165
Shoir tarjimai holiga doir ma’lumotlar tavsifi.
Adib Ahmad binni Mahmud
Yugnakiy, shoir, mutafakkir, yirik adib, hadisshunos va ta’limiy didaktik
adabiyotning namoyandalaridandir.
Adib Ahmad Yugnakiyning shaxsiy hayoti va tug‘ilib o‘sgan yeri haqida aniq
ma’lumotlar yo‘q. Yugnakiy haqidagi ma’lumotlarni XV-asrga oid Alisher
Navoiy, Arslon hoja Tarxon va boshqa ba’zi shaxslar qaydlaridan bilamiz.
Manbalarda ko‘rsatilishicha, shoirning tug‘ilgan joyi Yugnak bo‘lib,
bu nomdagi
qishloqlar, Samarqand, Turkiston atrofida, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryo bo‘ylarida
ham mavjud bo‘lgan. XII-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim as-
Samʼoniy "Al-Ansob" ("Nasabnoma") kitobida shunday yozadi: "Bu nisba
(taxallus) "Yugnak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan
Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yugnakiy mashhurdirlar". Tarixiy
manbalardan Ibn Xavqal asarida Yugnak shahrining
Samarqand atrofida
joylashganligi ta’kidlanadi. Arat Rahmatiy Ibnul YA’qubning “Yugnak” nomi
“Ag‘naq” shaklida yozilishi haqidagi fikriga tayanib, uning Samarqand atrofida
joylashganini ta’kidlaydi.
«Hibatul-haqoyiq”da muallifing ismi, otasining ismi,
uning qayerda
yashagani, boshqa adiblarga nisbatan tutgan mavqei, jismoniy zaifligi haqidagi
ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Lekin bu ma’lumotlar adibning o‘zi tomonidan
emas, uni ko‘chiruvchilar tomonidan doston vazniga moslab qo‘shib qo‘yilgan.
Dostonning nusxalaridan birida XV asr temuriy hukmdorlardan Arslonxo‘ja
Tarxon adib haqida uning yeri Yugnak ekanligi, otasining oti Mahmud, o‘zi Adib
Ahmad, kitobining oti «Hibatul haqoyiq», asarni Koshg‘ariy tili bilan yozgani, kim
bu tilni bilsa asarni tushunishi va hokazolarni yozadi. Yana bir noma’lum shaxs
tomonidan
yozilgan qaydda esa, shoirning ko‘zi ojiz bo‘lgani, kitob 14 bobdan
iborat ekanligi qayd etiladi:
Tug‘a ko‘rmas erdi adibning ko‘zi,
Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi
.
166
Alisher Navoiy «Nasoyimul-muhabbat» asarida adib Ahmad haqida shunday
yozadi:
“Adib Ahmad ham turk elidan ermish. Aning ishida g‘arib (ajoyib),
nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko‘zlari butov (bitgan, yopiq)
ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir (ko‘rmaydigan) bo‘lib, o‘zga basirlardek
andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay. Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va
muttaqiy (taqvodor, parhezgar) kishi ermish. ...Haq subhonahu taolo agarchi zohir
ko‘zin yopuq yaratqondur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur"
.
Shuningdek, Navoiy uning o‘smirlik chog‘larida hanafiya mazhabining
asoschisi Imom A’zam abu Hanifa an-No‘mon ibn Sobitdan (699-767) saboq
olganini va bu vaqtda Ansoriy va Muhammad ash
Shaybonlar bilan hamsaboq
bo‘lganini zikr etadi. Zikr oxirida Yugnakiyning turkiygo‘yligini ta’kidlab
baytlaridan namunalar keltiradi:
“
Va aning tili turk alfozi bila mavoizu nasoyihqa
go‘yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu
nuktalari shoye’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoydidindur.
Ulug‘lar ne bersa yemasman dema,
Ilik so‘n, og‘iz ur, yemasang yema!
Va ham aningdurkim:
So‘ngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran-ul so‘ngaksiz ilik
.
“Munshaot” asarida ham Navoiy o‘z fikrlarini Bade’uzzamon Mirzoga
uqtirish uchun Yugnakiy baytlaridan foydalanib yozadi:
“Adib Ahmad rahmatulloh
debdurkim, ruboiya:
Atodin xato kelsa ko‘rma xato,
Savob bil xato toki qilsa xato.
Atoning xatosini bilgil savob,
Seni yuz balodin qutqarg‘ay xudo”
.
Navoiy keltirayotgan baytlar “Hibatul-haqoyiq”ning bizgacha yetib kelgan
nusxalarida aynan mavjud emas, ularga o‘xshash baytlar bor, xolos.
167
Ilmiy xulosalarga ko‘ra, Yugnakiyning yashagan davri XII asr deb kelinadi.
YE.E.Bertels, Fitrat, N.Mallayev, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, B.To‘xliyev,
H.Boltaboyev kabi qator olimlar ana shu fikrni qo‘llab-quvvatlaganlar. Prof.
M.Imomnazarov Navoiy ma’lumotlariga tayanib, bunday fikrlar bilan bahsga
kirishadi va Yugnakiy VIII asrga mansub shoir degan fikrni ilgari suradi.
Lekin
M.Imomnazarovning tezis ko‘rinishidagi bu fikrlari ilmiy jamoatchilik fikrini
o‘zgartira olmadi. Chunki Navoiy bergan ma’lumotlar boshqa manbalarda ham
mavjudligi, asar tilida mazkur asr tili unsurlarining namoyon bo‘lishi kabi
hodisalar chuqur tadqiq qilinmasdan ilmiy haqiqatni yuzaga chiqarish mumkin
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: