II BOB. BENAZIR BXUTTONING SIYOSIY FAOLIYATI
2.1. Benazir Bxutto Pokiston Islom Respublikasining bosh vaziri sifatida
Benazir Bxutto birinchi marotaba Pokiston 14-bosh vaziri sifatida ushbu lavozimni 1988-yilning 2-dekbaridan to 1990-yilning 6-avgustigacha bajargan bo`lsa, unining o`rniga G’ulom Mustafo Djat jamoasi hukumat tepasiga kelgan. Ikkinchi marotaba Benazir Bxutto 1993-yilning 19-oktyabridan to 1996-yilning 5-noyarigacha mamlakatning 17- bosh vaziri sifatida ushbu lavozimni egallagan. U Muiniddin Ahmad Quryoshining o`riniga ushbu lozimni qabul qilgan bo`lsa, 1996-yilda Benazir Bxutto jamoasi hokimiyatni tark etayotganda ulardan Meraj Holid mahkamasi bosh vazirlik postini qabul qilgan35.
Benazir Bxutto boshqaruvi mamlakatdagi demokratlashtirish jarayoni voqeani tezlashtirib yubordi. 1988-yil 17-avgustda mamlakat prezidenti general Ziyo ul-Haqning kutilmaganda aviahalakot tufayli vafot etishi, harbiy boshqaruvning tugashiga sabab bo`ldi. Haqiqatan, 1985-yili dekabrda Pokistonda harbiy rejim bekor qilingandi, hokimiyat asta-sekin, diktator qo`lidan keta boshlagandi. Bosh vazir M.X. Djunedjo rahbarligidagi fuqarolik boshqaruvi, ichki va tashqi siyosatdagi o`ziga xos qarorlari bilan tobora ta`sir doirasi kengayib borayotgan edi36.
1988-yil 14-aprelda M.X.Djunedjo Pokiston hukumati nomidan Jenevada “Afg’oniston inqirozini tartibga solish kelishuvi”ni imzoladi. Bundan biroz avval, Islomobod yaqinidagi Ojxri degan joyda yirik qurol-yaroq ombori portlab ketdi. Portlash shunchalik kuchli bo`lgan ediki, uning ovozi poytaxtga ham yaxshi eshitildi. Ushbu ombor Birlashgan harbiy razvedka (Inter-Service Intelligence)ga tegishli bo`lib, bu voqea harbiy prezident va uning atrofidagi tarafdorlari faoliyatiga og’riqli zarba bo`ldi. Ombor afg’on mujohidlariga qarshi kurash ijrochilariga tegishli edi.
1985-yil 29-maydagi general Ziyo ul-Haqning qarori siyosiy doiralarda demokratiya uyg’onishiga umid paydo qildi. Sababi, qarorda hukumatni iste`foga chiqarish, parlamentni tarqatib, partiyalar ishtiro-kisiz saylovlar o`tkazish aks ettirilgan edi. Pokiston jamiyati diktatorga bo`ysunishga o`rganib qolgan bo`lishiga qaramay, uning hokimiyatdan ketishini istovchilar ko`payib bordi. Pokiston keyingi inqirozni kutib turg’un holatda qoldi, Jeneva shartnomasidagi bandlar ijrosi ta`minlanishi ham so`roq ostida qoldi.
General Ziyo ul-Haq va u bilan birga S-130 harbiy transport samolyotida Pokiston Qurolli Kuchlari birlashgan shtabi boshlig’i general A.R.Xon, AQSh ning Pokiston Islom respublikasidagi faqulotda va muxtor elchisi A.Raffelning qurbon bo`lishi, siyosatdagi boshi berk ko`chaning ochilishiga sabab bo`ldi37. Ushbu voqeani “Doon” gazetasi harbiylarning hokimiyatdan ketishi uchun qulay imkoniyat va avia halokat Ziyo ul-Haq uchun siyosatni tark etishga “munosib yo`l” deya talqin etgandi.
1969-yildan farqli ravishda bir harbiy rejim o`rniga boshqasi kelmadi. Pokiston armiya shtabi boshlig’i general M.Aslam Bek boshqa harbiylar bilan kelishgan holda konstitutsiyaga muvofiq Senat raisi G.Ishoqxonga prezident lavozimin egallash imkonini berishdi. Ziyo ul-Haqning parlamentni tarqatish haqidagi qarori Panjob Oliy sudi tomonidan qonunga xilof ravishda qabul qilingani tasdiqlandi.
1988-yil 16-noyabrda umumxalq parlament saylovlari bo`lib o`tdi. Asosiy kurash Pokiston xalq partiyasi va Pokiston musulmonlar ligasi o`rtasida bordi. Unda Pokiston xalq partiyasi g’alaba qozondi va Zulfiqor Bxuttoning qizi – Benazir Bxutto o`z otasi partiyasiga yetakchilik qilgan holda bosh vazirlikka saylandi.
Benazir Bxutto prezidentlik saylovlarida G’ulom Ishoqxonni qo`llab-quvvatladi, hududiy majlislar va parlamentning ikki palatasi ham konstitutsiya normasiga ko`ra, deputatlar G’ulom Ishoqxonni prezident sifatida saylashdi. Benazir Ziyo ul-Haqning yaqin safdoshi, tashqi ishlar vaziri general Yoqub Xonning o`z lavozimida vazifasini davom ettirishiga rozilik bildirdi. Bu tashqi siyosatda birinchi navbatda Afg’oniston bilan munosabatlarda xolislikni ta`minlay olmadi. 1988-yil dekabrda B.Bxutto hukumatni qo`lga olib, qasamyod qabul qildi, ammo, uning hukumati bor yo`g’i bir yarim yil faoliyat ko`rsatdi.
Uning hukumati ayol kishi boshqaruvidagi musulmonlar davlatidagi birinchi hukumat edi. Benazir Bxutto xorijda tahsil olib, ayniqsa, AQSh va Buyuk Britaniya jamiyatining odatlari, qoidalari bilan yaqindan tanish edi. U ingliz tilida bemalol muloqot qila olardi. Uning hayotida oila yetakchi mavqe egallardi.
1990-yil yanvar’ oyida bosh vazir ikkinchi o`g’lini dunyoga keltirdi. Oila uni quvonchga undash bilan birga, siyosiy g’amxo`rlikni kuchaytirishga yo`naltirdi. Xalqqa g’amxo`rlik qilish va Bxutto oilasi mavqeining oshib borishi Islom demokratik al’yansi vakillariga aslo xush kelmasdi.
Siyosiy tajribaning yo`qligi sababli Benazir Bxutto hukumati mamlakat siyosatiga doir bir qator jiddiy xatoliklarga yo`l qo`ydi, ichki qarama-qarshilik kuchayib ketdi. Bundan muxolifat kuchlari foydalanib, mamlakat prezidentiga ta`sir o`tkazdi va Benazir Bxuttoni korruptsiyada ayblashdi. Benazir Bxutto o`z lavozimidan chetlatildi. Ammo, mamlakatda barqarorlik qaror topmadi. Karachida ommaviy tartibsizliklar kuchayib politsiya ularga qarshi qurol ishlatdi. Islomoboddan Peshovargacha oraliqdagi harbiy lagerlarga joylashgan besh million afg’on nazoratdan chiqib ketdi, Pokistonning iqtisodiga yanada katta zarar yetkazdi. Mamlakat prezidenti Lageri 1993-yil oktyabrda qayta saylov o`tkazishga majbur bo`ldi va Benazir Bxutto yana g’alaba qozondi. Oradan to`rt yil o`tmay, ilgarigi holat takrorlandi. Benazir Bxutto korrupsiyada ayblanib, bosh vazir lavozimidan chetlatildi38. U xibsga olinib, jamoatchilik tazyiqi sababli, bir yildan so`ng ozodlikka chiqarildi. 1997-yil 3-fevralda Pokistonda yangi umumxalq saylovi o`tkazildi. Unda Navoz Sharif yetakchiligidagi Pokiston musulmon ligasi g’alaba qozondi va u bosh vazir lavozimiga saylandi.
Endilikda Afg’oniston bilan bog’liq kaltabin siyosat uchun javob berish payti keldi. Pokistonning tashqi qarzi ko`payib ketdi. Hindiston bilan bo`lgan qurollanish poygasi yangi xarajatlarni keltirib chiqardi.
Mamlakat siyosiy hayotida yana vakum paydo bo`ldi. Biror bir partiya xalqqa aniq tub o`zgarishlar dasturini taqdim eta olmadi. Benazir Bxutto rahbarligidagi Pokiston xalq partiyasi va N.Sharif rahbarligidagi Pokiston musulmonlar ligasining bir-birlarini korruptsiyada va ma`naviy ayniganlikda ayblash odatiy holga aylandi. Ular faqatgina Kashmir masalasidagina bir fikrda edilar. Har ikki partiya antihind targ’iboti va urushni davom ettirishga chaqirishda bir-birlaridan o`tib ketdi39.
1999-yilgi harbiy to`ntarish: Harbiy xarajatlar Pokiston ahvolini tang holatga keltirdi. Mamlakat doimiy byudjetidagi taqchillik deyarli 8 foizni tashkil etdi. 1999-yil mayda Pokiston yadro sinovini o`tkazdi. Bu ham mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlamadi, ammo harbiy pozitsiyaini kuchaytirdi. Ular mavjud sharoitdan foydalanishga va yana hukumatni o`z qo`liga olishga qaror qildi. 1999-yil 3-oktyabrda Pokiston armiyasi generali Parvez Musharraf harbiy to`ntarishni amalga oshirdi va N.Sharif o`rniga bosh vazir etib saylandi. Biroq, xalqaro vaziyatning o`zgarishi va mamlakatning tanglikdagi iqtisodi P.Musharrafni Pokistonda demokratiyani tiklash to`g’risida gapirishga majbur qildi. U, shuningdek, Kashmirda Hindistonga qarshi harbiy harakatlarni “deeskalatsiya qilish” va buzilgan iqtisodni tiklash zurarligini ta`kidladi.
2002-yil apreldagi referendumda prezident P.Musharraf vakolatlari 5 yilga uzatildi.
1977-yilning iyun’ oyida Benazir Pokistonga kelib, diplomatik xizmat bilan mashg’ul bo`lishga niyati borligini otasiga aytgandi. O`shanda otasi o`ziga yordamchi bo`lishi va parlamentda ishlashi lozimligini uqtirgandi. Lekin ko`p o`tmay otasi o`ldirilgandan so`ng u ham qamoqqa olingandi.
Benazir o`z “Avtobiografiya” kitobida buni quyidagicha izohlagan “yoz oftobi mening qamoqxonadagi kameram pech kabi qizitdi. Go`yoki tanamdan teri orqali ko`z yoshlari oqardi. Sochim tusha boshladi. Yuzlarim ajinlarga qoplandi. Xashoratlar kameramni egallashdi. Katta-kichik chumolilar, tarakan va o`rgimchaklar yana har xil qizil va qora hashoratlar temir panjara ortidan kirib kela boshladi. Boshimni odeyalga bilan o`rab olib, nafas olish qiyinlashganda majburdan boshimni chiqarar edim, tanam xashoratlar chaqishidan bezor bo`lib qolgandi. Bu hayotni tanlamagan edim, bu hayot meni tanlagan edi go`yo”40 – deya yozib o`tgandi.
Benazir Bxutto o`zining memuari “Sharq qizi” asarida. Benazir otasining shafqatsizlarcha o`ldirilishi uni siyosatchi bo`lishga undaganini yozgandi.
Bu paytda Bxutto oilasida ham turli muammolar kuchaydi, otasining vafotidan so`ng Murtazo va Navozlar meros talab qilgandek, Pokiston xalq partiyasi rahbarligiga da`vo qilishdi. Zulfiqor Bxutto o`limidan so`ng partiya rahbarligi uning bevasi Nusrat Bxutto qo`liga o`tgandi. Hatto, keyinchalik Murtazo va Navozlarning o`limida ham dushmanlar Benazir Bxuttoning qo`li borligini ta`kidlashdi. Siyosatda ayol kishining ayrim ojizona harakatlaridan opponetlar turlicha bo`htonlar to`qib foydalanib qolishga urinishardi. Benazirning birinchi bosh vazirligi davrida uning turmush o`rtog’i Asif Ali ham siyosatga qo`shilib, mamlakat moliya vaziri lavozimini egalladi. Bxutto hukumati o`shanda Hindiston bilan iliq munosabatlarni o`rnatish yo`lidan borib bir qator muvaffaqiyatlarga ham erishgandi. Lekin, uning davrida mamlakatda korruptsiya kuchayib ketganligi ham haqiqat edi41. Go`yoki ayol rahbar nazorati va jazo tizimi sust bo`lishi mumkinligi sabab bo`lgandek. 1990-yilda prezident G’ulom Ishoq Xon Asif Aliga qo`yilgan ayblovlar uchun Benazir Bxuttoni iste`foga chiqishga qaror qildi.
1993-yilgi saylovlarda B.Bxutto “qashshoqlik va korrutsiyaga qarshi kurash” shiori bilan yana g’alabaga erishdi. Bu paytda Benazirning akasi Muratazo xorijdan kelib, partiyani erkak kishi boshqarishi lozimligini talab qildi. Karachida terakt uyushtirish ayblovi bilan qamalib, 1994-yilda garov evaziga ozodlikka chiqarildi.
Ikki bosh vazirligi davrida Benazir bir qator katta miqyosdagi islohatlarni amalga oshirdi. U mamlakatdagi neft konlarini milliylashtirish va aholini ijtimoiy himoyalash dasturlarini amalga oshirdi. Natijada mamlaktada savodsizlik kamaytirilib, qashshoq aholi toza ichimlik suvi va elektr bilan ta`minlandi. Yosh bolalar poliomielitga qarshi emlanib, ular o`rtaisda o`lim soni kamaytirilishiga erishdi. Bundan tashqari u bepul davolanish va ta`lim berish tizimini kuchaytirish, unga ajratiladigan mablag’larni rejaga muvofiq sarflanishini talab qila boshladi. Uning rahbarligi davrida tashqi investitsiya bir necha bor ko`paydi, bu bora o`sish sur`atlari qo`shni Hindistonni ortda qoldira boshladi. 1995-yilda konservativ xaraekterdagi ofitserlar unga qarshi fitna uyushtirdi va ular fosh etilib qamaldi. 1996-yilda u eng mashhur siyosatchi sifatida Ginneslar rekordi kitobiga kiritilib, Oksford universitetining fahriy doktori, faxriy fransuz legion ordeni kabi ko`plab boshqa mukofotlar sohibasiga aylandi42.
Tashqi siyosatda Benazir mustaqil faoliyat yurita boshladi, yadro quroliga ega bo`lish dasturini moliyalashtirish ishini davom ettirdi. Tolibonlar harakatinining narkotik moddalar savdosiga qarshi chiqib, hatto bu borada Rossiya bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi.
Bu paytda Asif Ali yana bir bora korrutsiyada ayblanib, Karachida Murtazoning otishmalarda qurbon bo`lishi, Asif Alini ayblashda raqiblarga qo`l keldi. Xalqaro terrorchilar rahbari Usoma ben Laden Benazirni Pokistonning “qora atirguli” deb e`lon qilib, uning boshi uchun 10 mln AQSh dolari miqdorida mukofot puli va`da qildi. 1997-yilgi saylovlarda Pokiston xalq partiyasi katta talofat ko`rib, parlament saylovlarida bor-yo`g’i 17 ta ovoz to`pladi xalos.
Do'stlaringiz bilan baham: |