Dissertatsiyaning manbalari. Tadqiqotning asosiy manbai “Hamlet” tragediyasining Jamol Kamol tarjimasi hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Hozirgi kunda yoshlarda jahon adabiyotiga bo`lgan qiziqishni shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, mazkur tadqiqotimiz o`zbek tarjimashunosligi yutuqlari, tarjima asarlarning til xususiyatlari va ular tarjimasida asliyat bilan uyg`unlik masalasini yoritishda katta ahamiyatga ega. Ish materiallaridan oliy o`quv yurtlarining filologiya fakultetlarida tilshunoslik va adabiyotshunoslikka oid fanlarda manba sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |