Bitiruv malakaviy ishining ob`yekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishimizning ob`yekti Benazir Bxutto yashagan davr va uning mamlakat tarixiga daxldor amalga oshirgan ishlari hisoblanib, shu davrda sodir bo`lgan tarixiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar uning predmetini tashkil etadi.
Bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi. Benazir Bxutto yashagan 1953 – 2007-yillar bitiruv malakaviy ishining davriy chegarasi sifatida belgilab olindi. Pokiston Islom Respublikasining mashhur siyosiy arbobi, musulmon mamlakatlarida birinchi bo`lib bosh vazir lavozimini egallagan “Sharq qizi” nomini olgan Benazir Bxutto 1953-yilning 21-iyun’ sanasida Karachi shahrida dunyoga kelgan va 2007-yil 27-dekabrda terroristik qo`poruvchilik oqibatida qurbon bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |