Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


Benazir Bxutto – Pokistonning yirik davlat arbobi



Download 375 Kb.
bet9/16
Sana15.08.2021
Hajmi375 Kb.
#148230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Ваккасов

1.2. Benazir Bxutto – Pokistonning yirik davlat arbobi

Pokiston Islom Respublikasining mashhur siyosiy arbobi, musulmon mamlakatlarida birinchi bo`lib bosh vazir lavozimini egallagan “Sharq qizi” nomini olgan Benazir Bxutto 1953-yilning 21-iyun’ sanasida Karachi shahrida dunyoga kelgan. U 1971-yildan to 1977-yilgacha Pokistonda bosh vazir va prezident lavozimlarida ishlagan mamlakatning yana bir taniqli siyosiy arbobi, Pokiston xalq demokratik partiyasi rahbari Zulfiqor Ali Bxutto oilasida to`ng’ich farzand bo`lib, Benazirning onasi kelib chiqishi eronlik bo`lib, Nusrat Isfohoniy edi. Benazir Bxuttoning ajdodlari kelib chiqishi bo`yicha eronlik kurdlarga mansub edi. Uning bobolari avvaldan Sind provintsiyasining beklari lavozimida ishlab kelishgan. Benazir Bxutto otasi haqida shunday yozgan: “Mening otam – e`tiqodli musulmon. Onam menga 12 yoshga to`lganimda paranji kiydirganda, otam unga tegmay qo`yaqol, ulg’aygach yuzini ochib yuradimi yoki yo`q, uning o`zi hal qiladi – islom ayollarga o`z qarashi bo`yicha shaxsiy hayotini belgilash huquqini bergan, degandi. Shundan so`ng men boshqa paranji yopinmadim”19.

Bolalik yillarida Benazir Karachidagi Djennings xonimning bog’chasida tahsil olib, so`ngra Iisus va Mariya nomidagi qizlar katolik maktabida o`qishni davom ettirdi. Benazir Karachidagi o`rta maktabda dastlabki tahsilni olib, 16 yoshga to`lganida Amerikadagi mashhur Garvard universitetining Radklif kollejida o`qishni davom ettirdi20. U xorijda tahsil olayotgan dastlabki pokistonlik qiz hisoblanardi. Xorijda o`qishning ilk kunlarida Benazir qo`rqar, tez-tez yig’lardi, sababi oilasi va yurtidan uzoqda yurish va yangicha sharoitlarga ko`nikish yosh qiz uchun og’ir bo`lgan. Benazir kollejning siyosat, iqtisod va falsafa yo`nalishini muvaffaqiyatli tugatib, bakalavr diplomiga ega bo`ldi. Uning xotiralariga ko`ra, aynan shu davrda u birinchi marotaba “demokratiya xissi”ni tuygan. 1973- yilda u Garvard universitetining bakalavr bosqichini davlat boshqaruvi mutaxassisligi bilan tamomlab, o`sha yili kuzda Oksford universitetining Ledi Margaret Xoll kollejida o`qishni davom etirdi.

Bundan tashqari u, Oksford universitetida xalqaro huquq va diplomatiya kurslari bo`yicha leksiyalar tingladi. 1976-yilda Benazir ushbu oliy ta`lim muassasasini siyosatshunoslik, iqtisodiyot va falsafa mutaxassisligi bo`yicha tamomladi. Oksfordda o`qib yurgan kezlari Benazir “Oksford munozara kengashi” doimiy qo`mitasi a`zoligiga saylanib, keyinchalik uning prezidenti sifatida saylandi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Benazir 1987-yilning 18-dekabrida Asaf Ali Zardariga Karachi shahrida turmushga chiqadi. Zardari ham Sind provintsiyasining boy xonadoni farzandi bo`lib, e`tiqodi bo`yicha islom dinining shia mazhabiga mansub edi. Bu nikoh Benazirning roziligi bilan qurilgan bo`lib, Zardari uni g’arb taraqqiyotini o`zida mujassam etgan beka sifatida qabul qilgan.

Turmushga chiqib, Benazir o`z familiyasini saqlab qoldi, uning Bilaval ismli o`g’li va Baxtovar, Asifa ismli qizlari bor21.

Benazir Bxutto Pokistonning boy va mamlakatda katta ta`sirga ega bo`lgan oilasidan edi. Uning otasi Pokiston hukumati tashkil topgandan boshlab, siyosat bilan shug’ullanar edi. Zulfiqor Ali 1962-yildan boshlab, mamlakat taqshi ishlar vaziri lavozida ishlay boshladi. So`ngra, 1971 – 1972-yillarda mamlakat rahbari va 1972 – 1977-yillarda bosh vazir vazifasini bajardi. 1977-yilga kelib, mamlakatda harbiy to`ntarish amalga oshirilib, hokimiyat tepasiga Ziyo ul-Haq keldi. 1977-yil 3-sentyabrda Zulfiqor Ali o`z partiyasi vakilini o`ldirishda ayblanib, hibsga olindi. Natijada, Benazir va uning oilasi 1978- yilgacha uy qamog’ida saqlandi22.

1979-yil 4-aprelda uning otasi aybdor deb topilib, qatl qilinishga hukm etildi. Uning oilasiga dafn marosimida ishtirok etish ham ta`qiqlandi.

Zulfiqor Alining hibsga olinishi bilan uning xotini Nusrat va qizi Benazir Ziyo ul-Haqga qarshi kurash davrida Pokiston xalq partiyasini boshqarishdi. 1979-yilda uning Zulfiqorning qatl etilishi bilan uning xotini va qizi mamlakatdan chiqarib yuborildi. 1979-yildan – 1984 yilgacha Benazir bir necha bor tutqunlik domiga tushdi. 1984-yildan boshlab, u Angliyada yashay boshladi. 1985-yil iyulda Benazirning ukasi Shoh Navoz Ziyo ul-Haq tomonidan hibsga olinishga chiday olmay zahar ichib o`zini-o`zi o`ldiradi. 1986-yilda Benazir Pokistonga qaytadi, otasi asos solgan partiya lideri sifatida ishlay boshlaydi. Shu yili mamlakat mustaqilligi kuni Benazir uchun qadrdon shahar Karachida 10 ming kishilik namoyish uyushtirgani uchun u hibsga olinadi. Uni bir oydan so`ng qo`yib yuborishdi. 1988-yilning mayida diktator Ziyo ul-Haq parlamentni tarqatib yubordi, saylovlar o`tkazilishini belgiladi. Iyun’ oyida u mamlakatning asosiy qonuni islom deya e`lon qildi, bu ayol kishining saylovda ishtirok etishiga to`sqinlik qiladi23.

1988-yil avgust oyida Ziyo ul-Haqning aviahalokatda halok bo`lishi buni to`liq amalga oshirish imkonini bermadi, Pokiston xalq partiyasi ushbu voqeani “tasodifiy” deb talqin qildi. Bu paytda Benazir Bxuttoning taniqli tadbirkor va siyosatchi Asaf Ali Zardariga turmushga chiqqaniga bir yil bo`lgan edi24.

1990-yilda Benazir yer yuzida bosh vazirlik vaqtida farzandli bo`lgan birinchi ayol edi. Ziyo ul-Haq yonida bo`lgan barcha siyosiy vakillar barcha hibsga olinib, so`ngra ularga umumiy avf e`lon qilindi.

1990-yilning oktyabrida Pokiston prezidenti bir paytlar saylovlarda B.Bxuttoning o`zi qo`llab-quvvatlagan G’ulom Ishoq Xon uning mahkamasini korruptsiyada ayblab, bosh vazirni lavozimidan bo`shatdi.

So`ng parlamentga yangi saylovlar e`lon qlindi, bu esa, Pokiston xalq partiyasiga mag’lubiyatni keltirdi. Benazir Bxutto qamoqda saqlanishga hukm etildi. 1993-yilgi saylovlar natijasida Benazir Bxutto yana bosh vazir lavozimini egalladi. Ammo, Benazir Bxutto Musulmonlar ligasi bilan koalitsion hokimiyat hokiyat tuzishga majbur bo`ldi. Sababi, Pokiston xalq partiyasi saylovlarda raqiblariga nisbatan kamroq ovoz olgan edi. Prezident Farrux Lageri 1996-yildan boshlab hokimiyatni kengaytirdi. Saylovlarda Pokiston xalq partiyasi misli ko`rilmagan darajada kam ovoz to`plab, 217 o`rindan bor-yo`g’i 17 ta o`rin olishga erishdi25.

1993-yil noyabrda Benazirning ukasi emigrant Murtazo Bxutto mamlakatga qaytib kelib, partiya rahbarligini talab qildi. Bxutto oilasidagi tarqoqlik, partiya faoliyatiga ham ko`chdi. Karachida Muratazo Bxutto terrorizmda ayblanib hibsga olindi, 1994-yil iyunda garov evaziga ozodlikka chiqarildi. 1996-yil sentyabrda Murtazo politsiya vakillari bilan otishmalar chog’ida vafot etdi. Uning o`limida Asaf Ali Zardari ayblandi. So`ngra, Benazirning o`zi ham yirik korruptsiya ishida ya`ni qotil yollab odam o`ldirishda ayblandi. Bxutto oilasida Zulfiqor Ali o`ldirilgandan so`ng yigirma yil davomida notinchlik davom etdi.

Pokiston xalq partiyasi esa, hokimiyat tepasiga o`zining mashhur shiori bilan kelgandi, ya`ni “barchaga – non, boshpana va kiyim-kechak”. Bu shiorni amalga oshirish mushkul edi, ayni shu shior talabalarini bajarish yo`lida Pokiston xalq partiyasi o`z obro`sidan ajraldi. Benazir Bxutto mahkamasining mamlakat ichki siyosatiga qaraganda xalqaro maydonda obro`si balandroq edi. Oppozitsiya Bxutto oilasini qonunga zid ravishda xalqaro moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ayblab, yo`q qilish uchun bir necha bor urinib ko`rinishdi. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, Bxutto Shveytsariyaga 100 million dollar miqdoridagi mablag’ni jo`natgan26.

Bxutto hukumatini oppozitsion gazetalar “oilaviy tashkilot” deya atashdi. Bxutto oilasi uchun davromad manbai asosan qurol-yarog’ sotib olish hisobiga to`g’ri kelardi.

1995-yil Asaf Ali Zardari Frantsiyaning “Dassault Aviation” kompaniyasidan 200 mln miqdorida komission pul qabul qilganligi qayd etilgan. Shunday ishlardan birida Shvetsariyaning yana bir kompaniyasi Nusrat Bxutto va Asaf Aliga 1 mln miqdorida pul to`lashgan27.

Benazir Bxutto moliyaviy o`yinlarni tashkil etish va buyurtmali o`limlarni amalga oshirishga ko`rsatma berish kabi og’ir, sharmandali ayblovlar bilan ayblanib, yana mamlakatni tark etishga majbur bo`ldi. Uning turmush o`rtog’i Asaf Ali deyarli besh yil davomida qamoqda saqlanib, unga ham katta miqdordagi poraxo`rlik bilan shug’ullanganlik aybi qo`yildi. B.Bxutto uch farzandi bilan Dubayga emigrant sifatida ketdi. 2004-yilda Asaf Ali ozod etilishi bilan u ham Dubayga, so`ngra ular bir qancha vaqt Londonda yashashdi. 2001-yilda Pokiston konstitutsiyaga tuzatish kiritilib, Parvez Musharraf o`zi uchun qulay imkoniyat yaratdi. Chunki, ushbu tuzatishga ko`ra, bosh vazir lavozimiga bir insonning o`zi ikki martadan ortiq o`z nomzodini saylovda ko`rsatishga haqli emas edi. Ushbu talab bilan Musharraf mamlakatda katta ta`sirga ega bo`lgan Bxuttolar raqobatidan himoyalanib, demokratik saylovlar o`tkazishga harakat qildi. Shu yili Pokiston Oliy sudi Bxutto ishi bo`yicha yangi xulosa-larni e`lon qilib, 1999-yilgi so`rovlarni to`xtatish haqida qaror qabul qildi. Ammo, Bxutto uch yilga qamoq jazosiga hukm etildi. Ushbu sabab, Bxuttoni 2002-yilgi saylovlarda o`z nomzodini ko`rsatishdan mahrum qilib qo`ygandi. 2003-yilda Shveytsariya sudi Bxuttoni aybdor deb hisoblab, 1997-yilgi Pokistonning hukumatining hisob raqamni muzlatish haqidagi murojaatini qabul qildi. Bxutto Shveytsariya sudiga binoan ham olti oyga qamoq jazosiga hukm etildi.

Bxuttoning ko`p vaqti Pokiston xalq partiyasi bilan aloqa o`rnatish uchun dunyo bo`ylab ma`ruzalar o`qish, emigratsiyadan qutilishga intilish bilan o`tib, u London va Dubay shaharlarida yashadi.

Nihoyat, 2007-yil yanvar oyida Abu-Dabi shahrida B.Bxutto va Pokiston prezidenti P.Musharraf o`rtasida mamlakat bilan aloqalar o`rnatish bo`yicha uchrashuv o`tkazildi. Parvez Musharraf qaror qabul qilib, uni va oppazitsiya vakillarini korruptsiya ayblovlaridan avf etishga ruhsat berdi. Pokiston harbiylari uni islomchilarga qarshi kurashda o`zining ittifoqchisi deb hisoblashdi28.

2007-yil 18-oktyabrda Benazir Bxutto 8 yillik emigratsiyadan so`ng Pokistonga qaytdi. Uning kortejini kutib olish jarayonida olomon orasida ikki bora terakt uyushtirilib, bomba portlashi oqibatida 130 nafar inson halok bo`lib, 500 nafari jarohatlandi. Tolibonlar va “Al-Qoi-da” bir necha bora B.Bxutto mamlakat yeriga qadam bosishi bilan shavqatsiz teraktlarni uyushtirishini e`lon qilgandi. Lekin, ushbu teraktlarning ortida Ziyo-ul Haqning sobiq radikal tarafdorlari turishgandi yohud ularning buyurtmasiga ko`ra teraktlar uyushtirilib turdi. Mamlakatda saylovlar 2008-yilning yanvariga belgilandi. Benazir Bxuttoning ushbu saylovlarda o`z partiyasi Pokiston xalq partiyasi bilan g’alabaga erishishi kutilayotgandi. Qonunga binoan Pokistonda bosh vazirlik lavozimini bir insonning o`zi ikki marotabadan ortiq egallashi mumkin emas edi. Mumtaxassislarning fikriga ko`ra, Parvez Musharraf ushbu cheklovini o`zgartirishi mumkin edi. Aynan, AQSh Benazirning mamlakatga qaytishi bo`yicha asosiy tashabbuskor edi, uni qo`llab-quvvatlashga intildi. Mamlakatga kelishi bilan Bxutto siyosiy kurashga kirishib ketdi.

2007-yilning 3-noyabrida prezident Parvez Musharraf mamlkatda favqulotda holat e`lon qildi. Sababi, terrorizm va ekstrimizm xavfi mamlakat suverenitetiga ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan darajaga etdi. Faqulotda holat tufayli, mamlakatda konstitutsiya va sudlar faoliyati to`xtatildi. Bxutto faqulotda holat tufayli Parvez Musharraf o`zining vakolatlari va imkoniyatlarini oshirishga erishishni maqsad qilganligini tushundi. O`sha yili 9-noyabrda huquq taritibot organi vakillari bronotexnika bilan sobiq-bosh vazirga Islomoboddan chiqmaslik va qo`shni Ravalpindida mitingchilarga nutq cho`zlamaslikni uqtirib, “uy qamog’i” tashkil etdi. ertasiga Bxutto uy qamog’idan chiqarilib, 13-noyarbda yana qayta uy qamog’iga mahkum etildi29.

So`ngra uch kun o`tib unga uy qamog’idan chiqishga ruhsat berildi. Sababi, Bxutto Parvez Musharrafni iste`foga chiqishi lozimligi va unga ishlashga imkon bermayotganligini ochiq-oydin yozganligi uchun shunday qilindi.

Hatto, Bxutto “demorkatiya oldidagi to`siq”, “Pokistonni qutqarish” uchun ham prezidentning iste`fosi lozimligini bildirib o`tgandi.

Pokistonda ro`y bergan o`zgarish oz vaqt ichida Yevropada, undan o`tib Kolumb kashf etgan qit`ada aks sado berdi. Prezident Parvez Musharraf tomonidan mamlakatda favqulodda holat joriy etilgani dunyo maydonida katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. Aslida yaqin tarixi davomida uzoq vaqt harbiylar tomonidan boshqarilgan, bir necha marotaba generallar uyushtirgan davlat to`ntarishlari guvohi bo`lgan mamlakat uchun favqulodda holat ham kundalik hodisadek gap bo`lmog’i kerak edi. Lekin, mamlakatda partiyalar va tashqi davlatlar ta`siridagi muxolifatning kuchaygani yaqqol sezilib qolgandi. Bu esa siyosiy hayotda ham o`z aksini ko`rsata boshlagandi.

Prezident Parvez Musharraf kutilmaganda, mamlakatda favqulodda holat joriy etib, 1973-yildan beri amalda bo`lgan konstituttsiyani vaqtincha to`xtatdi. Oliy sudni tarqatib yubordi. Mamlakatdagi nodavlat teleradiokanallar faoliyatiga ham vaqtincha chek qo`yildi. Parvez Musharraf ushbu keskin harakatni radikal terrorchi harakatlarning kuchayib ketgani, shu bilan birga Oliy sudning ijroiya hokimiyati va parlament ishiga aralashgani bilan izohlagandi. Pokistonda o`sha paytlarda radikal harakatlarning kuchayib ketgani, mamlakatning turli hududlarida qo`poruvchiliklar tinmay qolgani rost edi. Bundan tashqari, mamlakatning Afg’oniston bilan chegaradosh hududi, Janubiy Vaziristonda ham qo`poruvchi guruhlar yana jonlanib qolgandi. Oqibatda amalga oshirilgan teraktlarda 800 dan oshiq kishi qurbon bo`ldi. Favqulodda holat e`lon qilinishidan bir kun oldin mutaassib guruhlar tomonidan Pokiston armiyasining 120 nafar askari o`g’irlab ketilgani, qurol-yarog’i olib qo`yilgan harbiylar sazoyi holda qo`yib yuborilgani vaziyatni yanada chigallashtirgan edi. Bu hodisa asli harbiy etakchi bo`lgan general Parvez Musharrafning toqatini toq qilgan edi. Parvez Musharrafning Oliy sud to`g’risida aytgan tanqidiy fikri esa, bu holatni prezident o`sha vaqtlarda adolat mahkamasi bilan ko`p bora ixtilofga borgani bilan izohlash mumkin. Saylov natijalariga ko`ra, parlament deputatlari ishtirokida tashkil etilgan prezident saylovida Parvez Musharraf uzil-kesil g’alaba qozondi. Deputatlarning 257 nafari harbiy yetakchini yoqlab ovoz berdi. Saylovda nomzod sifatida qatnashgan sobiq sudya Vaji Yuddin Ahmad esa bor-yo`g’i ikkita ovoz olishga erishgandi xalos. O`sha saylov natijalari Pokiston muxolifati tomonidan noqonuniy deb baholandi. Parvez Musharraf bir paytning o`zida ham prezident, ham bosh qo`mondon ekani, harbiy soha vakilining davlat rahbari bo`lishi esa konstitutsiyaga muvofiq emasligini dalil keltirgan muxolifat Oliy sudga murojaat qildi30.

Aslini olganda, Pokistondagi vaziyatdan xavotirda bo`lgan xalqaro hamjamiyat uchun barqarorlik va tinchlikni saqlash borasida Parvez Musharrafdan ham munosibroq nomzod yo`q. 1999-yilning 12-oktyabrida davlat to`ntarishi bilan hokimiyatga kelgan Parvez Musharraf o`tgan yillar davomida dunyoning etakchi mamlakatlari bilan til topisha olgandi. 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan keyin xalqaro terrorga qarshi kurashning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Tolibon va boshqa radikal harakatlar makoni bo`lib qolgan Pokistonda jangarilarga qarshi keskin kurash olib borib, mamlakatni birmuncha barqaror holatga keltirgandi. Yana bir muhim jihati, mashhur Qodir Xon tomonidan ixtiro etilgan Pokiston yadro qurolining jangari kuchlar qo`liga tushmasligi uchun kerakli choralarni ko`rdi. Ana shu sa`y-harakatlar natijasida u harbiy rahbarlar bilan ko`pincha chiqishavermaydigan xalqaro hamjamiyatning ko`ngliga yo`l topa olgan edi. Parvez Musharrafning davlat rahbari sifatida qolishi xavfsizlik nuqtai nazaridan AQSh ga, Rossiyaga, qolaversa, Yevropa Ittifoqi davlatlariga ham ma`qul bo`lishi mumkin.

Pokistondagi siyosiy inqiroz holatida sobiq bosh vazir, yaqindagina surgundan qaytgan Benazir Bxuttoning o`rni alohida ahamiyatga ega bo`lgandi. Mamlakatdagi qudratli harakatlardan – Xalq partiyasi rahbari bo`lgan siyosatdon sakkiz yillik muhojirlikdan kelib, unga hukumat boshlig’i lavozimi norasmiy tarzda va`da qilingan edi. Biroq, Oliy sud bilan chiqqan ixtilof va uning ortidan e`lon qilingan favqulodda vaziyat barcha rejalarni yo`qqa chiqargan edi. Shu paytda Karachida yana terakt uyushtirildi. Pokistonning sobiq bosh vaziri Benazir Bxutto Karachi shahrida amalga oshirilgan terrorchilik harakati ortida ayrim yuqori lavozimdagi mansabdorlar hamda harbiy zobitlar turganini ma`lum qildi. Bu haqda siyosatchi xonim mamlakat prezidenti Parvez Musharraf nomiga yozgan maktubida ta`kidlagan. Ushbu maktubda uch nafar yuqori lavozimli shaxs nomi tilga olingan. Benazir Bxutto teraktlar uchun javobgarlikni Pokistonning sobiq harbiy yetakchisi general Ziya ul-Haq tarafdorlari zimmasiga yuklagan. Uning so`zlariga ko`ra, Benazirning demokratiya yo`lidagi chaqiriqlari harbiy kuchlarga yoqmayotgan bo`lishi mumkin. Karachi shahridagi teraktlar uzoq yillar muhojirlikda yurgan Benazir Bxuttoning Pokistonga qaytishi munosabi bilan uyushtirilgan uchrashuv chog’ida amalga oshirilgan edi. 2007-yil 18-oktyabrda terrorchi-kamikadze tomonidan portlatilgan bomba 150 ga yaqin kishini hayotdan olib ketgan, 400 dan ortiq fuqaro jarohatlangandi31.

Ikki oy o`tgandan so`ng, Bxutto keyingi terroristik xurujning qurboniga aylandi. Bu 2007-yilning 27-dekabrida sodir bo`lgan Pokiston tarixidagi mudhish voqea edi. Pokistonda demokratiya va gender tengligi timsoliga aylangan Benazir o`z siyosiy faoliyati orqali bu xalqning mehrini qozonishga ulgurgan edi.

Ravalpindining Layokat Bagx tumanida mitingga chiqqan o`z tarafdorlari oldida nutq so`zlayotgan Benazir mamlakatda bugungi kungacha xavf solib kelayotgan terroristik qo`poruvchilik harakati qurboniga aylandi.

Miting yakunida terrorist-qotil uning yurak qismiga qarata o`q uzdi, tanasiga o`rnatilgan portlovchi moslamani portlatishga orqali miting ishtirokchilarining o`rtasida o`lim vahmini sochdi. Bxutto bu paytda bronijilet kiygan tan soqchilari o`rtasida qolib, uning o`zi himoya kiyimini kiymagan edi. Terakt 20 nafar begunoh insonning umriga zavol bo`ldi. Bxutto og’ir ahvolda shifoxona keltirilib, soat 16:16 da operatsiya stolida olamdan ko`z yumdi. Bxuttoning matbuot xizmati vakili Bobur Auan chuqur qayg’u bilan Benazir Bxuttoning o`limini tan olib, e`lon qildi. Uning ma`lumotiga ko`ra, Benazirning o`lim oldidan so`nggi so`zi “Men hayotim xavf ostida ekanligini bilgandim, chunki bizning vatanimiz taqdiri xavf ostida edi, Odamlar bezovta. Ammo, birgalikda biz baribir yurtimizni inqirozdan olib chiqamiz” –bo`lganini ta`kidlab o`tdi. 28-dekabr’ kuni uning uch farzandi va turmush o`rtog’i Asaf Ali Dubay shahridan kelib, bayroq yopilgan Bxutto tanasini uning Sinddagi qadrdon shahri Larkanaga olib ketishdi. Shaharlardagi tartibsizliklar patron kuchi yordamida bostirildi. Mamlakat bo`ylab ko`chalarda “Qotil Musharrafga isnod, qotil AQSh ga sharmandalik” shiorlari bilan namoyishlar boshlanib ketdi. Bxutto oilasi mavzoleyida 100 mingdan ortiq tarafdorlar yig’ildi. Bular orasida Pokiston xalq partiyasi rahbarlari ham bo`lib, marosim to`g’ridan-to`g’ri teletranslatsiya etildi32.

Uzoq muddat davomida emigratsiyada bo`lgan Benazir Bxutto 2007-yilning so`nggi oylarida mamlakatga qaytishi bilan unga nisbatan ikki marta sui`qasd uyushtirildi. 2007-yil 18-oktyabrda uyushtirilgan sui`qasd natijasida 130 kishi halok bo`lib, 500 ga yaqin inson turli darajada jarohatlandi. 2007-yil 27-dekabrdagi ikkinchi terroristik qo`poruvchilik oqibatida Benazir Bxuttoning o`zi ham qurbon bo`ldi. Benazir Bxuttoning hoki Larkana yaqinidagi Xudo Baxsh mavzoleyida joylashgan33.

Benazirning terakt qurboniga aylanishi jahon jamoatchiliginining ham keskin e`tiroziga sababchi bo`ldi. Ayniqsa, BMT, Yevropa ittifoqi rasmiylarining tanqidlari jiddiy tus oldi. Pokistonda Parvez Musharraf “bu shavfqatsizlik biz kurashayotgan terroristlar qo`li bilan amalga oshirildi. Aynan, ular Pokiston va uning xalqiga eng katta xavfni solib turibdi” – deya, favqulotda majlis o`tkazib, 3 kunlik motam e`lon qildi. AQSh hukumati Jorj Bush rahbarligida bu voqea Pokistonda demokratik jarayonlar rivojiga nisbatan “qo`rqoqlar qotilligi” ekanligini e`lon qildi. Rossiya Federatsiyasi hukumati rahbari Vladimir Putin Parvez Musharrafga hamdarlik izhor etib, “Bxuttoning o`limi nafaqat Pokistonda balki, butun dunyoda terrorizmga qarshi kurash va uning ildizini quritish shartligini anglatishini bildiradi” – dedi. Rossiya hukumati rahbari terakt tashkilotchilarini jazolashda ruslar yordamga tayyor ekanligini bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mixail Kaminin ham o`z hamdardligini bildirib, “umid qilamizki, Pokiston hukumati mamlakatda barqarorlikni tiklash uchun zaruriy choralarni qo`llaydi” – deya bayonot berib o`tdi34.

Shu o`rinda ta`qidlash lozimki, Benazir Bxuttoning siyosiy arbob sifatida tanilishi, otasining ishlarini davom ettirishi, ayol kishi sifatida musulmon davlatida davlat rahbari lavozimini egallab, mustaqil tashqi siyosat yuritishga intilishi, sharq mamlakatlarida gender tengligi va islom dinida ayol huquqi kafolatlanganining butun dunyoga isboti bo`ldi deyish mumkin. Benazir Bxuttoning o`ziga nisbatan tajavuzlar oshib borayotganiga qaramasdan mamlakatga qatib kelishi, uning taqdirini o`z taqdiri kabi ko`ra bilishi, uning aqlli va vatanparvar siyosatdon bo`lganidan dalolatdir. Chunki, tarixdan ma`lumki, Pokiston jamiyatida harbiy bo`lmagan siyosatchilar doimo yirik zarbalar, siyosiy bo`htonlar nishonida bo`lishgan.



Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish