Bob bo`yicha xulosa
Vilyam Shekspir nafaqat ingliz xalqi, balki butun jahon xalqlari qalbidan chuqur o`rin egallay olgan o`lmas asarlar yaratgan daho so`z san`atkoridir. Vilyam shekspir asarlari ko`plab dunyo tillariga, jumladan, o`zbek tiliga ko`p bora o`girilgan. “Hamlet” tragediyasining o`zi Cho`lpon, M. Shayxzoda, J. Kamol tomonidan tarjima qilingan. Ayniqsa, Jamol Kamol tarjimasi asliyatdan bevosita tarjima qilingani bilan ajralib turadi. Bevosita tarjima asliyatga yaqinligi, asar jozibadirligini, asar tili ta`sirchanligini kitobxonga to`liq etkazib bera olishi bilan o`ziga xosdir. “Hamlet” tragediyasi ham mazmunan teranligi, ham tilining o`tkirligi, qahramonlar ruhiyatining teran aks ettirilgani, vijdon, insof, iymon, oq ko`ngillilikning ulug`lanishi va xiyonatkorlik, vijdonsizlik, adolatsizlikning ayovsiz qoralanishi bilan jahon adabiyoti durdonalaridan biriga aylangan va kitobxonlar qalbidan chuqur o`rin egallagan asardir.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |