Dostonning vazni va badiiy xususiyatlari
. Ahmad Yugnakiy “Hibatul-
haqoyiq”ni yozishda xalq qo‘shiqlaridagi yutuqlardan foydalangan. Shuningdek,
asar qadim xalq qo‘shiqlarida qo‘llangan vazn shakllari bilan birlashib ketgan
turkiy aruzning mutoqorib bahrida yozilgan. Dostondagi hamma she’rlar
mutoqoribi musammani maqsur (
fauvlun, fauvlun, fauvlun, faul
) yoki mutaqoribi
musamani mahzuf (
fauvlun, fauvlun, fauvlun, fauvl
) formasiga mos keladi. Ahmad
Yugnakiy, asosan, bu bahrning hijo tuzilishi qoidasiga rioya qilsa ham, biroq
vaznning ravonligini ta’minlash maqsadida ba’zan hijolarning cho‘ziqligi va
qisqaligi qoidasi doirasidan chetga chiqib, hijoning grafik jihatdan tarkibiy
tuzilishiga emas, balki o‘qilishi va talaffuziga ko‘proq e’tibor beradi. Shunga
ko‘ra, u unli tovush bilan tugallangan hijolarni ba’zan aruz qoidasiga zid ravishda
cho‘ziq hijolar o‘rnida qo‘llaydi va bu bilan “imola” usulini qo‘llaydi.
“Hibatul-haqoyiq”ning muqaddima boblari g‘azal yo‘lida qofiyalangan
bo‘lib, boblar xalq qo‘shiqlariga xos “a-a-b-a” to‘rtlik tarzida qofiyalangan. Biroq
ayrim o‘rinlarda to‘rtlik qofiyasi buziladi. Lekin bunday holatlarni asar yozilgan
davrdagi adabiy talablar va o‘tgan uzoq davr mobaynida asar matnini ko‘chirishlar
jarayonlar bilan bog‘lab izohlash mumkin.
173
“Hibatu-l-haqoyiq” ilm-ma’rifat, axloq-odob va boshqa masalalar yuzasidan
mulohaza yuritib, kishilarga o‘git berish maqsadi bilan yaratilgan ekan, bunday
maqsad turli obyekt, xislat va tushunchalarni ma’lum konflikt fonida yoritish va
yakunlash, mulohazalardan kelib chiqadigan fikrning ta’sirini kuchaytirish va
asarning badiiy qimmatini oshirishni ham taqozo qiladi. Lekin didaktik doston
janriga xos bo‘lgan xususiyatlar asarning badiiy xususiyatlari doirasini birmuncha
cheklaydi. Shunga qaramay, shoir o‘z asarida g‘oyaviy niyatning ravshanligi,
ta’sirchanligiga erishish uchun xalq maqol va iboralari, shuningdek, tasvir
vositalaridan ijodiy, unumli foydalangan.
Asarda insonlarga xos xislatlarni tabiat hodisalariga nisbatan qo‘llash bilan
metafora vujudga keltirishdan ko‘lamli suratda foydalanilgan. “Bulut o‘ptanur”,
“ochun gul cherar”, “niqob ko‘trur ochun” kabi misralarni uchratish mumkin:
Aning baxshishindin bulut o‘ptanur,
Bu so‘zni butun chin tutur tushmani.
Ochun gul cherar, yo‘z alin qosh chetar,
Bir elkin tutub shahd, biri zahr qatar.
Niqob ko‘trur ochun biror yuz ochar,
Yozar qo‘l quchartek yana tark qochar
,
Mazmuni:
Uning marhamatidan bulut uyaladi,
Dushmani bu so‘zga chindan ishonadi.
Olam kulib boqdi, yana qovog‘ini soladi,
Bir qo‘li bilan asal bersa,
Ikkinchi qo‘li zahar qo‘shib beradi.
Dunyo niqobini ko‘taradi, ba’zan yuzini ochadi;
Quchmoqchi bo‘lgandek qo‘l ochadi, yana yo‘q bo‘ladi.
Professor N.Mallayev asarda badiiy vosita sifatida qo‘llangan tazod usulini
ta’kidlab, asarda shu siraga kiruvchi so‘zlar qatorini keltiradi: yolg‘on – ko‘ni; yig
– shifo; ko‘nilik – egrilik; boylik – chig‘oylik; obodlik – xaroblik; suchik –
174
achchiq; rohat – ranj; baxillik – ahillik; tavoze – kibrlik; esiz – adgu; balo – farah;
atlas – bo‘z; ming – bir; o‘ng – so‘ng; xayr – kuzof; halol – harom; maza – aza;
asal – ari; ranj – ganj kabi so‘zlar mavjud.
YE, yolg‘on so‘z yigtek, ko‘ni so‘z shifo.
Ko‘nilik to‘nin kiy qo‘yib egrilik.
Qamug‘ obodonning xarob ul so‘ngi.
Suchuk tatting ersa achchiqqa anun,
Birin kelsa rohat kelur ranj o‘nun.
Kutub tur farahqa balo-ranj yutup.
Qali keysang atlas unutma bo‘zung
Ming er do‘stda biri bulunmas ko‘ni.
Asal qayda bo‘lsa bila arisi.
Mazmuni:
Ey,yolg‘on so‘z kasallik kabi, haq so‘z shifodir.
Egrilik libosini tashlab, haqiqat to‘nini kiy.
Barcha obodonning so‘ngi xarobalikdir.
Agar shirinlik yegan bo‘lsang achchiqqa hozir tur,
Bir marta rohat kelsa, o‘n qayta ranj keladi.
Balo-ranjni yutib xursandchilik keladi deb kutib tur.
Agar atlas kiysang, bo‘z kiyganingni unutma.
Mingta do‘stingdan biri chin emas.
Asal qayerda bo‘lmasin arisi birgadir.
Asarning badiiy xususiyatini oshirish uchun ayrim o‘rinlarda ula (quloq sol) –
ula (bog‘lan), ertagil (izlagin) – er tegil (er degin) kabi so‘z o‘yinlari qo‘llangan.
Biliktin ayurmen, so‘zumga ula,
Biliklikka, yo do‘st, o‘zungni ula.
Butun qilg‘i fe’lin o‘ta ertagil,
Karam kimda bo‘lsa, ani er tegil
.
Mazmuni:
175
Ilm to‘g‘risida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol,
Ey do‘st, ilmli kishiga o‘zingni bog‘la.
Fe’li-qilig‘i yaxshi (kishini) izlagin,
Kimda karam-shafqat bo‘lsa uni er kishi degin.
Bu badiiy til vositalaridan tashqari asarda takrir yoki alliteratsiya usulini ham
uchratish mumkin. Asarda uchraydigan til vositalari dostonning badiiy
xususiyatlarini boyitishga xizmat qilgan.
“Hibatul-haqoyiq”da ko‘proq uchraydigan badiiy til vositalaridan biri
o‘xshatishdir. Ahmad Yugnakiy ba’zan traditsion o‘xshatishlarni takror-takror
ishlatsa ham, ba’zan yangi va original o‘xshatishlarni topadi. Dostonning
muqaddimasida avtor Dod-sipahsolorni dengizga va o‘zini yomg‘ir tomchisiga
o‘xshatadi. Biroq bu tomchi shunday tomchiki, u dengizga tushib, sadafdan
qimmatli dur yasaydi.
N.Mallayev “Hibatul-haqoyiq” qadimgi turkiy adabiy tilining qimmatli
yodgorligi ekanini ta’kidlab: “Hibatul-haqoyiq”da “Qutadg‘u bilig”dagidek qadim
(kiyim), kelinki (keyingi), adoq (oyoq), qo‘d (qo‘y-“qo‘ymoq” fe’lidan) kabi
so‘zlardagi “d” arxaik elementi, adiz (baland), ochun – ajun (dunyo), akshi
(karvon), chig‘ay (qashshoq, gado) kabi arxaik so‘zlar sezilarli darajada uchrasa
ham, lekin bu dostonning tili “Qutadg‘u bilig”ning tiliga nisbatan keyingi adabiy
yodgorliklarning tiliga xiyla yaqinroqdir. Bu hol eski turkiy adabiy tilining turli
manbalar hisobiga va ma’lum darajada fors-tojik va arabcha so‘zlarni o‘zlashtirish
yo‘li bilan taraqqiy etib borganini ko‘rsatadi”, deydi.
Asarda xalq maqollariga berilgan e’tibor shunday ifodalanadi:
Bazadim kitobi mavoiz, masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘ olsu tep
.
Mazmuni: O‘qigan va eshitganlar foydalansin deb, kitobimni nasihat va
maqollar bilan bezadim.
Yugnakiy xalq maqollarini aynan yoki ularning mazmunini saqlagan holda
o‘z she’riy misralariga moslab keltiradi. Masalan:
176
O‘chukturma erni tilin, bil, bu til
Bashaq tursa butmas, butar o‘q boshi
.
Mazmuni: Tiling bilan o‘ch hissini qo‘zg‘ama, bil: o‘q yarasi bitib ketadi-yu,
til yarasi bitmaydi.
Orimas necha yusa qon birla qon.
Mazmuni: Qonni qon bilan yuvib tozalab bo‘lmaydi.
Bunday misralar xalqning “Til yarasi tuzalmas”, “Qonni qon bilan yuvib
bo‘lmas” kabi maqollarning mazmuni asosida yaratilgandir.
Xullas, Ahmad Yugnakiy “Hibatul-haqoyiq” dostoni bilan qadim turkiy
adabiy tili hamda adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Garchi “Hibatul-
haqoyiq”ning nusxalari u qadar keng tarqalmagan bo‘lsa ham, u Navoiy va boshqa
bir necha buyuk so‘z san’atkorlarining nazar-e’tiborini tortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |