Mavzu: jismoniy madaniyatning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari



Download 3,72 Mb.
bet1/4
Sana01.06.2022
Hajmi3,72 Mb.
#627646
  1   2   3   4
Bog'liq
jismoniy madaniyatning jamiyatdagi a


MAVZU: JISMONIY MADANIYATNING JAMIYATDAGI ASOSIY FUNKSIYA VA SHAKLLARI

Reja:
1. Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining ahamiyati.
2. Jismoniy madaniyatning maxsus funksiyalariga tavsif.
3. Jismoniy madaniyatning umumiy funksiyalariga tavsif.
Tayanch iboralar: Jismoniy madaniyat, funksiya, maxsus funksiya, ta’lim va tarbiya funksiyasi, amaliy funksiyasi, sport funksiyasi, rekriativ va sog’lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi, estetik funksiya, normativ funksiyasi, axborot funksiyasi.
Maktablarda va universitetlarda o’rganganlarimiz – bilim emas, bilim olish yo’li xolos.
R. Emerson
Jismoniy madaniyatning jamiyatda asosiy funksiya va shakllarining ahamiyati.
Jismoniy tarbiyaning haqiqiy ijodkori xalq ommasidir. Hozirgi zamon sport turlari va o’yinlarining ko’pchiligi masalan; kurash, boks, og’ir atletika, qilichbozlik kabilarning asosi qadim zamonlarda xalq tomonidan yaratildi, bir necha avoldlar ularni ehtiyotkorlik bilan saqladi va takomillashtirib bordi.
Yozma yodgorliklar, xalq dostonlari, epos va jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotida jismoniy tarbiya tarixini manbayi bo’lib xizmat qiladi. Madaniy tarixiy jarayonning mazmuni va asosini kishining jismoniy va intellektual qobiliyatlari uning ahloqiy va badiiy estetik sifatlarini rivojlanishi tashkil etadi. Madaniyat masalalari mustaqil O’zbekistonda eng muhim va dolzarb sohalardan biridir.
SAVOL:
Jismoniy madaniyatning funksiyasi va shakllari deganda nimani tushunasiz?
Jismoniy madaniyatning qanday funksiyalarini bilasiz?
Jismoniy madaniyatning ahamiyatini, o’rnini va ijtimoiy hodisalar tizimidagi joyini chuqurroq tafakkur qilish uchun uning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllarini tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Busiz jismoniy madaniyatning qonunlarini va uni rivojlanishini boshqarish mumkin emas.
Jismoniy madaniyatni funksiyalari o’z-o’zidan to’liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini aktiv faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo’naltirilgan holda ishlatiladi. Jismoniy madaniyat funksiyalarida uni faoliyat mazmuni, shu bilan birga har bir shaxs uchun va umuman jamiyat uchun ahamiyati oshib boriladi. Jismoniy madaniyatni funksiyalari, har qanday funksiyalar singari ma’lum shakllar bilan amaliyotda ko’rinishi bo’yicha ajratib bo’lmaydi.
Jismoniy madaniyatni funksiyalari, har qanday funksiyalar singari ma’lum shakllar bilan amaliyotda ko’rinishi bo’yicha ajratib bo’lmaydi.

«Shakllari» tushunchasi bu yerda, jismoniy madaniyat tuzilishi jihatidan turi, ko’rinishi va har xil turligi bilan farqlanishi tushuniladi.

«Turlari» deb jismoniy madaniyatni elementlarga nisbatan katta birikmasini uni tuzilishi bo’yicha funksiyalari bilan bog’langanligiga aytiladi. Har xil turliligi deb katta bo’lmagan shakllarni, har xil turlarda bo’lishi tushuniladi. Masalan jismoniy madaniyatni ko’rinishi deb ishlab chiqarish jismoniy madaniyatni olsak, uni har xil turliligi ishlab chiqarish gimnastikasi, kirish gimnastikasi tushuniladi.
Jismoniy madaniyat “funksiyasi” deganda, uning o’ziga tegishli ob’ektiv xususiyatlari bilan insonga va inson munosabatlariga, muomalasiga ta’sir ko’rsatishi, shaxs va jamiyatni ma’lum talabini qondirilishi va rivojlantirilishi tushuniladi. Shu bilan birga, jismoniy madaniyatning funksiyalari o’z-o’zidan to’liqligicha amalga oshirilmasdan, balki kishini faol faoliyati orqali madaniy boyliklarni yo’naltirilgan holda ishlatilishi tushuniladi. Inson biror sport turi bilan shug’ullanayotganda o’zining shunga bo’lgan talabini qondiradi, shu bilan birga shu sport turi bilan shug’ullanayotgan boshqa insonlar bilan o’zaro muomalada bo’ladi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish