2.2. “Hamlet” tragediyasi o`zbekcha tarjimalarida atoqli otlarning qo`llanishi
Atoqli otlar va realiyalarning bog`liqligi borasida so`z yurita turib, shuni qayd etish kerakki, atoqli otlarni realiyalarga taalluqliligi nuqtayi nazaridan olimlar o`rtasida bahs bor. Atoqli otlar har doim o`lkashunoslik, madaniy axborot tashuvchisi hisoblanadi.
G. D. Tomaxin butun onomastik leksikadan onomastik realiyalarni ajratadi. Ular oddiy atoqli otlardan farqli o`laroq, milliy buyokdorlikka ega. Onomastik realiyalarga u quyidagilarni kiritadi:
Madaniy-tarixiy assotsiatsiyaga eta bo`lgan geografik nomlar(toponimlar);
Antroponimlar - tarixiy shaxslar, jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, san`at arboblari, mashhur sportchilar, badiiy adabiyot va folklor personajlarini
nomlari;
Adabiyot va san`at asarlari nomlari; tarixiy faktlar va mamlakat hayotidagi voqealar; davlat va jamoat tashkilotlari nomlari va hokazolar. A.S. Vinogradov atokli ot bu xamisha realiya deganidir, deb hisoblaydi. Nutqda u haqiqatan ham mavjud bo`lgan yoki o`ylab topilgan fikr, shaxs yoki joy ob`ektini nomlaydi. Har bir bunday nom odatda u ifoda etgan obektning milliy va maxalliy tegishliligi haqidagi ma`lumotni o`z ichiga oladi. S.Vlaxov va S. Florinlar tomonidan shakllangan kontseptsiya bizda kizikish uygotdi. Ular atokli otlarni mukrbilsiz leksikaning mustakil sinfi sifatida karashadi. “Ular (atoqli otlar) tarjimada o`z tarjima usuliga va belgilariga ega bo`lib, albatta, realiya “tarjima”si usullari bilan ular dan farqlanadi”
Tarjimashunoslikda ismlarni tarjima qilishning bir necha usullari borligi aytiladi:
30
Agarda har ikki tilda bir-biriga ohangdosh ismlar bo`lsa, ularni transkriptsiya qilinadi;
Lotincha ismlarni rus yoki boshqa alifbo asosida transliteratsiya qilish;
Turli leksik vositalar bilan tarjima qilish.
Biz yuqorida ko`rsatib o`tgan usullarning oxirigisa haqida yana shuni aytish mumkinki, ismlar tarjimasi ham ikki yo`l bilan amalga oshiriladi. Birinchisi, chet tilidagi ismning tarjima tilida muvofiq varianti bo`ladi. Masalan, inglizlardagi Makl
ruslarda Mixail. Bular har ikki xalq madaniyati, tarixining yaqinligidan dalolat beradi.
Ikkinchi holatda esa, ismlarning ma`no-mohiyatiga qarab tarjima qilinadi. Jumladan, laqab, taxallus ma`nolarida qo`llaniladigan hind ismlaridan Running Deer
— Chopqir kiyik, yolki Leather Stocking — Charm paypoq. Shuningdek, biror gulning nomi bilan bog`liq ismlar tarjimasida ham qiziqarli holat kuzatiladi.
Masalan: Rose - Roza, Feith - Vera (Ishonch) va boshqalar.(qarang:http://www.kakzovut.ru/perevod-imen.html dan olindi )
Alohida xususiyatga ega bo`lgan diniy-tarixiy ismlar tarjimasi esa, o`ziga xosligi bilan farqlanib turadi. Masalan, Abraham - Avraam - Abraham - Ibrohim, Jakob - Yakov - Yaqub, Esus - Iyusus - Iso, Muhammed - Magamet - Muhammad, Yosef - Iosif - Jusuf. Bunday ismlarni tarjima yo`li bilan o`girish tushunarliroq bo`ladi.
Ismlar doimo muayyan shaxs xususiyatlari bilan bog`liq bo`ladilar. Faqatgina ular boshqa tillarga tarjima etila boshlanganligidan keyingina turli o`zgarishlarga uchraganlar. Muhimi, tarjimada bo`lsa ham ularning jaranglashidir. Odatda ismlarni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilishda transkriptsiyalashga urg`u beriladi. Ammo shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, bir tildagi ism jaraangosi boshqa til tabiatilga to`g`ri kelmasligi mumkin. Ism - realiyalar, har bir xalqning milliy xususiyatlarining ajralmas qismi hisoblanar ekan, ularni boshqa tillarga tarjima qilish o`ziga xos muammolar keeltirib chiqarishini unutmaslik lozim. Bizga ma`lumki inglizlardagi Hamlet rus tiliga Gamlet deb tarjima qilinadi. Bu inglizcha
31
"h" tovushining rus tilida yo`qligidan kelib chiqqan. Shu sabab unga yaqin keladigan "g" muqobil jarangli tovush sifatida olinib, tarjima qilingan.
Atoqli otlar ingliz tilidan o`zbek tiliga aynan o`z holicha tarjima qilinadi. Kishilarga va narsa-buyumlarga qo`yilgan nomlar qaysidir ma`noda o`zida
milliylikni mujassam etadi. Boshqa tildagi nomni ona tiliga moslab o`girish asl matn mazmunidan chetlashishga va umuman boshqa bir yangi asarning yuzaga kelishiga olib keladi. So`nggi paytlarda adabiyotlarda ismlar chet tilidan tarjima qilinganda “G” va ”H” harflarining ishlatishdagi muammosiga duch kelamiz. Ko`rib chiqayotgan tarjimalarimizda ham uchratamiz.
Goratsio-Horatsio
Gamlet-Hamlet
Gertruda-Hertruda
Gekuba-Hekuba
Shuni aytish kerakki, "Hamlet"dagi personajlarning nomlari Maqsud Shayxzodaning bilvosita tarjimasida ruscha matnga ergashganligi bois ko`p ismlar ruscha tarjima talaffuzida qolib ketgan. Aytish kerakki, bunday usul o`sha davrda hamma uchun bir xil me`yor sifatida qabul qilingandi. Chunki u davrlarning aksariyat o`zbek kitobxonlari (ayrim mustasno holatlarni inobatga olmaganda) yoki tamoshabinlari London tugur sobiq ittifoqdan tashqariga chiqishlari ma`n etilgandi. Ana shu sababdan G`arb tillaridagi aksariyat "h" tovushi bilan boshlanadigan so`zlar rus tilida "g"bilan qabul qilinganligi yo`rig`idan boshqa ittifoqdosh respublikalarda ham ana shunday qolipda bo`lishi talab qilingan. Msalan, Hamlet - Gamlet, Hamburger - Gamburger, Hitler - Gitler, Heine - Geyne, Hollywood - Gollivud va hakazo. Ammo shunga qaramay, Shayxzoda domla o`sha paytda ham Hamletni - o`zbek tilida ham Hamlet tarzida berishga jazm qila olgan. Ammo bu usul barcha
32
ism va nomlarga nisbatan qo`llay olinmagan, ya`ni, Horationi - Goratio deb berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |