Yo, Xudoyim, Yo Rabbano, Yo Parvardigor! (222-bet)
Yana shuni ham ta`kidlash kerakki, "Hamlet"ning har ikki o`zbekcha tarjimalarida asliyatdagi diniy o`ziga xoslikni aniqlashtirib, konkretlshtirib tarjima qilish usuli faolroqligi ko`rinadi. Quyidagi misolga e`tibor beraylik
Qodir qasos qanday qoyim bo`lmasin, faqat
Sen ruhingni musaffo tut, onangga tegma.
Unga odil hakam, uning loyiq javobi -
Tangri taollo-yu, yana vijdon azobi. (225-bet)
Yuqoridagi misolda Shekspir Qirol arvohi tilidan o`g`li Hamletga o`limimng sababini aytish bilan birga kelajakda nimalar qilish lozimligini ham ta`kidlaydi. Bunda onasiga nisbatan har qancha nafrat yig`ilgan bo`lsa ham, undan qasos olmaslikni, yaratganning hukmiga va uning vijdoniga havola qilib qo`yishni so`raydi. O`rni bilan aytish kerakki, qirol Hamlet o`z rafiqasini qanchalik sevgan, hatto o`lganda ham undan voz kechmagamligini ko`rishimiz mumkin:
Qodir qasos qanday qoyim bo`lmasin, faqat,
35
Sen ruhingni musaffo tut, onangga tegma.
Unga odil hakam, uning loyiq javobi –
Tangri taoloyu yana vijdon azobi. (242-bet)
Zero, tarjimada bunday xil ruhiy kechinmalarni qayta yaratishning o`zi bo`lmaydi.
Asarda diniy tushunchalarni ifodalovchi quyidagi so`zlar ham qo`llangan:
Shariat so`zi arabcha bo`lib, aslida musulmonlarning qur`on asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonun-qoidalari majmui13ni ifodalaydi. Tragediya tarjimasida esa xristianlik urf-odatlariga nisbatan ham Jamol kamol tomonidan qo`llangan.Masalan:
Shariatning rasm-rusmi xuddi bir ermak,
Qilmishingiz ko`rib hatto qizarar falak. (312-bet)
Mahshargoh so`zi mahshar (ar.) diniy e`tiqodga ko`ra dunyo tamom bo`lgandan keyin butun o`lgan kishilar tirilib, so`roqqa to`planish kuni va –goh – o`rin-joy oti yasovchi qo`shimcha birikishidan hosil bo`lgan va mahshar sodir bo`ladiga er14 ma`nosini beradi.
Na tazarru ayta oldim, na bir alvido,
Mahshargohga jo`natishdi hovliqib, shoshib… (243-bet)
Turli avliyolar nomi: Patrik, Lazar, Bibi Maryam kabi. Masalan:
Hamlet: Bibi Maryam, so`nggi marta ko`rishganimizdan buyon bir qarich samoga sakrabsiz-ku. (273-bet) Yoki: Yo`q, bor, Bor, Horatsiy, Patrik haqi qasam ichaman. (245-bet)
O’zbek tilining izohli lug’ati. – Moskva: Russkiy yazыk, 1981, 2-jild, 398-bet.
O’zbek tilining izohli lug’ati. – Moskva: Russkiy yazыk, 1981, 1-jild, 458-bet.
36
Arvoh so`zi ham arabcha bo`lib, diniy tushunchalardan biri.diniy aqidalarga ko`ra faqat odamda bo`ladigan, u bilan xudo o`rtasida vositachi bo`ladigan g`ayri moddiy, o`lmas, abadiy asos.15
Shunday bir qiyomatni aytish qasdida
Do'stlaringiz bilan baham: |