quvchilar guruhi aniqlandi. Tajriba - sinov ishlarining ikkinchi bosqichida tayyorlangan metodik 
ishlanmalarning samaradorligini aniqlash hamda ularning dastlabki yutuq va kamchiliklarini sarhisob qilishga erishildi. Bajarilgan ishlarga mataxassislarning munosabatlari aniqlandi. Tashkil etilgan tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilari bilan keng xajmda va mazmundar o’quv- tarbiya ishlari olib borildi. Bunda asosiy e`tibor nazariy bilimlarini darsda, amaliy xarakterdagi faoliyatni darsdan tashqari ishlar vositasida berishga erishdik. Yuqorida tilga olingan maktablarning tajriba-sinov ishlarini olib boruvchi o’qituvchilariga metodik ishlanmalar va to’garak 
rejalari tarqatildi, tegishli metodik ko’rsatmalar berildi. 7-sinf bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda jami bo’lib 24 ta, 8-sinf 
bo’yicha esa tajriba va nazorat guruhlarida 21 tadan o’quvchi ishtirok etdi. Jami 
pedagogik tajriba-sinovda qatnashgan 7-8 sinf bo’yicha tajriba va nazorat 
guruhlarida 36 nafardan o’quvchi qatnashdi. Biologiya ta`limi asosida o’tilgan 
darslarning darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lab borishning samaradorligi, 
o’quvchilarning bilim darajalari va amaliy faoliyatlari qay darajada ekanligini 
aniqlash uchun tajriba va nazorat guruhlarida o’tkazilgan kuzatishlar, suhbatlar, 
og’zaki va yozma javoblar, test topshiriqlarining echimlari va eksperimental 
muolajalar natijalarining tahlili tajriba guruhlari vakillarining bilim saviyalari, 
amaliy ko’nikma va malakalari ancha yuqori ekanligini ko’rsatdi. Pedogogika va xususiy metodikaga doir qo’llanmalarda tajriba va nazorat sinf yoki guruhlari o’quvchilarining bilim saviyalarini aniqlash hamda amaliy ko’nikma va malakalarini taqqoslashga taaluqli turli baholash mezonlari yaratilgan bo’lib, ulardan dissertant tegishli vaziyatlarda o’z o’rnida foydalandi. Baholash mezoniga muvofiq tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining suhbatda, yozma va og’zaki javoblarda amaliy ishlarni bajarishlarda hamda hulosalar chiqarishlarda aniqlangan ko’rsatkichlarini baholashga xarakat qildik. 
To’g`ri va to’liq javoblarga «5» baho; to’g`ri, ammo to’liq bo’lmagan javoblarga «4» baho; noaniq bo’lgan javoblarga «3» baho, noto’g`ri javoblarga «2» baho qo’yish belgilab olindi. Yuqorida bayon etilgan baholash mezoni bo’yicha qo’yilgan baholardan tashqari 100 ballik sistema bo’yicha test savollariga javoblar olib tajriba va nazorat guruhlari o’quvchilarining bergan javoblarini 
taqqosladik. Darsdan tashqari mashg`ulotlarning mavzuli rejasiga muvofiq VIII-sinf 
Biologiya ta`limida sinfdagi darsni darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan bog`lashning mazmuni va uning sistemaliligini amalga oshirish orqali uning uzluksizlik hamda uzviyligini ta`minlashning tajriba-sinov ishlari natijalari asosida quyidagi fikrlarga keldik. Biologiya ta`limi dasturi va darsligiga binoan o’quvchilar biologiya fanining nimani o’rgatishi, Biologiya fanining maqsad va vazifalari, biologiya fanining shakllanishi va uning tarixi, Markaziy Osiyo va O’zbekistondagi olimlarning 

