Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


XULOSA……………………………………………….....................................46



Download 375 Kb.
bet2/16
Sana15.08.2021
Hajmi375 Kb.
#148230
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ваккасов

XULOSA……………………………………………….....................................46
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI….....…………….........50


KIRISH

Bitiruv malakaviy ishi mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik xalqimizga o’zligini qaytarib berdi. Buning natijasi o’laroq, hukumatimiz tomonidan iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda ijtimoiy, xususan, ilm-fan sohalarini rivojlantirishga katta e`tibor berildi. Jumladan, 2017-yilning boshida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”1ning to’rtinchi yo’nalishida ta`lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish vazifalarining belgilanishi fikrimizning yaqqol misolidir.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g’risida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qaroridan ko`zlangan maqsad ham yutimizda oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish, raqobatbardosh, aqlan, ma`nan va jismonan yetuk shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan2.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’zbek xalqi o’zining boy va qadimiy tarixini qaytadan kashf etish imkoniga ega bo’ldi. “O’zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og’ir sinovlar bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz”3. Mana shu sinovlarga boy o’tmish, mana shu so’nmas madaniyat o’zbek xalqini buyuk va yorqin kelajak sari odim qadam tashlashga, qiyinchilik va sinovlarni yengib o’tishga undaydi, mushtarak maqsadlar yo’lida birlashtiradi. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev aytganlaridek: “O’zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to’siq va sinovlarni o’z kuchi va irodasi bilan yengib o’tishga qodir, deb baralla aytishga to’la asos beradi”4.

Mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ko’p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o’rganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo’l ochildi. Ma'naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai xisoblanadi. Aynan ushbu ma'naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash ham da rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir.

Mustaqillik yillarida nafaqat yurtimiz tarixi balki jahon mamlakatlarining tarixi va madaniyatini o’rganishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Shuning isboti sifatida bitiruv malakaviy uchun – “Benazir Bxuttoning siyosiy faoliyati va Pokiston tarixida tutgan o’rni” mavzusi tanlandi.

O`zbekiston va Pokiston xalqlari o`rtasidagi o`zaro hamkorlik aloqalari boy o`tmish tarixga ega va ularning ildizlari qadim zamonlarga borib taqaladi. Pokiston noyob tarixga ega, yurtimiz bilan azaliy va mustahkam madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar, eng muhimi, samimiy do`stlik rishtalari bilan bog’langan mamlakat sifatida yaxshi ma`lum. O`zbekiston va Pokiston xalqlarining tarixi, adabiyoti, musiqasi, tasviriy san`ati va me`morchiligida ham mushtarak jihatlar ko`p. Ularning bir-birini yaqindan bilishi, madaniyatini o`zaro boyitishi ko`p jihatdan buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog’liq.

Pokiston Islom Respublikasining mintaqamiz xavfsizligi va iqtisodiy va siyosiy barqarorligida ahamiyati ayniqsa, katta hisoblanadi. Ushbu davlat bilan yurtimiz o`rtasidagi hamkorlik aloqalari rivoj topib bormoqda. Hozirgi kunda dunyodagi barcha mamlakatlar xalqaro hamjamiyat bilan munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub`yekti bo`lishga harakat qilib kelmoqda. Shu jumladan, Pokiston Islom Respublikasi ham mintaqada hamda halqaro miqyosida faol tashqi siyosat olib borishga intilayotgan davlatlardan biri hisoblanadi.

Pokistonning davlatchilik tarixida Bxutto oilasining roli alohida ahamiyatga ega. Sababi, ushbu oilaning siyosatchi vakillari, taniqli davlat arboblari Zulfiqor Ali Bxutto va Benazir Bxuttolar hukumati davrida Pokistonda demokratik jarayonlar rivoj topib, mamlakat ham siyosiy, ham iqtisodiy jabhalarda taraqqiyot yo`liga tushdi. Bu arboblar boshqaruvi davri Pokistonda alohida hurmatga sazavor bo`lgan. Aynan Benazir Bxuttoning siyosiy faoliyati, uning xalqaro diplomatiyada “Sharq qizi” nomi bilan alohida e`tibor qozonganganligi tarixi bo`lg’usi urdushunoslarga zaruriy xulosalarni beradi.

Shu o`rinda aytib o`tish lozimki, mamlakatlarimiz o`rtasidagi aloqalarning rivojlanishida ham Benazir Bxutto o`zining amaliy hissasini qo`shgan. 1995-yil 11-noyabrda Pokiston bosh vaziri Benazir Bxutto rasmiy, amaliy tashrif bilan O`zbekistonga kelgan. Davlatimiz rahbari va Benazir Bxuttoning uchrashuvi chog’ida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalari yuzasidan o`zaro fikr almashinilib, O`zbekiston bilan Pokiston o`rtasidagi iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini yanada rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olingan edi.

Tarixda o’tgan yorqin shaxslardan biri, bugungi kundagi jahonda oz’ o’rniga ega bo’lgan – Pokiston Islom Respublikasining mashhur siyosiy arbobi, musulmon mamlakatlarida birinchi bo`lib bosh vazir lavozimini egallagan, “Sharq qizi” nomini olgan Benazir Bxutto faoliyatini o’rganish va ko’rsatib berish mavzuning dolzarbligini oshiradi.

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o`rganilishi darajasi. Bugungi kunga qadar – Benazir Bxuttoning hayoti va faoliyati, uning rahbarlik davrida Pokiston Islom Respublikasining ichki va tashqi siyosati, isloxotlari, yutuq va muammolari va fojeali tadqdiri ko`pab tadqiqotchilar tomonidan o`rganilgan, tadqiqot mavzusiga oid bir qator tadqiqotlar, adabiyotlar, risolalar, maqola va qo’llanmalar yaratilgan va tadqoqotlar davom etmoqda.

Mavzuni o`rganishda albatta quyidagi tadqiqot ishlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, 2009-yilda Moskvada nashr etilgan Benazir Bxuttoning “Автография”си va “Примирение: ислам, демократия и Запад” kabi asarlarida keltirilgan ma`lumotlar bitiruv malakaviy ishimiz uchun manba hisoblanadi. Benazir Bxuttoning 1983 va 1989-yillarda Dehli va N’yu-Yorkda ingliz tilida nashr etilgan asarlari “Pakistan: The Gathering Storm” va “Daughter of Destiny: an Autobiography” asarlari ham bitiruv malakaviy ishimizga jalb etildi. Bundan tashqari, rus olimlaridan P.Gusterinning 2008-yilda e`lon qilingan “Тайны семейства Бхутто”, V.Y.Belokrenitskiy, V.N.Moskalenkolarning 2008- yilda yangidan nashr etgan “История Пакистана. XX век” asarlari ham mavzuni yoritish uchun qimmatlidir. Shuningdek, Pokistonlik olim K.K.Azizning 1970- yilda Laxorda nashr etilgan “Pakistan People's Party. Election Manifesto of the Pakistan People's Party”, J.Parlezning 2008-yilda N’yu-Yorkda nashr etilgan “Bhutto Wider Wins the Pakistani Presidency” nomli tadqiqotlarini ham alohida ko`rsatib o`tish lozim. Qolaversa, N.A.Simoniyaning “Страны Востока: пути развития”, “Система, структура и процесс развития современных международных отношений”, Y.V.Gonkovskiyning “Национальный вопрос и национальные движение в Пакистане”, V.N.Moskalenkoning “Внешная политика Пакистана”, I.N.Vas’kinning “Очерки по истории Пакистана” asarlarida ham Benazir Bxuttoning siyosiy faoliyatiga doir ma`lumotlar talaygina uchraydi. Lekin, yurtimizda Pokiston tarixining yangi davriga oid tadqiqotlarni amalga oshirish ishi endigina jadallashayotgani hisobga olinsa, oldimizda turgan vazifalar bisyor ekanligi ayon bo`ladi.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish