2.4. Murojaat shakllarining lisoniy xususiyatlari
Badiiy adabiyotning vazifasi inson qalbining, dilining “sirli”, “yashirin” nuqtalarini yoritishdan iborat bo`lsa, badiiy til badiiy mahoratning uzviy bo`lagidir. Til orqali yozuvchi asar qahramonlarining murakkab, o`ziga xos xarakterli xususiyatlari, o`y-mulohazalari, his-tuygularini, shu jumladan, sharoit va muhitning inson ruhiyatiga ta`sirini tahlil qiladi.
Badiiy asar yaratish borliqni badiiy obrazlarda idrok etish va qayta yaratish jarayoni bo`lib, san`atkor zimmasiga umumxalq tili boylik va imkoniyatlaridan oqilona va unumli foydalanish mas`ulyatini yuklaydi. Zero, umumxalq tili fikriy rang-barang bo`yoq va shakillarda ifodalash imkoniyatini beruvchi bitmas-tuganmas xazinaki, uning javohirlaridan har bir yozuvchi o`z kuzatuvchanlik qobilyati, falsafiy mushohadasi va badiiy mahorati doirasi hamda darajasida foydalanadi.
Ijodkorning til sohasidagi san`atkorligi birinchi galda shunda namoyon bo`ladiki, u keng iste`moldagi so`z va iboralarni mohirona qo`llash bilan bir qatorda, xalqning ilg`or, peshqadam vakili sifatida umumxalq tili boylik va imkoniyatlari mumtazam ravishda kengaytira boradi. O`z tili materiallari asosida yangi so`z va iboralar yaratadi, har xil dialoglarda va umuman og`zaki nutqda mavjud bo`lib, adabiy-yozma nutq boyligi hisoblanmaydigon ayrim leksik va frazeologik birliklarni umumxalq sharoitlarda qo`llash yoli bilan ularga yangi ma`no va vazifalar yuklaydi.
Badiiy nutqning kommunikativ va shu bilan birga estetik vazifa bajarishi ma`lum. Badiiy uslubning boshqa uslublardan ajralib turadigan asosiy belgisi uning estetik funksiyasi, obrazliligi va ekspressivligidirІ.
Til mohiyatan, ichki qurilishi jihatidan denotativ (atash, nomlash, nominativ) va konnotativ ma`no bildirib, shu asosda aloqa vazifasini bajara oladigan vosita
38
ekanligi uning ichki dualizmi, bir tomondan, ob`yektiv borliqni aks ettiruvchi tafakkurning shakli: ikkinchi tomondan, har bir elementning mohiyati shu elementning boshqa elementlar bilan bo`lgan ichki munosabatlaridan kelib chiqadigan mustaqil tizimdir.
Shekspirning “Hamlet” asarida personajlar unchalik ko`p emas. Qirol, qirolicha, saroy a`yonlari, Hamlet, Ofeliya va bir necha posbonlar obrazi aks ettirilgan o`ziga xos pesa. Ammo mo`jazgina ushbu asar orqali Shekspir jahon adabiyotida chinakam buyuklikka erishdi. Uning qahramonlari adabiy tip darajasiga ko`tarilib, dunyoning deyarli barcha teatr sahnalarida qayta-qayta ijro etildi. Qolaversa Shekspir asarlari kirmagan xalqlar adabiyotining o`zi qolmadi, hisob. Har bir davr o`zining Shekspirlarini kashf etib, yangi-yangi talqinlarni keltirib chiqarmoqda. “Hamlet”dagi murojaat shakllari ham asarning o`zi kabi sodda va sirlidir. Har bir personajning o`z tili, o`z murojaat shakli bor. Birini ikkinchisidan ajratish qiyin emas. Asar personajlarining o`zaro muloqotlari, bir-birlariga qilgan murojaatlaridan Shekspir davri koloritini ham bilib olish mumkin. “Hamlet”ning dastlabki sahnasida posbonlar Bernardo va Fransisko tilidan ifodalangan o`ziga xos murojaatni ko`ramiz. Jumladan, Hamletga nisbatan turli qahramonlar tildan milord, shahzodam, begim so`zlari murojaat birligi sifatida qo`llanadi. Masalan, Hamlet:
Hisob-kitob, Horatsiy! To`y dasturxoniga
Tortiladi darrov motam-aza chalpagi.
Bu savdoni yana bir bor tatib ko`rgandan,
Men jannatda qarshilardim dushmanni xursand.
Marhum otam ro`paramda turgandek xuddi.
Horatsio:
Qayda, aziz shahzodam? (225-bet)
39
Murojaat shakllari masalasi tarjimashunoslikda milliy o`ziga xoslikni qayta yaratish muammolari sirasiga kiritilib tadqiq etiladi. Yuqorida ta`kidlanganidek, unda Shekspir davrining o`ziga xos milliy koloriti aks ettirilgan. Shu bois bunday tasvir vositalarini nasroniy bo`lmagan, jumladan, islom diniga e`tiqod qiluvchi xalqlar tillariga o`girganda ana shu kolorit masalasini esdan chiqarmaslik, Shekspirni shaqonalashtirmaslik lozim bo`ladi. Yuqoridagi sahnaning davomida posbonlarga Qirolning arvohi ko`ringach, Martsel Bernardoga gap qotadi.
Arvoh kiradi
Martsell:
Jim! Gapirma! Damingni yut! Qara, mana u!
Bernardo:
Savlatidan xuddi marhum qirolning o`zi.
Martsell:
Sen bilag`on, unga qarab so`z qot, Horatsio!
Yuqoridagi tarjimalarda ikki jihat e`tiborni tortadi. Buni M.Shayxzoda “Ana boq, tag`in u arvoh” tarzida aniq o`girgan. Ammo jamol Kamolda faqat “Qara, mana u!” deyiladi xolos. Bunda arvohning yana bir bor ko`ringanligi personaj tomonidan ta`kidlanmagan. Ikkinchidan, Marsell Bernardoga arvoh bilan gaplashishni aytib, unga “art a scholar!” deb murojaat qiladi. Ingliz tilida “scholar“ so`zini – donishmand, olim, talaba ma`nolari bor. Buni M.Shayxzoda “donishmand” deb beradi. Bu haqiqatdan ham asliyatga mos. Ammo Jamol Kamol kontekstdagi vaziyatdan kelib chiqib yana bir bosh so`zni, “bilag`on”ni qo`llaydi. Chunki bunday holatlarda, aniqrog`i, saltanatni qo`riqlayotgan posbonlar bir-birlariga nisbatan “donishmand” deb emas, “bilag`on” deb murojaat etishlari haqiqatga yaqinroq va tabiiyroqdir.
40
Murojaat birliklari badiiy asarda personajlarning turli nutqiy vaziyatlarda his−tuyg`ulari, borliqqa, tinglovchiga munosabatini yaxlit tarzda ifodalaydi. Murojaat birliklari dramatik turga mansub asarlarda ham psixologik tahlil uchun keng imkoniyatlar yaratadi.16
Murojaat birliklari gapni ham shaklan, ham mazmunan murakkablashtiruvchi vositalar bo`lib, appelyativ vazifadan tashqari poetik, estetik va turli nutqiy vaziyatlardan so`zlovchining kommunikativ maqsadidan kelib chiqib, pragmatik vazifa bajarishi mumkin. CHunki aksariyat murojaat birliklarida ob`ektga nisbatan ijobiy yoki salbiy baho ifodalanadi. Murojaat birligi sifatida qo`llangan lisoniy birlik sub`ekt va ob`ekt munosabatining simmetrik yoki asimmetrik ekanligini ko`rsatib turadi.17
Ma`lumki, murojaat inson nutqiy jarayonining ajralmas qismi bo`lib, tinglovchini xabar-ma`lumot olishga tayyorlash, uning e`tiborini tortish demakdir. Murojaat asosan tinglovchiga yo`naltirilsa-da, so`zlovchi mavqei ham murojaat jarayonida unga teng yoki undan balanddir, chunki murojaat shakli va unda ifodalanuvchi qo`shimcha ottenkalarni so`zlovchi tanlaydi: murojaatni shakllantiradi.18
Murojaat shakli nutqda til birliklarining faol harakatida yuzaga chiqadi. Murojaat shaklining keng o`rganilgan shakli an`anaviy tilshunoslikda undalma deb belgilanadi va tahlil qilinadi.
“Hamlet” tragediyasida murojaat birliklari oddiy murojaat qilish, tinglovchining diqqatini jalb etishdan tashqari qahramonlarning o`tkir his-tuyg`ulari, turli voqea-hodisalardan ta`sirlanishlarini jonli va hayajonli tasvirlash imkonini bergan. Murojaat birliklarini kimga nisbatan qo`llanishiga ko`ra quyidagi guruhlarga ajratdik:
Акбарова З. Тил ва мурожаат.//Ўзбек тили ва адабиёти.2014 йил, 3−сон, 92−бет.
Ҳакимов М. Ўзбек прагмалингвистикаси асослари.−Тошкент, Академнашр, 2013, 20−бет.
Акбарова З. Ўзбек тилида мурожаат шакллари ва унинг лисоний тадқиқи. Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Тошкент, 2007. – Б. 18.
41
1. Tangriga murojaat. Masalan:
Arvoh:
Boqiylik bu, foniy inson buni anglamas,
Ammo eshit, eshitib ol, eshitgil, evoh,
Sen otangni chindan sevar bo`lsang mabodo…
Hamlet:
Do'stlaringiz bilan baham: |