biologiya faniga qo’shgan hissalari haqidagi tegishli bilimlarni oladilar. Keyinchalik esa o’quvchilarga biologiyaning asosiy tushunchalarini va qonunlarini shakllantirish orqali bilim berish ko’zda tutiladi. Biologik jarayonlarning tafsilotlari chuqur o’rgatiladi. O’quvchilarning sinfda olgan bilimlari asosida darsdan tashqari mashg`ulotlarda fizikaviy va biologik hodisalarga oid amaliy ishlar tashkil qilinishi natijasida, o’quvchilar jism, modda va ularning xossalari, fizikaviy hamda biologik hodisalarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarib olish imkoniyatiga 


ega bo’ldilar. Olingan natijalar quyidagi xulosaga asos bo’ldi: O’tkazilgan pedagogik tajriba-sinov 
natijalari Biologiya kursi bo’yicha 7 - va 8-sinflarda o’quvchilarning darsdan tashqari ishlarini sinf darslari bilan o’zaro aloqadorligini ta`minlash, ular asosida 
tayyorlangan dars va mashg`ulotlarning metodik ishlanmalari, ularni o’tkazishdagi 
tashkiliy shakllar, foydalanilgan metod va metodik usullar maqsadga muvofiq 
ekanligini tasdiqladi. Tajriba sinov natijalari tajriba sinflari o’quvchilarining nazorat 
sinflari o’quvchilariga nisbatan nazariy bilimlari va amaliy malakalari ancha yuqori 
bo’lganligidan dalolat berdi. 
Shunday qilib, darsdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan uzviy ravishda 
bog`lab olib borish o’quvchilarning nazariy bilimlari, ko’nikma va malakalarini oshirish 
bilan birga ularning amaliy faoliyatlarini shakllantirish qamda rivojlantirishga ham samarali 
ekanligini ko’rsatdi. 
Xulosa qilib aytganda biologiya ta`limida sinfdan tashqari mashg`ulotlar bilan 

darslarni bog`lab borishning samaradorligini aniqlash uchun pedagogik tajriba-


sinov ishlarini olib borishda quyidagilar amalga oshirildi: 
a) Biologiya o’qitishda darsdan tashqari mashg`ulotlar bilan sinfda o’tilgan 
darslarni bog`lab olib borishda shakllantiriladigan eng muqim biologik 
tushunchalar majmuasi tuziladi; 
b) Biologiya ta`limida darsdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan 
bog`lab borishning tashkiliy shakllari asosida uning barcha turlari sistemalashtiriladi; 
v) Biologiyadan o’quvchilarning yakka tartibdagi darsdan tashqari ishlarining 
mavzuli rejasi tuzildi va shu reja asosida metodik ishlanmalar tayyorlandi hamda 
pedagogik tajriba-sinovdan o’tkaziladi; 
g) Umumiy o’rta ta`lim maktablarida biologiya o’quv predmetini o’qitishda 
o’quvchilarning darsdan tashqari mashg`ulotlari bilan sinfda o’tilgan darslarni 
bog`lash nuqtai nazaridan «Yosh Biologlar» to’garagining mavzuli rejasi tuzildi va 
unga tegishli mashg`ulotlarning metodik ishlanmalari tayyorlandi hamda 
pedagogik tajriba-sinovdan o’tkazildi; 
d) Metodik ishlanmalarni tayyorlashda o’quvchilarning barcha hususiyatlari 
hisobga olindi. 
1.O’tkazilgan pedagogik amaliyot ishlarining natijalari asosida biologiya 
ta`limida o’quvchilarning darsdan tashqari mashg`ulotlari bilan sinf darslarini 
bog`lash tadbirlarning mazmuni aniqlandi. 
2.Tavsiya etilgan shakl va mazmundagi tadbirlar hamda ularni amalga 
oshirish metodlari va metodik ishlanmalarining maqsadga muvofiq ekanligini 
tajriba ishlari tasdiqladi. 
3.Dars bilan uzviy ravishda olib boriladigan darsdan tashqari mashg`ulotlar 
yuksak pedagogik samara berishi isbotlandi. 



Download 388,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish