Namanagan davlat universiteti tarix kafedrasi


I BOB. BXUTTOLAR OILASINING POKISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI MAVQEI VA BENAZIR BXUTTO



Download 375 Kb.
bet8/16
Sana15.08.2021
Hajmi375 Kb.
#148230
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Ваккасов

I BOB. BXUTTOLAR OILASINING POKISTON ISLOM RESPUBLIKASIDAGI MAVQEI VA BENAZIR BXUTTO

1.1. Bxuttolar oilasining Pokiston Islom Respublikasi siyosiy hayotida tutgan o`rni

Dunyoning har bir mamlakatida bo`lgani kabi, Pokiston tarixida ham mamlakat halqini bardavom taraqqiyot tomon boshlagan ajoyib davlat arboblari, siyosiy shaxslar muhim rol’ o`ynagan. Mustaqil Pokiston Islom Respublikasi tarixida o`chmas iz qoldirgan ana shunday arboblar maskani shubhasiz, Bxuttolar oilasi hisoblanadi. Sababi, ushbu oila vakillari taniqli siyosatchilar Shax Navoz Bxutto, Zulfiqor Ali Bxutto, Nusrat Bxutto, Murtazo Bxutto va Benazir Bxuttolarni tarbiyalab jamiyatga etishtirib berdi. 1971-yil dekabr’ oyidan Pokiston prezidenti lavozimini egallagan Zulfiqor Ali Bxutto, uning otasi Shoh Navoz Bxuttoning ham siyosat bilan mashg’ul bo`lganligi haqidagi ma`lumotlar tarix kitoblarda keltirilgan. Shu o`rinda Bxutto oilasining mashhur vakili Zulfiqor Ali haqida ayrim ma`lumotlarni keltirib o`tish lozim.

Zulfiqor Ali Bxutto 1928-yilning 5-yanvarida Larnakada tavallud topgan. U dastlabki ta`limni Hindistonda olib, so`ngra, AQSh ning Kaliforniya, Buyuk Britaniyaning Oksford univertitetlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.

Zulfiqor Ali Bxutto o`zining siyosiy faoliyatini 1957-yil BMT qoshida Pokiston vakili sifatida ishlashdan boshlagan. 1963-yildan boshlab u, Pokistonning tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko`rsata boshladi7.

Ushbu lavozimda ishlash chog’ida Zulfiqor Ali Bxutto Kashmir bo`yicha Hindiston – Pokiston mojarosini mamlakat foydasiga ijobiy hal etishga intildi. Shu sababdan, 1966-yilda imzolangan Toshkent deklaratsiyasi uchun prezident Ayubxonni tanqid qilib chiqib, tashqi ishlar vaziri lavozimini tark etib, iste`foga chiqdi. U 1967-yil oppazitsion kayfiyatdagi Pokiston xalq partiyasiga asos solib, uning lideri sifatida faoliyat ko`rsata boshladi.

Zulfiqor Ali Bxutto qattiq qo`l siyosatchi sifatida maydonga chiqib, o`z partiyasining asosisiy shiorini e`lon qildi. Shior “E`tiqodimiz – islom, hukumat boshqaruv tartibimiz – demokratiya, bizning iqtisodiy tizimimiz – sotsializm” deb atalardi. 1968 – 1969-yillarda Zulfiqor Ali Bxutto “demokratiyani tiklash”ni taklif etganligi, mamlakat iqtisodiyotida “islom sotsializmi”ni amalga oshirish orqali islohat qilishni yoqlab chiqqanligi uchun qamoqqa olindi.

1970-yilgi parlament saylovlarida Pokiston xalq partiyasi Pokistonning g’arbiy qismida nisbatan ko`p ovoz to`plashga erishdi, ammo, “Avami Lig” partiyasi Sharqiy Pokistonga avtonomiya berish tarafdori sifatida maydonga chiqib, saylovda g’alabaga erishdi8.

Ayyubxon izdoshi bo`lgan prezident Og’a Muhammad Yaxyoxon saylov natijalarini haqqoniy emas deb e`lon qildi. Bu esa, mamlakatdagi qil ustida turgan holatni izdan chiqarib, fuqarolar urushi boshlanishiga olib keldi. Oqibatda, Yaxyoxon prezidentlik lavozimida voz kechib, iste`fo berishga majbur bo`ldi. 1971-yil 21- dekabrda Zulfiqor Ali Bxutto prezident lavozimini egalladi. Yaxyoxonga qarshi kurash davomida general Ziyo ul-Haq unga siyosiy kuchlar tomonidan berilgan yordam tufayli quruqlikdagi qo`shinlarga rahbarlikni o`z nazoratiga olgan edi.

Zulfiqor Ali Bxutto prezident sifatida Sharqiy Pokiston muammosini hal qilishga urindi, ammo Bangladesh mustaqilligini uning “Britaniya hamdo`stligi” a`zosi sifatida tan olishga majbur bo`ldi. 1972-yil iyulda Zulfiqor Ali Bxutto Indra Gandi bilan hindlar qo`shinining Pokiston chegaralaridan uzoqlashishi haqida kelishuvga erishdi. Pokiston armiyasi Kashmir hududida o`z pozitsiyalarini mustahkamladi. Bxutto harbiy holat bekor qilingannini rasman e`lon qildi, 1973-yil mamlkatda yangi konstitutsiya qabul qilinishi bilan prezidentlik lavozini tark etib, bosh vazir lavozimini egalladi. Bundan tashqari, Zulfiqor Ali Bxutto Pokistonning ichki ishlar vaziri, mudofaa vaziri lavozimlarida ham faoliyat ko`rsatgan.

Hukumatning turli lavozimlarida ishlash bilan birga Bxutto islom sotsializmini mamlakat iqtisodida amalga oshirishga urindi. U boshchiligidagi yangi hukumat yangi siyosiy kursni amalga oshiririshga intildi. Qo`shni mamlakatlar bilan tinch-totuv hamkorlikni rivojlantirish, AQSHga siyosiy va iqtisodiy qaramlikka barham berish ushbu kursning mazmunini tashkil etardi. 1973-yilda Pokiston hukumati SEATO siyosiy-harbiy bloki tarkibidan chiqishini rasman e`lon qildi.

Zulfiqor Ali Bxutto hukumati barcha xususiy banklar, o`quv yurtlari, sug’urta kompaniyalari va og’ir sanoat korxonalarini milliylashtirishni amalga oshirdi. Mamlakatdagi bo`sh yotgan yerlarni o`zlashtirish orqali yerlarni yersiz dehqonlarga ijaraga berish dasturi agrar islohotlarning ilk harakatlari sifatida e`lon qilindi. Harbiylar, ishlab-chiqarish sohasi vakillari, rahbar lavozimidagi hodimlarning oylik maoshlari oshirildi.

Yirik loyihalar qishloq aholisi turmush darajasini oshirishga yo`naltirildi. 1972 – 1976- yillarda Pokistonda o`tkazilgan islohatlar import qilinayotgan neft’ mahsulotlari narxining to`rt barobar, ichki bozordagi iste`mol tovarlar narxining bir borovar oshishiga olib keldi.

Sababi, AQSh ga siyosiy va iqtisodiy qaramlilikdan qutilish uchun bunday qiyinchiliklar bo`lishi tabiiy edi. Ammo, bu islohatlar Zulfiqor Ali Bxuttoning mamlakat shaharlaridagi obro`siga putur etkazdi. 1972-yilda Zulfiqor Ali Bxutto “Milliy xalq partiyasi” lideri Vali Xon va “Jamoati ulamoi islom” partiyasi vakillari ishtirokida vazirlar kengashini tashkil etgan edi9.

Ular hamkorlikda Shimoliy-G’arbiy chegara va Belujiston provintsiyalarini boshqarib kelishdi, ammo, 1973-yilda Zulfiqor Ali Bxutto ushbu hukumatni iste`foga chiqarib, Milliy xalq partiyasi bilan “Jamoati ulamoi islom” partiyasiga ta`qiq elon qildi. Natijada, ushbu partiya rahbarlari qamoqqa olindi.

Shu o`rinda eslab o`tish joizki, 1970-yilgi parlament saylovlarida Sharqiy Pokistonning “Avami Lig” (Ozodlik ligasi) partiyasi vakili shayx Mujibur Rahmon o`z dasturida sharqliklarga avtonomiya maqomini berish talabi bilan chiqib, ovozlarning katta qismini to`plashga erishgandi. U konstitutsiyaga ko`ra, hukumat tuzishga haqli edi. Ammo, G’arbiy Pokistonda xalq partiyasi nomi ostida g’alaba qilgan Zulfiqor Ali Bxutto M.Rahmonning hukumat tuzishiga qarshi chiqdi. Yaxyo Xon ishtirokida bu ikki partiya yetakchilari, siyosatchilar Mujibur Rahmon va Zulfiqor Ali Bxutto o`rtaisda murosa ko`chasini tanlashga doir harakat samara bermadi.

Shu tariqa Zulfiqor Ali Bxutto nohaqlik bilan hukumat tepasiga kelgan edi. Uchinchi Hindiston – Pokiston urushida amalga oshirilgan repressiya tufayli Zulfiqor Ali Bxutto Bangladesh halqidan rasmiy uzr so`radi. Z.Bxuttoning tashabbusi bilan deyarli barcha pokistonlik harbiylar asirlik balosidan qutqarib olinib, hech qanday sudlarsiz bu ish yakunlandi. 1972-yilda Simle shahrida kelishuv shartnomasi imzolanishi bilan qo`shni davlatlar o`rtasidagi munosabatlar normal’ holatga keldi. Bu Pokiston tarixidagi inqirozdan chiqish uchun qilingan harakat bo`lib Zulfiqor Ali Bxutto aynan shu harkatning boshida turgani uchun ham mamlakat siyosiy arboblari orasida katta shuhrat qozondi. Natijada, barcha mamlakatlarda bo`lgani kabi Pokistonda Bxutto oilasi siyosiy elita darajasiga ko`tarildi.

1977-yil may oyidagi umumiy saylovlarda Pokiston xalq partiyasi yana g’alaba qozondi10. Oppazitsion partiyalar rahbarlari saylov natijalari qalbakilashtirilgan deya, o`z noroziligi orqali qarshi harakat kompaniyasini boshlab yuborishdi. Natijada, Zulfiqor Ali Bxutto oppazitsion partiya liderlarini qamoqqa olib, mamlakatda harbiy rejim boshlanganini e`lon qildi. Bunday holat ommaviy keskin norozilik harakatlarining avj olishiga sabab bo`lib, harbiylar uchun hokimiyatni qo`lga olish imkonini tug’dirib berdi. 1977-yil 5- iyulda Zulfiqor Ali Bxuttoning o`zi qamoqqa olindi11.

Harbiy to`ntarishni general Ziyo ul-Haq boshqardi. Uch hafta o`tmasdan, Benazir Bxutto ham shu oilaning vakili sifatida qamoqqa olindi, 1978-yilgacha qamoqqada saqlandi.

Zulfiqor Ali Bxutto o`z partiyadosh sheriklarini o`ldirishda ayblandi, Ziyo ul-Haq ommaviy axborot vositalarida bergan o`z interv’yusida Zulfiqor Ali Bxuttoni keskin jazodan qochib qutila olmaydigan “qotil” deb e`lon qildi12.

1977-yilning 24-oktyabridan sobiq bosh vazir ustidan sud ishi boshlandi, uch oy o`tib, Zulfiqor Ali Bxutto sudyani uni ayblashda manfaatdorlikda ayblab, buni mamlakat huquq tizimi uchun haqorat sifatida ta`kidladi. Bxutto tomonidan amalga oshirilgan ishlarning asosiy guvohi sifatida mamlakatning sobiq federal xavfsizlik kuchlari direktori Ma`sud Mahmud unga qarshi chiqdi. Ma`sud Mahmudning ko`rsatmalari bo`yicha unga Zulfiqor Ali Bxuttoning shaxsan o`zi qamoqqa olingan 4 nafar siyosiy partiya yetakchilarini yo`qotishga buyruq berganligini tasdiqladi.

1978-yilgi xalqaro amnistiya ushbu ishga nisbatan qo`llanilmadi. Sababi, 4 nafar siyosiy partiya yetakchilarini o`ldirganlikda ushbu guvohning o`zi dastlab ayblanayotgan edi. Ma`sud Mahmudning guvohlik berishi uning o`zi avf etilishini ta`minlardi. Sud davomida harbiy hukumat jamiyatning turli qatlamlarida shunchalik kuchli tashviqot ishlarini olib bordiki, Zulfiqor Ali Bxutto va uning hukumati ayblangan soxta “oq kitob” ham nashr etildi, tele va ridio ko`rsatuvlar tayyorlab xalq e`tiboriga yetkazildi13.

1979-yili Pokiston Oliy sudining 4 nafar sud’yasidan uch nafari Zulfiqor Ali Bxuttoni o`lim jazosiga munosib deb topdi. Prezident Ziyo ul-Haq hukumatiga BMT bosh kotibi, AQSh prezidenti Jimmi Karter hamda Rim papasi Ioann Pavel II kabi xalqaro doiralar, bir qancha Yevropa va arab davlatlari rahbarlarining ushbu ayblovni yumshatish haqidagi rasmiy murojaatlari jo`natildi. Ammo, Ziyo ul-Haq 1979-yil 4-aprel’ kuni Ravalpindi hududidagi qamoqxonada yashirin ravishda ushbu hukm ijrosini amalga oshirishga ko`rsatma berdi. Bxutto qatl qilinganidan so`ng 9 soat o`tib, ushbu qatl etish ishi amalga oshirilgani e`lon qilindi. Bxutto oilasi vakillariga uning dafn marosimida ishtirok etish ta`qiqlandi. Bxuttoning qatl etilganligi e`lon qilinishi bilan mamlakatda ommaviy norozilik harakatlari avj oldi.

Bxutto oilasining yana bir nufuzli vakili Nusrat Bxutto edi14. U Pokistonning sobiq birinchi xonimi va Pokiston xalq partiyasining rahbari sifatida ham faoliyat ko`rsatgan. U 1929-yilning 23-martida Isfaxon shahrida tug’ilgan. Nusratning otasi boy va taniqli tadbirkor bo`lib, mamlakat Buyuk Britaniya tarkibida bo`lgan vaqtda Karachiga ko`chib kelgan edi. Nusrat Zulfiqor Ali bilan Karachida duch kelib, unga turmushga chiqdi. Bu Zulfiqor Alining ikkinchi nikohi edi. Nusrat Bxutto turmush o`rtog’i qatl qilingandan so`ng bir muddat qamoqda saqlandi, ammo, sog’lig’i yomonlashgani, davolanishga ehtiyoji borligi uchun rasmiy murojaat bilan London shahriga ko`chib ketdi. U Buyuk Britaniyada emigrant sifatida yurgan kezlari Pokiston xalq partiyasining lideri sifatida faoliyat ko`rsatdi. So`ngra, ushbu lavozimni uning qizi Benazir egalladi. 1980-yillarning oxirida Nusrat Bxutto Pokistonga qaytishi bilan Milliy assambleyaning Larkan okrugi va Sind provintsiyasining deputati sifatida faoliyat yuritdi. Nusrat Bxutto doimo insul’t asorati orqali orttirgan al’tsgeymer kasalligidan azob chekib keldi15. 2011-yilning 23- oktyabrida Nusrat Bxutto Birlashgan Arab amirligida davolanayotgan vaqtida 82 yoshida olamdan ko`z yumdi.

Nusrat Bxutto uch nafar farzandning onasi edi. Ular ismi Zulfiqor Alining otasi ya`ni Nusratning qaynotasi nomiga qo`yilgan o`g’li Shax Navoz va o`g’li Murtazolar va qizi Benazir edi. Nusratning nevarasi Sanam Bxutto hozirgi kunda Londonda yashamoqda va u ikki nafar farzandning onasi hisoblanadi.

Zulfiqor Alining o`g’li Shax Navoz siyosat bilan shug’ullanmadi. Ammo, yana bir o`g’li Murtazo bxuttochilar partiyasi ya`ni Pokiston xalq partiyasining ijrochi rahbari sifatida faoliyat ko`rsatdi. Murtazo Bxutto 1954-yilning 18- sentyabrida Larkan shahrida tavallud topib, o`rta umumiy ta`limning Larkan, Laxor va Ravalpindi maktablarda oldi. So`ngra, u Buyuk Britaniya universitetlari va AQSh ning mashhur Garvard univertitetini tamomladi. U 1977 – 1993-yilgi quvg’in vaqtida onasi bilan birga bo`ldi. 1993-yil 3-noyabrda Pokistonga qaytishi bilan Karachi aeroportida qamoqqa olinib, 1994-yil 5- iyunda doimiy soqchi nazorati bilan ozodlikka chiqarildi. Murtazo Bxutto 1996- yil 20-sentyabrda Karachi shahrida mamlakat huquq targ’ibot organi xodimlari bilan bo`lgan to`qnashuvda otib o`ldirildi. U bilan birga Pokiston xalq partiyasining 7 nafar vakili ham o`ldirildi. Haqiqatda, Murtazo Bxuttoga sobiq bosh vazirning o`g’li sifatida tazyiqlar ko`p bo`lgan16. Chunki, siyosiy raqiblar Murtazoning voris sifatida Bxutto oilasining mamlakatdagi obro`sidan foydalanishini hohlamas edi. Murtazo Bxutto va 7 nafar partiya vakilining politsiya tomonidan otib o`ldirilishini Pokiston Oliy Sudi qonunga xilof emas deb e`lon qildi17.

Murtazo Bxutto 1980-yil 11-oktyabrida afg’on qizi Fauziyga uylangan va uning akasi Shax Navoz ham Fauziy oilasining vakilasi bilan o`z hayotini bog’lagan edi. Murtazo Bxuttoning taxminiga ko`ra, uning akasi Shax Navoz 1985- yilning 19-iyulida o`z xotini Fauziy tomonidan o`ldirilgan. Shu voqeadan so`ng Murtazo Bxutto o`z xotini Fauziy bilan ajrashib, kelib chiqishi livanlik bo`lgan Gxinvaga uylanadi. Murtazo Bxutto birinchi nikohidan Fotima ismli qizli va ikkinchi nikohidan Zulfiqor ismli o`g’illi bo`ladi18. Murtazo Bxutto bxuttochilik (Pokiston xalq partiyasi) partiyasi birinchi kotibi lavozida faoliyat ko`rsatardi, uning ishlarini turmush o`rtog’i Gxinva Bxutto davom ettirdi.




Download 375 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish