. Wordda matn yozish qoidalari
Hujjatning korinishlari
Word dasturi hujjatni tayyorlash maqsadidan kelib chiqib uning quyidagi korinishlari holatlarini tavsiya etadi.
Oddiy ( ) holat matnni kiritish, tahrirlash va formatlash uchun moljallangan. Bu holatda sahifa hoshiyalari, rasmlar korinmaydi. Bu holatdan matnning mazmuni koproq ahamiyatli bolganda foydalaniladi.
Web-hujjat ( ) holati matnni Internet dasturlarida (masalan, Windows tarkibidagi Internet Explorerda) korsatish uchun tayyorlanganda foydalanish qulay. Bu korinishda fon, rasmlar va matn Internet sahifasidagi korinishda aks etadi.
Sahifa ( ) holati (A-rasm). Bu holatda matn hoshiyalari, rasmlar va boshqa qismlari chop etishga moljallangan sahifadagi kabi korinishda aks etadi. Odatda, bu korinishda vertikal va gorizontal chizgichlar aks etib turadi.
Struktura ( ) holati (B-rasm) matn tarkibini korib turish, matn qismlarini nusxalash, kochirib otkazish yoli bilan matnni qayta tashkil etishda ishlatiladi.
Oqish ( ) holati hujjatni ekranda oqish uchun juda qulay. Bu holatda uskunalarning bazi panellari aks etmasligi mumkin.
Toliq ekran ( ) holati hujjatni ekranda kozni charchatmasdan korib chiqish uchun qulay. Bu holatda hujjat sahifasining olchamlari ekran olchamlariga mos ozgaradi va ekranda faqat sahifa aks etadi.
Matn yozish qoidalari
Wordda matn yozganda quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir:
Barcha matn muharrirlarida bolgani kabi Wordda ham matnning bir satrga sigmagan qismi yangi satrga avtomatik kochadi.
Yangi abzasga otish uchun Enter klavishini bosish zarur.
Hap qanday tinish belgisidan keyin probel (bosh joy) klavishi bosilishi shart, tinish belgisidan oldin probel bosilmaydi.
“Qatiy probelni joylashtirish uchun Ctrl, Shift, probel klavishlari birgalikda bosiladi. Qatiy tire satr ohirida yozilgan probel qatnashgan jumla (masalan, N. Solixova) ajralib qolmasligi uchun, yani bir satrda joylashishi shart bolganda ishlatiladi.
“Defis (tire, ) belgisi probellarsiz yoziladi, masalan: qovuntarvuz.
“Uzun tire () ikki tomondan probellar bilan ajratiladi. Uni yozish uchun Ctrl, Alt va yordamchi klavishlar majmuidan uzun tire klavishlari birgalikda bosiladi.
“Qatiy tireni yozish uchun Ctrl, Shift va klavishlari birgalikda bosiladi. Qatiy tire satr ohirida yozilgan defis qatnashgan soz (masalan, 5-sinf) ajralib qolmasligi uchun, yani bir satrda joylashishi shart bolganda ishlatiladi.
Qavs, tirnoq yoki qoshtirnoq ichiga olingan sozlar ulardan probellar bilan ajratilmaydi, masalan: Windows XP.
Rim raqamlarini yozish uchun I, V, X, L, C, M kabi bosh harflardan foydalaniladi.
-
Oddiy tire bilan yozilgan
|
Qatiy tire bilan yozilgan
|
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 150-sonli maktab
|
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 150‑sonli maktab
|
-
Oddiy probel bilan yozilgan
|
Qatiy probel bilan yozilgan
|
137-sonli maktab 6-sinf oquvchisi B. Haitov
|
137-sonli maktab 6-sinf oquvchisi B. Haitov
|
Hujjatda harakatlanish
Hujjatda yurgich klavishlar yordamida quyidagicha harakatlantiriladi:
bir satrdan ikkinchisiga yoki bir belgidan ikkinchisiga yonalish klavishlari;
bir sozdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda → yoki ← klavishlarini bosish yordamida;
bir abzasdan ikkinchisiga Ctrl klavishini bosib turgan holda ↑ yoki ↓ klavishlarini bosish yordamida;
bir sahifadan ikkinchisiga PageUp va PageDn klavishlari yordamida;
satr boshiga Home, satr ohiriga End klavishlari yordamida;
matn boshiga Ctrl + Home, matn ohiriga Ctrl + End klavishlari yordamida.
Hujjat tayyorlashda matn yozish qoidalariga amal qilish muhim ahamiyatga ega. Matn yozish qoidalarining asosiylari darslikda keltirilgan. Mazkur qoidalarga amal qilmasdan tayyorlangan hujjat korimsiz chiqishi, u formatlanganda (masalan, sahifa olchami ozgartirilsa) kutilmagan natijaga (masalan, abzatslar bir biriga qoshilib ketishi,
) olib kelishi mumkin. Bunday hollarni avvaldan tayyorlab qoyilgan misollar yordamida oquvchilarga namoyish etish maqsadga muvofiq.
Hujjatda yurgichni harakatlantirishni tortta yonalish klavishlari yordamida amalga oshirish mumkin. Ammo yurgichni hujjat boylab harakatlantirishning boshqa usullari ham borki, ulardan foydalanish hujjat tayyorlashni tezlashtirib, vaqtni tejashga imkon beradi. Ushbu usullar darslikda batafsil bayon etilgan. Bu usullar amalda namoyish etiladi. Buning uchun avvaldan bir necha sahifalik matn tayyorlab qoyish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |