Dinning mohiyati va jamiyatdagi funksiyalari Dinlar tasnifi Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinning «funksiya»



Download 24,74 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi24,74 Kb.
#348969
  1   2   3
Bog'liq
2-мавзу


2-mavzu. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari.
Reja


  1. Dinning mohiyati va jamiyatdagi funksiyalari

  2. Dinlar tasnifi



1. Dinning jamiyatdagi funksiyalari. Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog’liq, lekin o’xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo’lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig’indisidir. Dinning bir nechta funksiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targ’ib qilish (kulturotransliruyuщaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.

Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to’la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni o’z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg’u va mezonlarni belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-uqubat, baxtsizlik, yolg’izlik, tushkunlikdan ozod bo’lishni qo’llab­-quvvatlaydi.

Kompensator funksiya ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning obyektiv shart-sharoitlarini o’zgartirishdagi cheklanish, qaram bo’lish va ojizlikni to’ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo’ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma’naviy ozuqa olish kabi kompensasiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.

Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo’lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o’zaro ta’sir ko’rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o’zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditasiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o’lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.

Regulyativ funksiya ma’lum bir g’oyalar, qadriyatlar, yo’l-yo’riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko’psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag’batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o’limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.

Integrasion-dezintegrasion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integrasiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegrasiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integrasion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo’lmagan g’oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo’lsa, dinning funksiyasi dezintegrasion bo’ladi.

Madaniyatni targ’ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo’lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag’batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko’paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.

Legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi ko’rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo’lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko’malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishlarida kuch bag’ishlagan; to’rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo’l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.




Download 24,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish