Adolf Hitler
Adolf Hitler
(20-aprel 1889, Innadagi
Braunau, Avstro-Vengriya — 30-aprel
1945, Berlin, Uchinchi reyx), 29-iyul 1921-
yildan Milliy-sotsialistik nemis ishchilar
partiyasining yetakchisi (
führer
), 31-
yanvar 1933-yildan milliy-sotsialistik
Olmoniyaning reyxskansleri, Ikkinchi
jahon urushi davrida Olmoniya qurolli
kuchlarining bosh qoʻmondoni.
Adolf Hitler
Olmoniyaning führeri va
reyxskansleri
Hukmronligining boshlanishi:
30-yanvar
1933
(reyxskansler)
19-avgust
1934 (kansler
va fyurer
titullari bilan
davlat
boshligʻi)
Hukmronligining tugashi:
30-aprel 1945
Partiya:
NSDAP
Oʻtmishdosh:
Kurt Schleicher
(reyxskansler)
Paul von Hindenburg
(reyxsprezident)
Voris:
Joseph Goebbels
(reyxskansler)
Karl Dönitz
(reyxsprezident)
Tugʻilgan sanasi:
20-aprel 1889-yil
Tugʻilgan joyi:
Innadagi Braunau,
Avstro-Vengriya
Vafot sanasi:
30-aprel 1945-yil
Adolf Hitler (haqiqiy familiyasi
Shiklgruber; 1889-1945) — Olmoniya
fashistik davlati boshligʻi (1933-yilda
reyxskansler boʻlgan, 1934-yildan bu
mansabni prezident lavozimi bilan
birlashtirgan), fashistlar natsional-
sotsialistik partiyasining fyureri (dohiysi;
1921-yildan). Olmoniya ommaviy
terrorchi fashist rejimini oʻrnatgan.
Ikkinchi jahon urushini boshlash, SSSRga
hujum qilish (1941-yil iyun)
tashabbuskori. Sovet qoʻshinlari Berlinga
(56 yoshda)
Vafot joyi:
Berlin, Uchinchi reyx
Turmush oʻrtogʻi:
Eva Braun
kirgach, oʻzini-oʻzini oʻldirmagan balki
antartikaga joʻnagan. Nyurnberg sud
jarayonida asosiy natsist harbiy
jinoyatchi deb topilgan.
Bolaligi va yoshligi
Adolf Hitler 1889-yili 20-aprelda Innadagi
Braunau (Avstriya) shahrida tugʻilgan.
Boʻlajak fyurerning otasi Alois Hitler
Hitler chaqaloqlik paytida
(1837-1907) oldin etikdoʻz boʻlgan, keyin
esa bojxona xodimi boʻlib ishlagan;
noqonuniy tugʻilganligi sababli u 1876-
yilgacha onasining familiyasi
shiklgruberni olgan (Adolf keng tarqalgan
fikrga qaramay, bu familiyani hech
qachon olmagan). Alois yuqori
boʻlmagan ober-ofitsial mansabiga ega
edi. Onasi Klara Pölzl, qizlik familiyasi
Pelsl, ishchilar oilasidan kelib chiqqan.
16 yoshida Hitler toʻliq oʻrta taʼlimni
bermaydigan Linsdagi maktabni
tamomlaydi. Vena badiiy sanʼatlar
akademiyasiga kirish urinishlari omadsiz
boʻladi. Onasining vafotidan soʻng (1908)
Hitler Venaga koʻchib oʻtadi, u yerda
uysizlarga beriladigan boshpanalarda
yashab, tasodifiy ish haqlariga kun
koʻradi. Oʻsha paytda u oʻzining bir qator
akvarellarini sotishga muvaffaq boʻladi.
Adolfning qarashlari mashhur antisemit
Venaning ober-burgomistri Karl
Luegerlarning taʼsiri ostida shakllangan.
U nemis millatining buyukligi va alohida
missiyaga ega ekanligiga ishonar edi.
Hitlerning vegetarianligi
Adolf Hitlerning koʻpchilik biograflari u
1931-yildan to 1945-yildagi oʻlimiga
qadar vegetarian boʻlganligi haqidagi
fikrni maʼqullashadi. Bu fikrga qarshi
argumentlar ham talaygina. Har qanday
holda, ikkala taraf Gitler goʻshtni
ovqatidan olib tashlamagan boʻlsa ham,
uning isteʼmolini chegaralaganligiga
qoʻshiladilar.
Birinchi jahon urushi
1913-yil mayida Hitler Myunhenga
koʻchib oʻtadi, u yerda akvarellari bilan
savdo qilib odatiy hayotini kechiradi.
Urushning birinchi oyida u nemis
armiyasiga oʻz xohishi bilan yoziladi.
Fransiya va Belgiyada oddiy askar
sifatida, soʻng yefreytor boʻlib xizmat
qiladi. Oʻn oltinchi Bavariya Zahira
Polkining yuboriluvchi shtabi sifatida
jang operatsiyalarida ishtirok etadi. Ikki
marta jarohatlangan, II va I darajali Temir
xochlar bilan mukofotlangan.
NSDAPning boshligʻi
Olmoniya imperiyasining urushda
magʻlubiyatga uchrashini va 1918-yilning
Noyabr qoʻzgʻolonini Hitler gʻalabador
nemis armiyasiga „orqasiga pichoq
urgan“ xoinlarning qilmishi deb
hisoblagan.
1918-yilning oxirida u Myunhenga qaytib
keladi va reyxsverga aʼzo boʻladi.
Qoʻmondonlikning buyrugʻiga binoan u
Myunhendagi qoʻzgʻolon hodisalarining
ishtirokchilariga material yigʻar edi.
Kapitan E. Remning maslahatiga koʻra
(keyinchalik Hitlerning yaqin safdoshi) u
Myunhendagi „Nemis ishchilar partiyasi“
tarkibiga kiradi. Partiya boshqaruvidan
uning yaratuvchilarini tezda siqib
chiqarib, u toʻla huquqli yetakchiga —
führerga
aylanadi. Gitlerning
tashabbusiga koʻra 1919-yili partiya
yangicha nomlanadi — Nemis milliy-
sotsial ishchilar partiyasi (nemis
transkipsiyasida NSDAP). Siyosiy
publitsistikada ularni sotsialchilar
Sotsi
deb atalganidek
Natsi
deb atashadi.
Asosiy gʻoyalar
Oʻsha paytgacha shakllangan Hitlerning
asosiy gʻoyalari NSDAP dasturida oʻz
aksini topadi. Hitler gʻoyalarining
aksariyati avtobiografik kitob „Mening
kurashim“ (
"Mein Kampf"
)da bayon
etilgan.
[1]
1920-yillarning boshlariga kelib NSDAP
Bavariyaning eng koʻzga koʻringan oʻng
ekstermistik tashkilotiga aylanadi. Hujum
otradlari boshida Ernst Röhm turadi.
Hitler tez orada u bilan hisoblashish
kerak boʻlgan siyosiy shaxsga aylanadi.
= "Pivo qoʻzgʻoloni"
1923-yilning oxiriga kelib Olmoniyadagi
tanglik oʻtkirlashadi. Bavariyada
parlament hukmronligiga qarshi va
diktatura oʻrnatilishining tarafdorlari
bavar administratsiyasi fon Kar atrofida
toʻplanadilar, toʻntarishdagi faol rol
Hitlerga va uning partiyasiga berilgan edi.
1923-yil 8-noyabr kuni Hitler
Myunhenning „Byurgerbraukeler“
pivoxonasidagi mitingda milliy
qoʻzgʻolonning boshlanishini va
Berlindagi sotqinlar hukmronligining
agʻdarilishini eʼlon qiladi.
Fon Kar boshchiligidagi Bavariyaning
yuqori amaldorlari bu eʼlonga
qoʻshilishadi. Tunda NSDAPning otradlari
Myunhenning maʼmuriy binolarini band
eta boshlaydilar. Ammo, oradan koʻp vaqt
oʻtmay, fon Kar va uning atrofidagilari
markaz bilan kompromissga kelishga
qaror qiladi. 9-noyabrda Hitler oʻz
tarafdorlarini markaziy maydonga olib
chiqib, „Feldgerenxale“ga yoʻl olganda
reyxsverning qismlari ularga qarshi oʻq
ochishadi. Oʻldirilgan va
jarohatlanganlarni olib millatchilar va
ularning tarafdorlari koʻchalarni tark
etishadi. Olmoniya tarixiga bu epizod
„pivo qoʻzgʻoloni“ nomi ostida kiradi.
1924-yil fevral-mart oylarida qoʻzgʻolon
boshchilari ustidan sud jarayoni
boshlanadi. Sudlanuvchilar kursisida
faqatgina Hitler va uning bir necha
tarafdori oʻtirishadi. Sud Hitlerni 5 yilga
qamoqqa mahkum qiladi, ammo 9 oydan
soʻng uni ozodlikka chiqarib yuborishadi.
Hitler-reyxskansler
Adolf Hitler 1933-yilda
Yetakchisini yoʻqotgan partiya
parchalanib ketadi. Hitlerga hammasini
deyarli boshidan boshlashga toʻgʻri
keladi. Unga hujum otryadlarini tiklashni
boshlagan Röhm katta yordam
koʻrsatadi. Ammo, NSDAPning qayta
tugʻilishida Shimoliy va Shimoli-Gʻarbiy
Olmoniya oʻng ekstremistik
harakatlarining yetakchisi Gregor
Strasser hal qiluvchi rolni oʻynaydi. Ularni
NSDAP qatorlariga qoʻshib, u partiyaga
viloyat (bavar) darajasidan umummilliy
siyosiy kuchga aylanishiga yordam berdi.
Bu vaqtda Hitler umumgerman darajada
yordam axtarar edi. U generalitetning
ishonchini qozonishga va sanoat
magnatlari bilan aloqa oʻrnatishga
muvaffaq boʻladi. 1930-va 1932-yilgi
parlament saylovlari millatchilarga
deputat mandatlarining jiddiy oʻsishini
olib kelganida, davlatning hukmron
doiralarida NSDAPni siyosiy
kombinatsiyalarning ishtirokchisi sifatida
jiddiy koʻra boshlashdi. Hitlerni partiya
boshchiligidan chetlashtirib, vazifani
Strasserga yuklash harakati amalga
oshirildi. Ammo, Hitler raqibi va yaqin
doʻstini darrov izolyatsiya qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |